|
O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
|
bet | 106/311 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125403 |
Bog'liq IJTIMOIY-FALSAFAEmil Dyurkgeym (1858 – 1917) – U asosan jamoaviy ong, uning turli shakllari (din, ahloq, huquq)ning ahamiyatini o‘rgangan. Dyurkgeym qarashlari sistemaining nazariy–uslubiy asosini sotsiologizm (sotsiologik realizmning ko‘rinishlaridan biri) tashkil etadi. U ijtimoiy mavjudlikning o‘ziga xosligi va avtonomligini (alohidaligini) ta’kidlaydi. Dyurkgeym jamiyatga individdan jismoniy va axloqiy ustun bo‘lgan xususiyatlarni qiyoslaydi. U barcha ijtimoiy fanlar uchun sotsiologik uslubni qo‘llash kerakligini uqtiradi. Ijtimoiy dalillarga "narsalar" sifatida qarab, ulardan tabiiy ("pozitiv") fanlar qoidalariga amal qilishni talab etadi. Dyurkgeym butun konsepsiyasi davomida ijtimoiy birdamlik g‘oyasini asoslashga uringan. U jamiyatdagi mexanik va organik birdamlikni yagona evolyusion zanjirning halqalari deb izohlagan. Mexanik birdamlik qadimiy jamiyatda ustun bo‘lgan va u individlarning rivojlanmaganligi hamda ularning ijtimoiy funksiyalari o‘xshashligiga asoslangan. Organik birdamlik esa zamonaviy jamiyatga xos va u mehnat taqsimotiga asoslangan.
Inson faoliyati mahsulotlarining ayirboshlanishi jamiyat a’zolarining bir–biriga bog‘liqligini talab etadi. Lekin ularning har biri alohida olganda mukammal bo‘lmaganligi uchun mehnat va ijtimoiy taqsimotining vazifasi – individlarni jipslashtirish, ijtimoiy organizmning birligini ta’minlashdan iboratdir. Dyurkgeym birdamlikka oliy umumiy qadriyat sifatida qaragan. SHuning uchun mehnat taqsimoti axloqiy asosga egadir. Mehnat va kapital antagonizmi, kapitalistik jamiyatning axloqiy va iqtisodiy inqirozlarini Dyurkgeym. me’yordan (zarur me’yordan) og‘ib ketish, jamiyatning asosiy sinflari o‘rtasidagi munosabatlarning etarli darajada yo‘lga solinmaganligi natijasi deb bilgan. Zamonaviy jamiyatda zarur ijtimoiy aloqa, sinflar o‘rtasidagi birdamlik murvatlarini tuzish g‘oyasini asoslashga uringan. Ular yordamida jamiyatda ziddiyatli munosabatlarni yumshatish, ijtimoiy og‘ishlarning oldini olish mumkin. Ijtimoiy integratsiyada hal qiluvchi o‘rin ideallar va e’tiqodga (jamoaviy tasavvurlarga) bog‘liq. Bunda Dyurkgeym din va axloqning asosiy ko‘rinishlarini nazarda tutgan. Umuman Dyurkgeym Fransiyada ijtimoiy fanlar rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Hozirgi paytda u G‘arb sotsiologiyasining tan olingan klassik vakili hisoblanadi. Uning konsepsiyalari G‘arb sotsiologiyasi xususan azaliy tuzilmaviy funksionalizm poydevorining shakllanishida asos bo‘lib xizmat qilgan.
|
| |