|
O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
|
bet | 18/133 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #274623 |
Bog'liq Katta guruh tematika lotincha
Qushlar xaqida albom tomosha qilish.
Maqsad: albomda tasvirlangan rasmlardagi qush turlarini biladi,tabiatdagi qushlarning xayot tarzi xaqidagi ma'lumotlarni yig'adi, qushlar o'rtasidagi o'xshashlik va tafovutlarni farqlaydi, o'xshash va farqli tomonlarini taqqoslaydi.
Jihoz va materiallar:qushlarni rasmidan iborat bo'lgan fotoalbom, mavzuli kartochkalar, qushlar siluetlari.
Faoliyatning borishi:
«Qushlar» fotoalbomini ko'rish;
Qushlarning o'xshashliklari iva farqlari asosida kartochkalarni klassifikasiyalashtirish.
Qushlar siluetlari va rasmlarini taqqoslash.
Qo'shimcha qism: tarbiyachi bolalarga badiiy so'z bilan yo'naltirgan xolda qushlar patlari, tuxumlari (sensor tarbiya) bilan tanishishni taklif etishi mumkin.
E'tiborga molik jihati: ilm va turmushni bog'lay olishi, nutq va tafakkurining rivojlanishiga.OBJ.
San'at markazi
Tabiiy materialdan bostirib chizish.
Maqsad: qo'l motorikasini, tafakkurini rivojlantiradi, qo'l ostidagi narsalardan foydalanib chizish ko'nikmasini egallaydi.
Jihoz va materiallar:qushlar rasmlari jamlanmasi, qog'oz, bo'yoqlar, noan'anaviy rasm chizish uchun tabiiy materiallar(patlar, bargchalar, paxta, shoxlar va dub daraxti mevasi (yong'og'i).
Faoliyatning borishi:
Markazdagi materiallarni tomosha qilishadi.
Noa'anaviy rasm chizish texnikasi bilan tanishishadi.
Rasm va tabiiy materialni tanlash.
Bolalarning amaliy ishlari.
Qo'shimcha qism: ko'rgazma tashkil etish.
E'tiborga molik jihati: mayda motorika va tasavvurning shakllanishiga, gigiyenik normalarga amal qilishi va toza ishlashiga.
Qurish-yasash va matematika markazi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
|