21) (Q 2.8 ball) Berilgan har bir ma’lumotni to‘g‘ri deb qabul qilishingiz yoki noto‘g‘ri deb
inkor etishingiz mumkin. Berilgan har bir to‘g‘ri fikr qarshisiga “ha”, noto‘g‘ri fikr
qarshisiga “yo‘q”, matnda mavjud bo‘lmagan fikr qarshisiga “tegishli emas” so‘zlarini
yozing.
№ Ma’lumot
Ha, Yo‘q
1
Nostok produtsentlarga kiradi
2
Qo‘ziqorin redutsent hisoblanadi.
3
Kalamushlar stenobiontlar hisoblanadi.
4
Zang zamburug‘i geterotrof usulda oziqlanadi
A) 1-ha; 2-yo‘q 3-yo‘q’; 4-ha;
B) 1-ha; 2-ha; 3-ha; 4-yo‘q
C) 1-yo‘q; 2-ha; 3-yo‘q’; 4-ha
D) 1-ha; 2-ha; 3-yo‘q’; 4-ha
22) (Q 2.8 ball) Ko‘rinadigan (a) va ultrabinafsha (b) nurlarni ularga xos xususiyatlar bilan
muvofiqlashtiring.
1) kam qismigina ozon ekranidan o‘tib, Yer yuziga yetib keladi.
2) melanin pigmenti sintezini ta’minlaydi
3) xlorofill pigmenti yordamida qabul qilinadi.
4) D vitamini sintezini ta’minlaydi
5) to‘lqin uzunligi 400–750 nm ga teng
6) fototaksis, fotonastiya jarayonlarini ta’minlaydi
A) a-2, 5, 6; b-1, 3, 4;
B) a-1, 5, 6; b-2, 3, 4;
C) a-3, 5, 6; b-1, 2, 4;
D) a-4, 5, 6; b-1, 2, 3;