O‘zbekiston respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi samarqand shahridagi “ishga marhamat” monomarkazi




Download 1,96 Mb.
bet3/4
Sana06.12.2023
Hajmi1,96 Mb.
#112222
1   2   3   4
Bog'liq
Ofitsiant-faoliyatining-texnika-xavfsizligi-va-ofitsiantnung-shaxsiy-gigiyenasi
Lecture 3 - Java dasturlash tili asosiy operatorlari, Нistory of Tashkent, РЭТЭМ-1606 Зарядная станция для электротранспорта, 7 amaliy ish, 12 (3)[1], Faktorizatsiya - Vikipediya., MUSTAQIL ISH MAVZULARI 6-SEMESTR, ISH O’RNINI TASHKIL ETISH, 7-мавзу. CHIZIQLI BIR JINSLI, Taqdimot, 1D K1 K2 I Ozbetinshe tapsirmalar, 1-amaliy, Kurs ishi mavzu skalyar, vektor va aralash ko\'paytmalarning koo-fayllar.org, =loyiha yechimi-fayllar.org
Yong‘in xavfsizligi choralari
  • Yong‘in chiqishining ko‘pdan ko‘p sabablari bor. Ko‘p hollarda bu olov bilan ehtiyotsizlik qilish, ruxsat etilmagan joylarda chekish, elektr simlaridan uchqun chiqishi, isitish qurilmalari noto‘g‘riligi yoki buzuqligi, elektr jihozlar, yoritgichlardan to‘g‘ri foydalanmaslik natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, yong‘inning sababi portlash, momaqaldiroq, chaqmoq, ba’zan o‘z-o‘zidan yonish ham bo‘lishi mumkin. Yong‘in chiqqanda harorat 800–1000 ° C gacha yetadi va atrofdagi narsalarni ham kuydiradi.
  • Omborxonalarda yong‘inga qarshi tadbir o‘tkazish – korxonaning qayerida joylashgani, kiradigan yo‘llar, yong‘inga qarshi jihozlarning sozligi, omborxonalarda olov xavfi bor mollarning ko‘pligi va boshqa sabablarga bog‘liq.
  • Yong‘in uchun xavfli joylar: yonilg‘i, yog‘och-taxta, yengil alangalanadigan materiallar saqlanadigan omborxonalardir. Bu omborxonalar olov o‘tmaydigan materiallar bilan jihozlanadi. Olov xavfi har xil bo‘lgan omborxonalar materiallarni saqlashda bir-birlaridan o‘t o‘tmaydigan devorlar, to‘siqlar bilan ajratiladi.
    • Ventilatsiya qurilmalari havodagi xavfli portlovchi va yonuvchi gazlarni haydaydi va korxonada yong‘in xavfini pasaytiradi. Lekin ularning nosozligi yoki to‘g‘ri foydalana olmaslik natijasida yong‘in chiqishi ham mumkin.
    • Tabiiy shamollatish yong‘inga nisbatan xavfli emas, ammo yong‘in chiqqanda alanga olishiga yordam qiladi. Sun’iy ventilatsiya ko‘p hajmdagi havo chiqarib, yong‘inning avj olishini kuchaytiradi. Olov ventilatsiya kanallari bo‘yicha boshqa obyektlarga ham o‘tishi mumkin. Portlash yoki yong‘in xavfi bor binolarning hamma havo chiqadigan mo‘rilari yonmaydigan materiallar bilan jihozlanishi shart.
    • Ventilatsiya jihozlarini ishlatishda quyidagi yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak:
    • – kamera va havo chiqaruvchi mo‘rilarni o‘z vaqtida tozalab turish;
    • – vaqti-vaqti bilan changni chiqarib tashlovchi ventilator ishini tekshirib turish;
    • – ventilatsiya anjomi o‘rnatilgan joy yaqinidagi devor, ship, havo tortqich sirtlarini muntazam ravishda tozalab turish.
    • Yong‘in chiqqan taqdirda, eng avvalo, o‘t o‘chirish xizmatiga xabar berish zarur. Shu maqsadda telefon aloqasi yoki elektr o‘t o‘chirish signalizatsiyasidan foydalaniladi (yirik shaharlarda), ichki signalizatsiya mahalliy yong‘inga qarshi guruhni chaqirish uchun ishlatiladi (yirik korxonalarda).
    • Yong‘inga qarshi guruh kelguniga qadar korxonadagi imkoniyatlar ishgishga solinib, o‘t o‘chirishga kirishiladi: qum, kurak, chelaklar, suv, gidropultlar va o‘t o‘chirgichlardan foydalaniladi. Gidropultlardan tizillab chiqqan suv olov yonayotgan tomon yo‘naltiriladi.
    • O‘t o‘chirgichning pastki tub tomoni tepaga ko‘tariladi, bosh qismi yerga, qattiq narsaga uriladi, bu ish olovdan 10 m olisda qilinishi kerak. Ko‘pik va karbonat angidrid hosil bo‘ladi. Karbonat angidrid gazi bosimi natijasida ko‘pik otilib chiqadi va 8 m balandlikka ko‘tariladi, bu harakat bir yarim daqiqa davom etadi. Uning yordamida boshlangan olovni o‘chirish mumkin. Yong‘in paytida odamlarni va moddiy boyliklarni olib chiqish binoning chiqish yo‘llari ko‘pligi va kengligiga bog‘liq. Hamma zinalarga va chiqishga mo‘ljallangan eshiklar tashqariga ochiladigan bo‘lishi kerak. Tashqi zinalarga qaratilgan romlarga panjaralar qo‘yish va qulflash mumkin emas. Bunday romlar qizilga bo‘yaladi va «Zinopayaga chiqish» deb yozib qo‘yiladi.
    1   2   3   4




    Download 1,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi samarqand shahridagi “ishga marhamat” monomarkazi

    Download 1,96 Mb.