|
O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
|
bet | 162/311 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125403 |
Bog'liq IJTIMOIY-FALSAFAAxloqiy ong huquqiy ongga nisbatan kengroq tushunchadir. Axloqiy ong kishilarning jamiyatdagi hatti- harakatlari, yurish- turishlari, yashash normalari, prinsiplari, qoidalari, shuningdek, ularning o‘zaro bir-biriga hamda ijtimoiy guruhlarga jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydi. Axloqiy ong huquqiy ongga yaqin turadi, u ham kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Ular o‘rtasida farq ham bor. Huquqiy normalarning bajarilishi majburiy, ular davlat organlariga tayanadi. Axloqiy qoidalarga roiya qilish jamoatchilik fikri bilan amalga shiriladi va oddatda ishontirish va namuna kuchiga tayanadi.
Axloqiy ong axloqiy faoliyat bilan uzviy bog‘langan. Axloqiy faoliyat deb o‘ziga xos axloqiy motiv, sabab, intilish bilan, ya’ni yaxshilik qilish, burchga sodiq xolda harakat qilish, muayyan axloqiy ideallarni amalga oshirish maqsadida qilingan faoliyatlariga aytiladi. Kishilarning hamma faoliyatidan hulq- atvor, yurish-turish bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlar, tomonlar bor. Ammo ularni axloqiy faoliyat bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Axloqiy faoliyat deganda muayyan axloqiy maqsadlarga ongli ravishda bo‘ysindirilgan faoliyatlarga aytiladi.
Kishilarning axloqiy faoliyati jarayonida ular o‘rtasida shakllanadigan, mavjud bo‘ladigan aloqalar, bog‘lanishlar, munosabatlarning sistemasi axloqiy munosabatlar deyiladi. Axloqiy munosabatlar shasx bilan jamiyat o‘rtasida, shaxs bilan ijtimoiy guruh o‘rtasida, shaxs bilan jamoa, birlashma o‘rtasida, shaxs bilan shaxs o‘rtasida, shaxs bilan insoniya o‘rtasida bo‘lishi mumkin.
Axloqiy munosabatlar ham ob’ektiv va sub’ektivdir. Ularning ob’ektivligi shundaki, ular boshqa kishilarning manfaatlariga dahldor bo‘lgan real, moddiy harakatlar bilan qo‘shilib ketadi, shuning uchun ayrim kishilarning irodasi bog‘liq bo‘lmagan holda jamiyatda kishilarning barqaror aloqalarining jihati tarzida shakllanadi. Ular axloqlilik va ahloqsizlik to‘g‘risidagi istaklar, niyatlar, tasavvurlarni ifodalaydi, burch va vijdon amridan kelib chiqadi. Bu uning sub’ektiv holatidir.
Axloqiy munosabatlar kishilarning ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zaro munosabatlaridir, ularning aloqalari urf-odatlarda mustahkamlangan qadriyat sinchidir, karkasidir, ularning kayfiyatini, o‘z borlig‘ining mazmun va axamiyati, qadrini tushunishini belgilaydi. Binobarin, axloqiy munosabatlar kishilarning bir- biri bilan axloqiy aloqalari, bog‘lanishlari, xulq- atvorni nazorat qilish, boshqarishning kanallaridir, axloqiy tajribani berish, tarqatish usulidir.
Axloqiy qarashlar axloqiy ong, axloqiy odobning mazmuni, mohiyati, jamiyatda, kishilar hayoti, faoliyati, taraqqiyotidagi o‘rni, axamiyati to‘g‘risidagi qarashlar va g‘oyalarning sistemasidir. Ularning to‘g‘riligi, haqiqatligi, ijtimoiy borliqni to‘g‘ri aks etirishi, jamiyat taraqqiyotiga, komil insonni kamoltoptirishga ko‘maklasha olishi bilan belgilanadi.
Axloqiy ongni shakllantirishda axloqiy tarbiyaning roli haddan tashqari kattadir. YAngi iqtisodiy- ijtimoiy munosabatlarga ma’naviyat, axloq-odobni chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Bozor munosabatlarini ilmiy jihatdan asoslangan jiddiy axloqiy tarbiya orqaligina shakllantirish mumkin.
Diniy ong insonni qurshab turgan moddiy olam, tabiy va ijtimoiy hodisalarni g‘ayritabiiy tarzda, fantastik shaklda aks ettiradi. Diniy ong asosida g‘ayritabiiy kuchlar (xudolar, ruhlar, maloyiklar, farishtalar, shayton va hakozalar) haqiqatan ham borligiga komil ishonch hamda ular madadiga tayanish yotadi.
Diniy ong diniy faoliyat bilan uzviy bog‘langan. Diniy faoliyatga dindorlarning diniy majburiyatlarni bajarish, diniy marosimlarni amalga oshirish, ularda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlari, ruhoniylarning diniy marosimlarni boshqarish, diniy qarashlarni himoya qilish, targ‘ib qilish va boshqa faoliyatlari, diniy tashkilotlarning faoliyatlari kiradi.
Diniy ong diniy munosabatlar bilan ham uzviy bog‘langan. Diniy munosabatlarga dindorlarning o‘zaro munosabatlari, ruhoniylar bilan dindorlar o‘rtasidagi munosabatlar, diniy tashkilotlar bilan dindorlar o‘rtasidagi munosabatlar, dindorlarning olam, undagi narsa, hodisa, jarayonlariga munosabatlari va boshqalar kiradi.
Diniy ongning darajasiga diniy his- tuyg‘u, kayfiyatlar, kechinmalar, yuqori darajadagi diniy qarashlar, g‘oyalar kiradi. Diniy ongga xudo (Islomda Alloh, xristianlikda uchyuzli yakka xudo, buddaviylikda Budda, iudaizmda YAxve va hokazo) g‘oyasi markaziy o‘rinni egallaydi. Bunga ko‘ra, olam, undagi hamma narsalar, hodisalar, kishilar xudo tomonidan yaratilgan, hamma hodisa uning irodasi bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Diniy aqidalar asosida yaratilgan ta’limotlarga ilohiyot deyiladi.
Diniy ong ma’naviy madaniyatning bir elementi. U jamiyat, kishilarning hayotida, faoliyatida g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. U jiddiy ijtimoiy funksiyalarni badaradi. Diniy ong axloqiy va estetik qarashlar rivojlanishi bilan, bunday qarashlarni ijtimoiy hayotda umuminsoniy qadriyatlarga aylantirish ehtiyojlari tufayli ham vujudga kelgan. Diniy ong g‘ayritabiiy kuchlar borligiga ishonch ruhini singdirish orqali inson o‘z- o‘zini anglash dunyoni estetik va axloqiy his etishga tarixan yordam berib kelmoqda.
Xulosa shuki, estetik, axloqiy va diniy ong kishilarning estetik, axloqiy, diniy his- tuyg‘ulari, qarashlari, g‘oyalarni aks ettiradi, ular jamiyat, kishilarning hayoti, faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida ITI jarayonida ijtimoiy ongning yangi shakllari vujudga keldi.
Bu ekologik va demokratik ong bo‘lib, ilgarigi darsliklarda bu tushunchalar ijtimoiy ong shakllariga kiritilmagan.
|
| |