|
O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
|
bet | 23/133 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #274623 |
Bog'liq Katta guruh tematika lotinchaE'tiborga molik jihati: bolalarning bir-biriga nisbatan o'zaro xurmati, nutqi va ijodiy sifatlarining shakllanishiga.
Nutq va savodxonlikka o'rgatish markazi «Bog'da va tomorqada nimalarni o'stiramiz?»
Maqsad:meva va sabzavotlarning nomini biladi, nima qayerda o'sishini farqlaydi. Meva va sabzavotlarning xususiyatlarini biladi, lug'at boyligini yangi tushunchalar bilan boyitadi, nutqini ravonligini, mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi.
Jihoz va materiallar: bog' va tomorqa rasmlari, meva va sabzavotlar to'g'risida adabiyotlar, mavzuga doir kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
«Bog' va tomorqa» rasmini tomosha qilish;
Bolalar meva va sabzavotlarni nomlarini aytishadi va klassifikasiya qilishadi.
Bog' va tomorqa tasviri tushirilgan panno.
Meva va sabzavotlarni bolalar tegishli xonachalarga joylashtirishadi.
Qo'shimcha qism: meva va sabzavotli ramlarni ularning nomlari yozilgan kartochkalarga almashtirish.
E'tiborga molik jihati: agarda bola to'liq gap bilan javob berolmasa, yo'naltiruvchi savol va so'zlar bilan yordam berish mumkin, e'tiborni rivojlantirish va nutqni shakllantirish.
Fan va tabiat markazi
Bilmasvoy darsi.
Maqsad: meva va sabzavotlarning kesilgan shakllari bilan tanishadi, meva va sabzavotlarning urug'lari xaqida ma'lumot to'playdi, ular orasidagi o'xshashlik va tafovutlarni farqlaydi.
Jihoz va materiallar:meva va sabzavotlarni kesish uchun taxtacha, bolalar uchun mo'ljallangan pichoqlar, meva va sabzavotlar, likopchalar, lupa.
Faoliyatning borishi:
Bolalar meva va sabzavotlarni ko'rib chiqadilar.
Mevalarni urug' va danaklari bilan solishtiradilar.
Meva va sabzavotlarni kesilgan xolda ko'rib chiqadilar.
O'z ishlarining to'g'ri bajarilganligini tekshiradilar.
Urug' va danaklarni solishtiradilar va taxlil qiladilar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
|