• Baratov Mo‘bin (1934-2005) akademik, falsafa fanlari doktori, professor.
  • Tursunmuhamedov Sattar Pozilxaqovich (1929) akademik, falsafa fanlari doktori, professor.
  • O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti




    Download 4,4 Mb.
    bet116/311
    Sana20.12.2023
    Hajmi4,4 Mb.
    #125403
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   311
    Bog'liq
    IJTIMOIY-FALSAFA

    M.X.Xayrullaev(1931-2004) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. XX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek falsafasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan etuk olim, jamoat arbobi. Asosiy faoliyati Abu Nasr al Forobiyning ilmiy ijodini o‘rganish va sharhlashga bag‘ishlangan. U “Buyuk siymolar”(1996 2 jild) va “Ma’naviyat yulduzlari” (1999) asarlarining mas’ul muharriri. M.Xayrullaev Forobiy ijodini qayta kashf etgan olim. U Forobiy ijodidagi materializm va idealizmni bir-biri bilan aralashtimaslik kerak deb hisoblaydi. Uning fikricha, Forobiy tomonidan Xudoning tan olinishi idealizm bo‘lsa, astronomiya, matematika, mantiq sohasidagi kashfiyotlari materializmdir. CHunki bu sohalarda narsalar yo‘qdan bor bo‘lmaydi, bordan yo‘q bo‘lmaydi. Masalan, Er, Quyosh, Oy, sayyoralar harakatlari orasidagi munosabatlarning ob’ektivligi doimo bir xildadir57. M.Xayrullaev kommunistik mafkura hukmron bo‘lgan davrda, Forobiy idealizmini tan ola oldi va uning ijodidagi idealistik va materialistik g‘oyalarni sharhladi. M. Xayrullaev etuk olim bo‘lish bilan bir qatorda jamoatchi ham edi. U uzoq yillar davomida O‘zFA “SHarqshunoslik” institutida direktr lavozimida va “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalining mas’ul muharri lavozimida ishlagan.
    Baratov Mo‘bin (1934-2005) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ishlari Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Jumladan, uning “Ibn Sino falsafasi” asarida buyuk mutafakkir ijodining yangi kirralari ochib berilgan. Mo‘bin Baratov har qanday jamiyatni harakatlantiruvchi kuch ma’naviy omil deb ta’kidlaydi va o‘zbek xalqida tarixan ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik shakllangan, hozirgi kunda ularni davr ruhiga moslashtirish lozim deb hisoblagan.
    Tursunmuhamedov Sattar Pozilxaqovich (1929) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ishlari sanoat va qishloq xo‘jalik mehnati, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, mulkdorlar sinfining shakllanishi, ijtimoiy jarayonlar, jamiyatning siyosiy tizimi, mustaqillik yillarida esa, bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida kuchli ijtimoiy siyosatning ahamiyati masalalariga bag‘ishlangan.

    Download 4,4 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   311




    Download 4,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti

    Download 4,4 Mb.