|
O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
|
bet | 110/311 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125403 |
Bog'liq IJTIMOIY-FALSAFAAurobinda Gxosh (1872–1950) - Uning falsafiy qarashlari, asosan, mistik tabiatga ega bo‘lsa-da, Aurobinda Gxosh ular orqali o‘z davri uchun ilg‘or fikrlarni ilgari surdi. U an’anaviy Vedantaga qarshi chiqib, olamning haqiqatan mavjudligini tan oladi. Aurobinda Gxoshinson hayotidagi asosiy ziddiyatni shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi ziddiyat, deb biladi. Bunday qarashga qo‘shilish uchun har bir kishi ongli, bilimli bo‘lmog‘i zarur.
Insonlar ongi qanchalik yuqori, ya’ni barkamol bo‘lsa, jamiyat ham shuncha ravnaq topadi. Uning fikricha, ideal jamiyat tuzish uchun millatlarning "dunyoviy ittifoq"ini tuzish lozim. Dunyoviy ittifoqni, adolat va erkinlik tamoyili asosida tuzish kerak, deydi. Aurobinda Gxoshning ta’kidlashicha, siyosiy jihatdan har bir shaxs huquqlari himoya qilinishi, har qanday zo‘ravonlikka chek qo‘yish lozim. Ideal jamiyat sinflarning o‘zaro kelishuvi asosida tuzilishi lozim.
Aurobinda Gxosh fikricha, din bilan falsafa bir–birini to‘ldirishi kerak. Uning bu fikrlari zamonaviy hind faylasuflarining diqqat markazidan o‘rin olgan. Mustaqil Hindistonning bugungi kundagi falsafiy–ijtimoiy va siyosiy ravnaqida Aurobinda Gxoshilgari surgan ta’limotning ham munosib o‘rni bor.
Ortega–i–Gasset (1883–1955) – Ijtimoiy-falsafada uning "Omma qo‘zg‘oloni” (1920–30) asari mashhurdir. Muallif fikricha, G‘arbiy Yevropa ijtimoiy bir xillashtirish (“ommaviylashtirish”) va jonsiz holatga tushib qoldi. SHuning uchun jamiyat tuzilmasining odatdagi sinfiy shakli o‘rnini sotsiomadaniy tuzilma egallashi kerak. U jamiyatning madaniyat asosidagi, omma va elitaga bo‘linishini ko‘zda tutadi. Bu o‘rinda, Ortega–i–Gasset madaniyatni yaratuvchi ma’naviy “elitani” va ongsiz ravishda odatdagi tushunchalar hamda tasavvurlar bilan qanoatlanadigan odamlar “ommasini” bir–biriga qarama–qarshi qo‘yadi. Uning fikricha, “elita” va “ommaning” bunday ajralib olishi XX asrning asosiy siyosiy hodisasi (fenomeni) hisoblanadi va u umumiy ijtimoiy barqarorlikka, “ommaviy jamiyat”ning vujudga kelishiga olib keladi. Ortega–i–Gasset Yevropa ijtimoiy-falsafasiga (asosan “ommaviy jamiyat” va “ommaviy madaniyat” muammolarini qo‘yishda) katta ta’sir ko‘rsatdi.
|
| |