SHermuxamedov Said (1930) akademik, falsafa fanlari doktori, professor




Download 4,4 Mb.
bet117/311
Sana20.12.2023
Hajmi4,4 Mb.
#125403
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

SHermuxamedov Said (1930) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda madaniyat nazariyasi va tarixi ilmiy maktabining asoschi. SHuningdek u “Ijtimoiy falsafa”, “Pedagogika tarixi va nazariyasi”, “Siyosatshunoslik”, “Sotsiologiya”, “Etika” ,”Estetika”, “Madaniyatshunoslik” kabi yo‘nalishlarda jami 570 yaqin ilmiy va ilmiy ommabop ishlarning muallifi. O‘zining “O‘zbek xalqi madaniyatining milliy shakli”(1961) monografiyasida o‘zbek xalqi madaniyati qadimiy ildizlarga egaligi va har qanday madaniyat zamon ruhiga moslashib, yangilanib borishi va ayni paytda milliy ruhi saqlanib qolishini ta’kidlaydi. S.SHermuxamedov nafaqat o‘zbek millati, balki boshqa millat madaniyatini ham o‘rganish asosida milliy madaniyatlarda o‘zaro uyg‘unlik va o‘zaro aloqadorlik bor, biroq har bir millatning milliy o‘ziga xosligi millatlarni bir-biridan farqini ko‘rsatadi, deb hisoblaydi. Olim madaniyatning gumanistik asoslari, zamonaviy madaniyatning shakllanishida milliy va umuminsoniy madaniyat uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratadi.
Sovet tuzumi davrida S.SHermuxamedov tashabbusi bilan jami to‘rtta (1978, 1980, 1982, 1984,) milliy madaniyat masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar o‘tkazildi. Ularda jahon hamjamiyati vakillari ishtirok etdilar.
Mustaqillik yillarida S.SHermuxamedov milliy istiqlol g‘oyasi, yangilanayotgan jamiyatning asl mohiyatini aholi turli qatlamlari, ayniqsa yoshlar ongiga singdirishning ahamiyatini chuqur anglagan holda, “YAngilanayotgan jamiyatga- yangilangan falsafa” (1993), “Madaniyat va sivilizatsiya”(1996), “Davrimiz allomasi”(1998), “Biz qanday jamiyat qurmoqdamiz”(1999), “Istiqlol quyoshi”(2002), “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va falsafaning ravnaqi”(2005), ”Falsafa va ijtimoiy taraqqiyot” (2005), Inson falsafasi (2009) kabi asarlar yaratdi va ular ilmiy jamoatchilik tomonidan munosib baholandi. Olim, ushbu asarlarida sovet tuzumi davrida falsafa fanining siyosiylashtirish oqibatlari haqida fikr yuritadi va yangilangan falsafaning eng avvalo gumanistik, so‘ngra dunyoqarashli, tarbiyaviy, qadriyatli, integrativ, axloqiy funksiyalariga ta’rif beradi. “Biz qanday jamiyat qurmoqdamiz” asarida u milliy mustaqillikning ahamiyati, jamiyatning demokratiyalashuvi jarayonida yangilangan tafakkurni shakllantirishning zaruriyatini asoslaydi. S.SHermuxamedov S.Mirzaev bilan hamkorlikda yaratgan “Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti tarixi”, “Oybek va o‘zbek adabiyoti”, “Komil YAshin ijodi”, “Adabiyotning hamkorligi hayot taqozosi”, “Abadiyot va san’atda prinsiplar” kabi kitob va risolalari, uning nafaqat faylasuf olim, balki o‘zbek adabiyotining haqiqiy ixlosmandi ekanligidan dalolatdir. Xususan “Hozirgi o‘zbek adabiyoti tarixi”(1985) qo‘llanmasida olim zamon zaylidan cho‘chimasdan, har bir adib, shoir va umuman adabiy muhit haqida xolisona fikr bildirgan. Olim barcha asarlarida inson omilini birinchi o‘ringa qo‘yadi va shogirdlarini Bedilning “Garchi dushmanni do‘st qilolmasang, do‘stni dushman qilmagin” degan naqliga amal qilishga chorlaydi.

Download 4,4 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   311




Download 4,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SHermuxamedov Said (1930) akademik, falsafa fanlari doktori, professor

Download 4,4 Mb.