Qurish-yasash va matematika markazi
Qog'ozdan «Stakancha» yasash. Origami.
Maqsad: Origamitexnikasi to'g'risida biladi va ishlaydi. Sxemaga binoan stakanchani taxlaydi.
Kerakli jihoz va materiallar:qog'oz stakanchani yasash sxema-rejasi, origami uchun
qog'oz.
Faoliyatning borishi:
Qog'oz stakanchani yasash sxema-rejasini ko'rib chiqish.
Ishning bolalar tomonidan bajarilishi.
Qo'shimcha qism:boshqa xil idishlarni yasash taklifini berish.
E'tiborga molik jihati: origami bilan ishlashning texnik ko'nikmalari; sxema bilan ishlashni bilish.
Qurish-yasash va matematika markazi
Papye-mashedan tarelkachayasash
Maqsad: papye-mashe yasash texnikasini biladi; ishni sxema bilan bajaradi.
Kerakli jihoz va materiallar:mavzuli rasmlar, papye-mashe yasash uchun zarur bo'lgan jixozlar (gazetalar, PVA yelimi, kistochkalar)
Faoliyatning borishi:
Bolalar papye-mashe texnikasida ishlangan idish-tovoqlar tasviri tushirilgan rasmlarni tomosha qilishadi.
Sxemani o'rganishadi.
Ishni sxemaga qarab bajarishadi.
Qo'shimcha qism: vazifani uddalagan bolalar qolganlariga yordam berishadi.
E'tiborga molik jihati: bolalarda ijodiy tasavvuri va konstruktiv qobiliyatining shakllanishiga, olingan bilimlarni amaliyotda qo'llay olishiga.
Syujetli-rolli o'yinlar va drammatizasiyalash markazi
«Oila» nomlisyujetli-rollio'yin (variasiya: «Oiladagi tug'ilgan kun»)
Maqsad:oilada kundalik turmushni ijodiy tasvirlab berish, o'ylangan syujet uchun mustaqil ravishda vaziyat keltiradi, atributlarni maqsadga muvofiq ishlatadi, o'yinga xayrixoxlik bildtradi va jamoada o'ynay oladi.
Kerakli jihoz va materiallar:qo'g'irchoqlar, o'yinchoq idish-tovoqlar, mebel, o'yin atributlari. kuklы, igrushechnaya posuda, mebel, igrovыye atributы.
Ishni rejalashtirish: oila va oilada tug'ilgan kunlarni nishonlash xaqida suxbat.
Faoliyatning borishi:
O'ziga rol tanlashni taklif etadi bugun kim nima bo'lishni istaydi, balar rol tanlaydi va farqlash uchun atributlar tanlashadi, o'yinchoqlar tanlashadi.
Bolalar syujetni borishi to'g'risida kelishib olishadi. (kimni tug'ilgan kuni nishonlanadi, kim nima qiladi va x.z.)
bolalar mustaqil o'ynashadi, tarbiyachi kuzatuvchi rolida bo'ladi. O'yin davomida tarbiyachi biror-bir nasixat yoki taklif beradi. Agar o'yinda muammoli vaziyat vujudga kelsa, syujetning yangicha yo'nalishini taklif etadi yoki o'yinga yangi o'yinchoq-personaj kiritadi.
Qo'shimcha qism: oila va unda bayramlar qanday o'tishi xaqida suxbat.
E'tiborga molik jihati: bolalar jamoadado'stona o'ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o'ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi.
Syujetli-rolli o'yinlar va drammatizasiyalash markazi «oshxona» Syujetli-rolli o'yin
Maqsad: oshxona ishchilarining mexnatini ijodiy tasvirlash, o'ylangan syujetga mustaqil ravishda mos vaziyat vujudga keltira oladi, o'yinda layoqat bildiradi. Jamoada o'ynashni biladi, tengqurlari bilan oson muloqotga kirishadi.
Kerakli jihoz va materiallar:«oshxona» rasmi, bolalar idish-tovoqlar jamlanmasi (oshxona, ovqat uchun, choy uchun), stol va stulchalar.
Faoliyatning borishi:
Rollarni taqsimlash. O'yin.
Bolalar rollarni almashishlari mumkin.
Qo'shimcha qism: umumiy ovqatlanish joylarida o'zini tutish odobi qoidalari, stol atrofida o'zini tutish qoidasi, xushmuomala bilan yondoshish to'g'risida.
E'tiborga molik jihati: bolalar jamoadado'stona o'ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o'ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi.
|