O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
Katta guruh tematika lotincha
1 -HAFTA «MEN VA MENING UYIM», «XOTIRA KUNI» Qurish-yasash va matematika markazi “Uy quramiz” Maqsad:turli hajmli geometirik figuralardan (kub, silindr, g'isht, plastina, piramida) uy qura oladi, ular nomlarini va belgilarini biladi. Predmetlarni ma'lum bir xususiyatlarini jamlab konstruksiyani tera oladi,fazodagi qoidalarga rioya eta oladi. Ko'rish xamda fikrlash orqali predmetlar joylashuvini taxlil qila oladi, xisobni biladi, predmetlarni katta-kichigiga qarab taqqoslay oladi, chapga-o'ngga tushunchalarini farqlaydi. Kerakli jihoz va materiallar: stroitelnыy material, plastinы, krupnыye geometricheskiye figurы. Faoliyatning borishi: 1.Turli arxitektura inshootlari tasvirlangan suratlarni tomosha qilish. 2.Bolalar qurilish ashyolarini tanlab, o'z uylarini o'ylab topadilar. 3.Uyni loyixalashtirish. Qo'shimcha qism:bolalarga o'z uylarini nomlash taklifini berish. Kurilish yonida bolalarni rasmga olish. E'tiborga molik jihati: Bolalarni jamoada ishlash mahoratini, tasavvurini boyitishiga Qurish-yasash va matematika markazi "«Uyimiz hovli maydonchasini quramiz " Maqsad: turli xil hajmdagi geometrik figuralardan hovli maydonchasini qura oladi, ularning nomlari va belgilarini biladi. Predmetlarni ma'lum bir xususiyatlarini jamlab konstruksiyani tera oladi,fazodagi qoidalarga rioya eta oladi. Kerakli jihoz va materiallar:lego (yirik), plastinlar, yirik geometrik figuralar. Faoliyatning borishi: Maydoncha tasvirlangan suratni tomosha qilish. Kichik guruxlarda ishlash. Bolalar qanday maydoncha qurishini tanlashadi. Hovli maydonchasini loyixa qilish. Qo'shimcha qism:qurilishda o'yinini o'ynash uchun mayda o'yinchoqlar taklif qilish. E'tiborga molik jihati: Bolalarni jamoada ishlash mahoratini, tasavvurini boyitishiga Syujetli-rolli o'yinlar va drammatizasiyalash markazi. «Oila» (variasiya: «Men va mening uyim») syujetni mustaqil o'ynaydi. Maqsad:o'ylangan syujet uchun mustaqil sharoit yarata oladi; o'yin davomida xayrixoxlik xislatlarini namoyon etadi va jamoada o'ynay oladi; tengqurlari bilan oson muloqotga kirishadi. Kerakli jihoz va materiallar:qo'g'irchoqlar, o'yinchoq idish-tovoqlar, mebel, o'yin atributlari. Faoliyatning borishi: 1.bolalar rollarni taqsimlashadi (dada,oyi,bola va x.z.) 2. Markazni uy sifatida jihozlash. 3. O'yin uchun mavzu tanlash(mehmonga borish, tug'ilgan kunni nishonlash, sizlarnikiga mexmon keladi, dadangiz xizmat safariga ketmoqda va x.z) va reja tuzib olish Qo'shimcha qism: Tarbiyachi kuzvtuvlari orqali qo'shimcha syujetni taklif etish mumkin: E'tiborga molik jihati: bolalar jamoada do'stona o'ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o'ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi. Syujetli-rolli o'yinlar va drammatizasiyalash markazi. «Supermarket» Oziq-ovqat, sanoat mollari, mebel, maishiy texnika mollari, o'yinchoq do'koni, kitob do'koni, kanselyariya mollari do'koni va x.z. Maqsad: o'ylab topilgan syujet uchun mustaqil sharoit yarata oladi, atributlarni joyida ishlata oladi, ular bo'lmagan taqdirda mos ravishda o'rnini almashtira oladi,xayrixoxlik xislatlarini namoyon etadi, jamoada o'ynaydi,tengqurlari bilan oson muloqotga kirishadi. Kerakli jihoz va materiallar:«Supermarket» o'yini uchun vыveska, «Kiyim-kechak», «O'yinchoqlar», «Non», «Sabzavot va mevalar», «Sut», «Maishiy kimyo» bo'limlari uchun vыveskalar, rastalar, kassa apparatlari, tarozi, mahsulot uchun o'ramlar, mahsulotlar uchun savatlar, turlicha korobkalar, bankalar, mayda o'yinchoqlar,kitoblar, qo'g'irchoq kiyimlari, qog'oz pullar. Faoliyatning borishi: Syujetli rolli o'yinda rol ajratish: Syujetning o'zi uchun tayyorgarlik; O'yinni o'tkazish; O'yinga yakun yasash. Qo'shimcha qism: bolalarga rollarni almashtirishni taklif etish. E'tiborga molik jihati: bolalar jamoada do'stona munosabatda o'ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o'ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi. «Nutq va savodxonlik» markazi «Men yashab turgan uy»hikoya tuzish. Maqsad: tayyor rejaga tayangan xolda o'z fikrini aniq ifoda etib hikoya tuza oladi, nutqida nisbiy sifatlarni va murakkab gaplarni ishlata oladi. Kerakli jihoz va materiallar:hikoya uchun reja tuzish, uy tasvirlangan rasmlar. Faoliyatning borishi: Bolalar turli xil uylar tasvirlangan suratlarni ko'rib chiqishadi. O'yin«Top, qaysi?»(rasmlar qo'yiladi) Rasmlarni taxlil qilib, qanaqa uy ekanligini tasniflashishadi. G'ishtdan qurilgan uy – (g'ishtli), … toshdan – (toshli), … yog'ochdan – (yog'ochli), … paneldan – (panelli). O'yin «Aksini top» Mening uyim baland, meniki esa (past). Mening uyim yorug', meniki esa (qorong'u). Mening uyim bir qavatli, meniki esa (ko'p qavatli). Mening uyim katta, meniki esa (kichik). Mening uyim yo'lning chap tarafida, meniki esa yo'lning (o'ng tomonida). Mening uyim keng ko'chada joylashgan, meniki esa (tor) ko'chada. Qo'shimcha qism: bolalar bir-birlariga uylari to'g'risida aytib berishadi.. E'tiborga molik jihati: bola o'z fikrlariniravon izxor eta olishi, nutqning to'g'ri grammatik tuzilishiga e'tibor berish. «Nutq va savodxonlik» markazi «Xotira va qadrlash kuni» Maqsad: «Xotira va qadrlash kuni» bayrami to'g'risida tasavvurga ega bo'lish, Ulug' Vatan urushi qaxramonlari kim ekanligini biladi,(ular qaxramonona jang qilishgan, Vatanimizni dushmanlardan ximoya qilgan). Vatanparvarlik ruxini xis etadi, veteranlarni xurmat qiladi. Kerakli jihoz va materiallar:rasmlar, Ulug' Vatan Urishi, veteranlar to'g'risida suratlar, «Motamsaro ona xaykali», pamyatnik «Noma'lum jangchi» xaykali tasvirlangan suratlar, general Sobira Raximovning rasmi. Faoliyatning borishi. Bolalar Ulug' Vatan urushi tasvirlangan rasmlarni tomosha qilishadi. Mavzuga doir kichikroq hikoyani o'qishadi. Mustaqillik maydonida joylashgan «Motamsaro ona xaykali», «Noma'lum jangchi» xaykali tasvirlangan suratlarni tomosha qilishadi. Qo'shimcha qism: «General Sobir Raximov» to'g'risida hikoya. E'tiborga molik jihati: bolalarda vatanparvarlik ruxini, o'z xalqiga nisbatan muxabbat va g'urur tuyg'ularini shakllantirish. Fan va tabiat markazi «Qumning xususiyatlari» Maqsad: qumning xususiyatlarini biladi, qum quruq, to'kiladi, undan nonchalar yasab bo'lmaydi, nam qum-to'kilmaydi, undan yasasa bo'ladi. Kerakli jihoz va materiallar:qum, suv, qumli qoliplar, maxsus konteysnerlar Faoliyatning borishi: Bolalar ushbu markazning vazifasi bilan tanishishadi va uskunalarni ko'rib chiqishadi. 1-tajriba : «xo'l qum».Bolalar qumni elakka to'ldirib olishadi. (Qum oson o'tadi). Bolalar tajriba o'tkazishadi, buning uchun leykachalar bilan qumga suv quyishadi, so'ngra aralashtirishadi. Qoliplardan bir nechta shakllar yasashadi. Qumning xususiyatlarini va shaklini o'zgarishini kuzatishadi. 2-tajriba «quruq qum». Doskada qumdan naqshlar tasvirlangan. Kichikroq patnislardagi qumlarga bolalar o'z naqshlarini chizishadi. Bolalar bu tajribalarni grafik xolda qayd etishadi. Qo'shimcha qism: sayrda qum bilan o'yinlar, qumdonlarda tajribani takrorlash taklifi beriladi. E'tiborga molik jihati: bolalarda bilish jarayoning aktivlashuvi, kuzatish va xulosa qilishni bilish. Fan va tabiat markazi To'kiladigan jismlarni hajmini o'lchash. Maqsad: shartli o'lchovda tukiladigan jismlarning hajmlarini o'lchay oladi. Kerakli jihoz va materiallar: to'kiladigan jismlar uchun shartli o'lchamlar, keng va tor konteynerlar, turli sig'imlar, turli hajmdagi krupalar. Faoliyatning borishi: Bolalar to'kiladigan jismlarni o'lchaydigan uskunalarni o'rganishadi. Taklif etilgan krupalar, shakar va x.z larni o'lchashadi. Berilganlarni jadvalga kiritishadi (katta hajmdan kichikka qarab). Qo'shimcha qism:og'irlikni o'lchashni taklif qilish (og'irlik o'lchov uskunasi) E'tiborga molik jihati: bolalarda bilish jarayoning aktivlashuvi, kuzatish va xulosa qilishni bilish. San'at markazi Rasm chizish «Orzuimdagi uy» Maqsad: mustaqil ravishda syujet tanlaydi vabajaradi, rasmning mazmuniga qarab uni varog'da joylashtiradi. Qora qalam bilan sirtini chizadi va rangli qalamlar bilan uni bo'yaydi. Kerakli jihoz va materiallar: A4 formatida oq qog'oz, qora va rangli qalamlar. Faoliyatning borishi: Bolalar «o'z uying-o'lan to'shaging»maqolini o'qishadi. Bolalar xayolidagi uy to'g'risida tasavvur qilishadi. (ertaknamo, fazoli va x.z.) Ishni bajarish Qo'shimcha qism: bolalar ishlaridan ko'rgazma qilish. E'tiborga molik jihati: bolada “Mening uyim-mening qo'rg'onim” tushunchasini shakllantirish, o'z uyi to'g'risida g'amxo'rlik qilish vak uni sevish. San'at markazi Applikasiya «Mening xonam». Maqsad: ishga ijodiy yondoshadi, ranglarni va uning anvoyi turlarini biladi. Turli xil shakllardan kompozisiyalar yasaydi va ishonch bilan ishlaydi. Kerakli jihoz va materiallar:rangli qog'oz, qaychi, yelim, flomasterlar, qalamlar, salfetkalar, mato qiyqimlari. Faoliyatning borishi: Bolalar bir-birlariga o'z xonalarini qanday tasavvur etishlarini aytib berishadi. Kompozisiya yaratish uchun zarur materialni tanlaydi. Bolalar tomonidan ishning bajarilishi. Qo'shimcha qism: bolalar applekasiyada tasvirlagan xonalari to'g'risida aytib berishadi. E'tiborga molik jihati: qiziquvchanlikning shakllanishiga, ijodiy tasavvurining rivojlanishiga, applekasiya bilan ishlashda texnik ko'nikmalarini shakllanishiga. San'at markazi Dekorativ panno. Loy ishi. Barelyef «Gullar». Maqsad: xarakterli shakllarni tasvirlagan xolda tasavvur qilib tanish bo'lgan narsalarni yasaydi, (barglar), yog'och qalam bilan gulning zarur qismlarini chizadi (mayda tomirchalarini). Loy ishida tasvirning jonliligini, gullarga xos bo'lgan burilishlarini ifoda eta oladi. Kerakli jihoz va materiallar:plastilin, yog'och qalamlar, taxtachalar, salfetkalar, bolalarning ishlarini joylashtirish uchun barelyef-taxtacha. Faoliyatning borishi: Uylarni bezash uchun gullar tasviri tushirilgan suratlarni ko'rish. Tarbiyachi orqali namunaning bajarilishi, barelyefning aloxida qismlari detallarini bajarishni ko'rsatish. Bolalar ishi. Ish so'nggida tarbiyachi gullarni barelyef-taxtachaga maxkamlaydi va bolalarga tasvir chiroyli chiqishi uchun Qo'shimcha qism elementlar bilan to'ldirishni taklif etadi. Qo'shimcha qism:uylarni bezash uchun boshqa dekorativ ishlarni ko'rib chiqish. E'tiborga molik jihati: bolalar tasavvurini boyishi, loy ishida turli xil usullardan foydalana olishi. MAY 2 XAFTASI «MEBEL», «MILLIY HUNARMANDChILIK» Download 2,01 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
|