|
O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
|
bet | 26/133 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #274623 |
Bog'liq Katta guruh tematika lotinchaJihoz va materiallar:undirilgan urug' yoki o'simlikli lotok yoki tuvakcha, leyka, turli hajmdagi baklajkalar, naychalar, baklajka uchun uchlik.
Faoliyatning borishi:
Unib chiqqan urug'larni kuzatish.
«o'simliklarni tomchilatish usulida sug'orish» tajribasini o'tkazish.
Kuzatish jadvaliga yozuvni qayd etishadi: sana va urug'ning taxminiy bo'yi.
Qo'shimcha qism: bajarilgan ishni tasvirlab berish yoki rasmda aks ettirish.
E'tiborga molik jihati: bolalarning mexnatga munosabati, birgalikdagi faoliyatni tashkillashtirish.
San'at markazi
Maqsad: did, tafakkur, qo'l motorikasini rivojlantiradi, hajm, shakl va rangni uyg'unlashtira oladi.
Jihoz va materiallar: oq tuproq yoki sho'r xamir, guashlar, tabiiy materiallar, plastilin.
Faoliyatning borishi:
Sho'r xamir yoki oq tuproqdan savat yasash;
Plastilindan meva va sabzavotlarni tayyorlash (bola tanloviga ko'ra)
Savatni meva va sabzavotlar bilan to'ldirish.
Qo'shimcha qism: ijodiy ishlar ko'rgazmasini tashkil etish.
E'tiborga molik jihati: xayoti va sog'ligini muxofaza qilinishini kuzatish va toza ishlashni bilish, tafakkuri va mayda motorikani rivojlantirish
OKTYaBR 3 HAFTA «NON ENG AZIZ NE'MAT» Qurish-yasash va matematika markazi.
Legodan yuk mashinasi.
Maqsad: shakl va rang xaqidagi bilimlaridan foydalanadi, lego bo'laklaridan katta yuk mashinasi yasaydi, yuk mashinasining qismlari joylashuvini tushunadi, xaydovchi kabinasi va yuk bo'limi, mashinaning vazifasi xaqidagi bilimlarini mustahkamlaydi.
Jihoz va materiallar: lego, Qo'shimcha qism detallar.
Faoliyatning borishi:
«Yuk mashinasi» suratini tomosha qilish;
Yuk mashinasini yasash uchun lego bo'laklarini tanlab oladi;
Yuk mashinasining yasalishi;
Bolalar bir-birlariga ishlarini ko'rsatishadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
|