• Yusupov Erkin (1928-2003) akademik, falsafa fanlari doktori, professor.
  • Valiev Abdulxay (1929-2002) akademik, falsafa fanlari doktori, professor




    Download 4,4 Mb.
    bet115/311
    Sana20.12.2023
    Hajmi4,4 Mb.
    #125403
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   311
    Bog'liq
    IJTIMOIY-FALSAFA

    Valiev Abdulxay (1929-2002) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ijodi jamiyat taraqqiyotida milliy ziyolilarning roli masalalariga bag‘ishlangan. U bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini, O‘zbekistonda milliy ziyolilar faoliyatini rivojining zarurligini asoslagan. Sovet tuzumi hukmronligi avj olgan 1966 yilda A.Valiev”O‘rta Osiyoda milliy ziyolilarining shakllanishi” asarida ishchi dehqonlar orasidan iqtidorlilarini tanlab, milliy rahbar kadrlarni tayyorlash lozimligi haqidagi g‘oyani ilgari surgan. U turli toifadagi ziyolilar dunyoqarashi, ongi, psixologiyasi, kayfiyatidagi ziddiyatlarni ochib berishga harakat qilgan. A.Valiev 30 yillarda qatag‘on qilingan mashhur davlat arboblari, milliy ziyolilar F.Xo‘jaev va T.Risqulovning mash’um taqdiri haqida ochiq fikr yuritgan. 1969 yilda esa O‘rta Osiyodagi milliy ziyolilarning davlat boshqaruvidagi roli masalasiga bag‘ishlangan asarida 1917-1960 yillardagi ziyolilarning ijtimoiy evolyusiyasi, ishlab chiqarish sohasidagi ziyolilarning xalq xo‘jaligini tiklashdagi roli, ilmiy texnikaviy taraqqiyotda ilmiy ziyolilar faoliyatining o‘rni, milliy ziyolilarning jamiyat ma’naviy hayotiga ta’siri haqida fikr yuritadi. Ilmiy faoliyat bilan bir qatorda A.Valiev jamoat ishlarida ham faol ishtirok qilgan. 1961-65 yilllarda u “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, va “O‘zbek ensiklopediyasi”ning bosh muharriri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. O‘zbek ensiklopediyasining birinchi 8 jildligini nashrga tayyorlashda faol ishtirok qilgan.
    Mustaqillik yillarida A.Valiev mustaqillik buyuk ne’mat ekanligi, va uni asrash, avaylashda o‘zbek ziyolilarining roli muhim ekanligini anglagan holda, umrining oxirigacha yangi avlod milliy kadrlarini tarbiyalashga munosib hissa qo‘shdi.
    Yusupov Erkin (1928-2003) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ijodi ijtimoiy falsafa va madaniyat nazariyasi sohasi bilan bog‘liq. U mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq millatlararo munosabatlar sohasida mamlakatda uzoq yillar davomida to‘planib qolgan hal etilmay kelgan qator muammolar, ularning paydo bo‘lish, rivojlanish va keskinlashish sabablari, ob’ektiv omillari va sub’ektiv zaminlarini tahlil etgan. SHuningdek E.YUsupov milliy manfaatlar va milliy munosabatlarning dialektik aloqadorligi, millatlar rivojlanishining ijtimoiy iqtisodiy muammolariga e’tibor bergan. E.YUsupov o‘zining “Inson kamolotining ma’naviy asoslari”(1998) asarida inson ma’naviy kamoloti va jamiyat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liqligi ma’naviyatning xususan axloq odob, imon, vijdon, e’tiqod madaniyat, ma’rifat kabi omillarning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, ularning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy yo‘llaridan biri ekanligini tahlil etgan. Xususan, u “Axloqning mezonlari jamiyat taraqqiyotining umumiy imkoniyatlari va ehtiyojlari alohida etnik guruhlar yashayotgan, mehnat qilayotgan sharoitlar ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Barcha insoniyatga xos bo‘lgan ruhiy boylik-axloq turli konkret tarixiy sharoitlarda, turli mamlakatlar va xalqlarda o‘ziga xos shakllarda namoyon bo‘ladi”53deb ta’kidlaydi. ”Oila ma’naviyat bulog‘i” asarida E.YUsupov mustaqillik yillarida O‘zbekistonda oilani mustahkamlash, ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy himoyalash, ma’naviy etuk, jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida ko‘rilayotgan tadbirlar haqida fikr yuritadi, shuningdek oilada ota-ona ibrati, farzandlik burchi, farzand tarbiyasiga xos bo‘lagan axloqiy qadriyatlar, oilaviy munosabatlarning diniy va milliy jihatlariga e’tibor qaratadi. Uning fikricha “Ahil oilada hal qiluvchi so‘zni ota aytadi, bu so‘zdan oldin u albatta oila a’zolarining fikr va manfaatini e’tiborga oladi, shu sababli ham milliy an’analarimizda otadan oldin so‘zlash yoki ota o‘rniga so‘zlash, uning so‘zini bo‘lish ham beodoblikning belgisi hisoblanadi”54. E.YUsupovning so‘nggi “Falsafa – bahs va munozaralar maydoni”55 maqolasida “Falsafa shunday fanki uning muammolari tahlilida davrning ildamlab borayotgan ziddiyatli ruhi to‘la va to‘g‘ri aks etishi kerak. Falsafa har qanday kashfiyotni, fan sohasidagi yangilikni mutlaq haqiqat deb tan olmaydi, har bir muammo tahlilidan oldin bu nima uchun shunday?, boshqacha bo‘lishi mumkin emasmi? deb savol qo‘yadi... Falsafa tarixida jamiyat va fan taraqqiyoti oldiga bunday savollar qo‘yilmagan davr bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham, shu sababli falsafiy muammolar tahlili doim keskin bahs va munozaralar maydoni bo‘lgan”56 deb ta’kidlaydi. E.YUsupov milliy kadrlar tayyorlash masalasiga ham jiddiy yondoshgan. Olim umrining oxirigacha O‘zMU falsafa fakultetida talabalarga falsafa ilmidan dars bergan.

    Download 4,4 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   311




    Download 4,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Valiev Abdulxay (1929-2002) akademik, falsafa fanlari doktori, professor

    Download 4,4 Mb.