|
O'zbekiston respublikasi kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
|
bet | 8/21 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 390 Kb. | | #144807 |
Bog'liq Santexnik 54. BLOKLAR BO‘YICHA O‘QUV MODULLARI MAZMUNI
1-BLOK. NAZARIY TA’LIM.
1.1. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
Kirish
Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi va qoidalarini o‘rganish hozirgi kunda juda dolzarb masalaga aylangan. Har bir kasb, har bir mutaxassislik yo‘nalishlarida kasb-hunar o‘rganayotgan, malaka oshirayotgan va mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini chuqur o‘rganishi lozim.
Keyingi yillarda texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini o‘rganish nafaqat sanoat va ishlab chiqarish yo‘nalishlari balki barcha soha mutaxassislarini yuqori malakali bo‘lishligini taqoza etmoqda. Bugungi kunda ishchilar nafaqat o‘zi o‘zlashtirgan kasbni yuqori darajada egallagan bo‘lishi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish qoidalari, sanitar-gigienik me’yorlarni bilishi, ularga amal qilishi kerak.
Modulning maqsadi va vazifalari
Modulning maqsadi: mehnat faoliyatini yuritishda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qonun qoydalarini bilish, elektr toki urganda, yong‘in yuzaga kelganda birinchi yordam ko‘rsatish, ish faoliyati davomida o‘zi va atrofdagilar hayotini asrash uchun ularga qat’iy rioya qilishi kerak.
Modulning vazifasi: mehnat faoliyatini amalga oshirishda tinglovchilarni mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha bilim saviyasini oshirish va tinglovchilarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha tasavvurni shakllantirish.
1. Modul mazmuni
|
| |