|
Jamiyatning tarixiy shakllari mohiyati va xususiyatlari
|
bet | 120/311 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125403 |
Bog'liq IJTIMOIY-FALSAFAJamiyatning tarixiy shakllari mohiyati va xususiyatlari.
Jamiyatning tiplari va tarixiy shakllariga oid bir qator fikrlar hamda konsepsiyalar ilgari surilgan. Ularda muayyan mezonlar asos qilib olingan. Masalan,Forobiy insonlar jamiyatini madaniy-tarixiy jihatdan ikki tipga ajratadi:
1. To‘liq jamiyat bo‘lib, u o‘zida:
- er yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat;
- Erning muayyan qismida yashovchi bir millat yoki bir dinga mansub kishilarning o‘rta jamiyati;
- muayyan qavm yoki dinga mansub bir shahar jamiyatini qamrab oladi.
2. Bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo‘lgan to‘liqsiz jamiyat.1
Forobiy fikricha “Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo‘lga kiritish mumkin. To‘liqsiz jamiyatlar insonni takomillashtirishga qobil emaslar”.2 Forobiyning bu fikrlari Aflotun va Aristotelning jamiyatga oid qarashlaridan farq qiladi, chunki u jamiyatdagi o‘zgarishlarni inobatga olgan. Jamiyatni to‘liq va to‘liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to‘liq jamiyatning birinchi bosqichidir, deb e’tirof etadi. Aflotun va Aristotel esa to‘liq jamiyatni shahar bilan chegaralaganlar va shahar insoniyat jamiyati takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt saodatning bosh markazi deb ta’kidlaganlar. Forobiy esa, butun dunyodagi jamiyat haqida fikr yuritib, uning xukmdori qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig‘i emas, balki butun madaniy dunyodir deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi.
SHuningdek, nemis faylasufi Gegel umumjahon jamiyatning quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich taraqqiy etib boradi deb hisoblab, uning to‘rtta tipini keltirib o‘tadi: “SHarq, YUnon, Rim, Olmon”66.
Qadimgi Xitoy, Hindiston, Eron va Misr xalqlari tashkil qiluvchi SHarq podshologi tarixning boshlanishini belgilaydigan insoniyat jamiyatlarini o‘z ichiga oladi. Bu davr hukmdorning bir vaqtda ham xohin, ham hudo, diniy va ahloqiy qarashlarni davlat va huquq qonunlari sifatida namoyon kiladigan xokimiyatning teokratik shakli ko‘rinishi bilan xarakterlanadi. Individ, shaxs hali jamiyatdan ajralib chiqmagan. Ular tabiatda joylashgani kabi jamiyatda ham joylashadi. Inson rivojida individual shaxs sifati etarli shakllanmaganligi uchun jamiyatdan ajralib chiqa olmaydi, demak jamiyatning ham keyingi taraqqiyoti uchun imkoniyat-lar kam qoladi. Jamiyat o‘lik notarixiy bo‘shliqda qotib qolganday. Insonning jamiyatdagi huquqi va ijtimoiy shart-sharoitlardan kelib chiqib, u erdagi (jamiyatdagi) farqlarni qonun shakliga kiritish uchun zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazuvchi hukmronlikni keltirib chiqaradi. Gegelning fikricha, inson bunday jamyatda o‘z hayoti va faoliyatida ko‘rinmaydigan ichki erkinlikka ega bo‘ladi holos.
YUnon dunyosi jamiyat va individuallikning birgalikdagi tafakkur faoliyatini asos qilib oladi. Bu olamda individning jamiyatga to‘liq tobe’ligi yo‘q. Inson o‘zini qonun va an’anaviy odatlar bo‘yicha taniydi. Bu erda shaxsiy individuallik insonning o‘zida emas, balki uning ideal birligida. YUnon dunyosida erkinlik shundan iboratki, fuqoro qonunlarni oddiy so‘zlar bilan emas, balki ularni o‘zida his qilib, “ular men orqali, men esa ular orqali, o‘zimni ular kabi, ularni o‘zim kabi” ko‘rinishida qabul qiladi.
YUnon fuqarosining qadri va uning erkinligi ichki va tashqi shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Tashqi sharoitlar – bu jamyatda qullarning mavjudligi va shuning xisobiga demokratiyaning mumkinligi. Tabiiyki, jamiyatda ozodlikka hamma emas, faqat ma’lum individlargina erishganlar. Bu erkinlikning tashqi atrubutidir. Ular qandaydir muhim qaror qabul qilishda tashqi kuchlar - orakullar, bashoratchilar va tabiat belgilaridan foydalanganlar. Bu esa unda etarlicha iroda kuchi va mustaqillik darajasining yo‘qligidan dalolat beradi. Bu esa erkinlikning ichki atributidir.
Rim dunyosida tarixning keyingi rivojlanishida davlat o‘zining a’zolari qarashlaridan mustaqil ravishda ijtimoiy jamoa sifatida shakllanadi. Unda individ davlatdan mustakil, o‘ziga ishongan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, davlat insonga nisbatan u tomondan his etilmagan abstrakt jamiyat ko‘rinishida, shaxs esa o‘z navbatida davlatga nisbatan jamiyat tomonidan his qilinmagan qandaydir abstrakt individ ko‘rinishini oladi.
Gegel bo‘yicha jamiyatning mukammal tipi bo‘lib, German davri hisoblanadi. Bu davrda ilgari bo‘lmagan holat: ilohiy va insoniy tabiatning birlashishi, fuqaro jamiyatining intellektual ilohiy podsho-lik bilan birlashishi ro‘y berdi. Bu birlashishning muhim sababchilaridan biri, barcha insonlar teng, ozod va o‘z hayotlarini o‘zlari belgilaydilar, kabi ta’limot beruvchi xristianlikdir. Insonning ichki erkinligini ta’minlagan holda, xristianlik, uning ozodligi real ro‘y berishi va tadbiq etilishi lozim, deb hisoblaydi.
Demak Gegel jamiyat tiplariga tarixiy jihatdan yondashib, uning asosiy mezoni sifatida inson erkinligi va uning ma’naviy kamolotini ta’minlaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar bilan tavsiflaydi.
Karl Marks esa jamiyatning tarixiy tiplarini quyidan yuqoriga taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar asosida tushuntiradi. Bunda moddiy ishlab chiqarish usullari va mulkchilik shakllari asosiy mezon sifatida belgilanadi. U quyidagi jamiyat formatsiyalarini keltiradi:
ibtidoiy jamoa;
quldorlik jamiyati;
feodal jamiyat;
kapitalistik jamiyat;
kommunizm jamiyat.
YAna bir nemis faylasufi M.Veber boshqaruvning mazmuni jihatidan jamiyatning quyidagi tarixiy tiplarini ko‘rsatib o‘tadi:
- antik jamiyat (an’anaviy boshqaruv);
feodal jamiyat (xarizmatik boshqaruv);
kapitalistik jamiyat (ratsional boshqaruv).
Veberning fikricha, Antik jamiyatda hukmronlik va xokimiyat hukmronlar va itoatkorlar o‘rtasida muqaddas sanalgan va “azaldan shunday bo‘lib kelgan”, deb hisoblangan.
Bunday jamiyatda hukmdor va itoatkor o‘rtasidagi munosabat ma’muriy yoki iqtisodiy qonunlar va tamoyillar bilan emas, balki an’anaviy burch va xukmdorga sodiqlik kabi hislar bilan izohlanadi.
Feodal jamiyat hukmronlikning harizmatik shakliga asoslanib, bu jamiyatda hukmdorning atrofidagilar va itoatkorlar o‘rtasida uni g‘ayritabiiy ilohiy ma’bud shaklida tasavvur qilinadi. Harizmatik hukmdor misolida diniy arbob, payg‘ambar, siyosiy arbob, harbiy qo‘mondon kabilarni tasavvur qilish mumkin. Harizmatik hukmronlik o‘z tarafdorlari, izdoshlari, hamrohlari bor ekan davom etaveradi va halq o‘rtasida o‘z mavqeiga va ishonchiga ega bo‘ladi, deb hisoblaydi Veber.
Veber, jamiyatning taraqqiy etgan va ideal shakli kapitalizm deb hisoblaydi. CHunki, boshqa tuzumlardan ko‘ra bu tuzumda ratsional hamda odil fikrlar aytiladi. Uning o‘ziga hosligi shundan iboratki, hokimiyat tomonidan qabul qilingan qarorlar boshqa insonlar tomonidan muhokama va tanqid qilinishi mumkin. Jamiyat a’zolari davlat hokimiyatining qaror qabul qilishlarini qonuniy – huquqiy deb bilib, bu qarorlarni ijro etishni burch deb hisoblaydilar.
Taniqli ingliz faylasufi Karl Popper esa jamiyatning ikki tipga: ochiq va yopiq jamiyatga ajratadi. U bunda boshqaruvning ratsional darajasini mezon qilib oladi. Uning fikricha ochiq jamiyat:
- fikrlar xilma-xilligi ( pyuralizm);
- xususiy mulkchilik;
- individual erkinlik;
-ratsionallikka asoslangan individual manfaatdorlik kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi.
YOpiq jamiyat esa o‘zida:
- kollektivizm:
- irratsionalizm;
- utopizm kabi sifatlarni mujassamlashtiradi.
Jamiyatning tarixiy tiplari masalasida taniqli sotsiolog E. Giddens quyidagi sxematik jadvalni keltiradi:
|
| |