|
O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
|
bet | 108/311 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125403 |
Bog'liq IJTIMOIY-FALSAFAZigmund Freyd (1856 – 1939) – avstriyalik ruhshunos va nevrolog, ruhiy tahlilning asoschisi. Libido haqidagi ta’limotning nuqtai nazaridan insonni ruhiy rivojlanish jarayoni o‘zining mohiyatida biologik determinlashgan seksual instiktning aylanish jarayonidir. Freyd ta’limoti eng avvalo, insonni maxsus anglashi va madaniyati bilan bog‘liq. Uning zamirida Freydning insondagi tabiiy ibtidolar antagonizmi, ongsizlikni seksual va agressiv impulslari bir tomondan va b. tomondan madaniyati yotadi. Ichki ruhiy jihatdan bu antagonizmning sababi, o‘z ideallari, me’yorlari, talablariga ega bo‘lgan madaniyatdir. Freydning ta’limoti bo‘yicha madaniyat ongsizlik hohishlarini qoniqishini rad etishga asoslangan va libidoning sublimlashgan quvvati hisobiga mavjuddir. Madaniyatni bunday tushunchasi uni romantik tanqid qilish natijasidir. Freyd shunday xulosaga keladiki, madaniyat taraqqiyoti insonni baxtini kamayishga va tabiiy hohishlarni amalga oshirish uchun o‘sib borayotgan cheklanishlar tufayli aybdorlik hissiyotini kuchayishiga olib boradi.
Madaniyat institutlarini paydo bo‘lishi va ular mohiyatini tushuntirishda Freyd individual va jamoa psixologik qonuniyatlarining o‘xshashligi haqidagi e’tiqodidan kelib chiqqan, shuningdek ruh normal va patologik hodisalarining bir xilligidan shu xulosaga kelgan. Bular unga nevrozning ergashuvchanlik simptomallari va diniy urf-odatlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni ko‘rib, dinni "jamoa nevrozi", deb e’lon qilishga imkon berdi. Insonning psixikasiga e’tibor berish tipik shakllari (Edip kompleksi) va jamoa ramzlarining mavjudligi Freydning mulohazasi bo‘yicha insoniyat tarixidagi haqiqiy voqealarni ko‘rsatadi.
SHu pozitsiya turib, Freyd etakchilik muammosiga yondoshadi. U guruhdagi kishilar munosabati libidlik asosiga ega, deb hisoblaydi. Bu libidlik bog‘lanish shaxsning etakchi bilan identifikatsiyasidir. Bu holat har bir kishi uchun ichki ruhiy ideal bo‘lib qoladi. Bu idealni o‘zlashtirgan inson o‘zligini kashf etadi. Barcha uchun umumiy bo‘lgan guruh ideali – dohiy orqali boshqalar ideali bilan birlashadi. Freydning psixologik va sotsiologik qarashlari XX asrning birinchi yarmida shakllangan san’at, sotsiologiya, etnografiya, ruhshunosligi va psixiatriyasiga muhim ta’sir ko‘rsatdi.
|
| |