• Applikatsiya
  • Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil etish metodikasi




    Download 273,22 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/9
    Sana15.12.2023
    Hajmi273,22 Kb.
    #119491
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-mavzu



    Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish 
    metodikasi. Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil etish 
    metodikasi. 
     
    Reja:
     
    1. Applikatsiya va mozaika ishlarini tashkil etish.
    2. Qanday applikatsiya turlari o‘rgatish.
    3. Qog‘ozning turlari va xususiyatlari haqida tushuncha
    Applikatsiya - tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ulami fon 
    tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir. 
    Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlarida ko‘rgazmali qurollar, turli 
    o‘yinlar uchun qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, 
    stendlar va hokazolarni bezashda ishlatiladi.
    Applikatsiya bilan shug‘ullanish o‘quvchilarni garmonik rivojlantirishda 
    katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta yordam beradi, 
    tasavvumi boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, 
    chamalash va rangni sezishni o‘stiradi.
    Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy ko‘rinishiga 
    qaratilishi kerak. Yaxshi o‘ylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo‘lgan 
    narsalarni joylashtirish applikatsiyalar muvaffaqiyatining garovidir.
    Tasvirlash lozim bo‘lgan narsalar yordamida figura va narsalarning holati 
    aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi. Tasvirning barcha 
    detallari, hatto eng kichiklari ham qog‘ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak. 
    Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya’ni fonga joylashtiriladi va 
    o'ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir ma’qui bo‘lmasa detallar boshqacha 
    joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishdajoyni adashtirmaslik uchun ularning o‘mini 
    qalam bilan belgilab qo'yiladi. Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl - 
    kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib 
    ko‘ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish va 
    elementlami shunga ko‘ra joylashtirish lozim.
    Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko‘pincha ochiq tondagi qog‘oz 
    va fon tanlanadi. Applikatsiya mo‘ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog‘ozni 
    tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning 
    mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tanlashga 
    qaratiladi. Tasvir hajmigako‘ra eng katta element asosiy tematik element bo‘lishi 
    kerak.
    Namuna tariqasida 1-sinf o'quvchilari 8-Mart uchun tabriknoma yasashlari 
    mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni 
    eslaydilar, chamalash ko‘nikmalarini sinaydilar va rangli qog‘ozdan ingichka oq va 
    sariq to‘g‘ri chiziqlami qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog‘ozdan doira qirqsa 
    bo‘ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo‘lishi mumkin. Novdalar ham qo‘lda 
    qirqiladi.


    Suhbatni o'qituvchi “8-Mart kuni” haqida olib boradi va bunda sovg‘a 
    masalasini eslatib o'tadi. Eng yaxshi sovg‘a o‘z qo‘li bilan yasagan sovg‘adir. Suhbat 
    mehribon buvijonlarimiz, onajonluriml/.. opa-singillarimiz haqida bo‘lishi mumkin. 
    Shundan keyin na’muna ko‘rib chiqiladi, uning elementlari, ish usullari
    kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi.
    1. Tabriknoma uchun rangli qog‘oz tayyorlanib, u ikkiga buklanadi;
    2. Ko‘k rangdagi qog‘ozga to‘g‘ri burchak chiziladi, uning o‘lchami 
    uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining yarmidan 
    2sm atrofida kattaroq;
    3. Ko‘k qog‘ozdan qirqilgan to‘g‘ri burchak taklifnomaning ustiga 
    yopishtiriladi, bunda ko‘k qog‘oz taklifhomani bo‘yashda halaqit bermasligi uchun 
    bukish chizig’ining chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi;
    4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat 
    shakldagi qog‘ozni kerakli o‘lchamda qirqiladi;
    5. Na’muna asosida quyosh nuri qirqiladi;
    6. Och ko‘k va jigar rang qog'ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek 
    yopishtiriladi;
    7. Gull^f gii||ib yopishtiriladi. Ish ijodiy tarzda bo‘lganligi uchun o‘quvchilar 
    gullami shoxlarga o‘zlari mustaqil joylashtiradilar. Barglami o‘qituvchi tarqatgan 
    andoza bo‘yicha qirqadilar. Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, 
    tabrik so‘zi yoziladi. 
    Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davrlarda va 
    turli mamlakatlarda mozaika qo‘llaniladigan materialiga ko‘ra ham, naqsh va 
    rasmlariga ko‘ra ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Olrta Osiyo 
    madrasalari, masjidlar, hukmdorlaming saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika 
    hozirgi kunda monumental san’atga aylangan. Mozaika bilan binolaming tashqi 
    qismlari, devorlari va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, 
    sopol plitalaridan foydalaniladi. Mohir ustalar rangli ko‘zgu parchalaridan ajoyib 
    mozaika asarlari yaratishadi, ular quyoshda bir-biriga qo‘shilib va porlab, shodlik 
    kayfiyatini yaratadi.
    Mozaika bu rasm sathiga ayrim parchalar (qog‘oz, oyna, sopol, gul 
    tojibarglari, tuxum po'sti va shu kabilar)ni qo‘yib chiqishdir.
    1. Tuxum po'stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib quritilgan tuxum 
    po‘sti mo‘yqalam yordamida akvarel bo‘yoqlari bilan kerakli ranglarga bo‘yaladi. 
    2. Bo‘yoq qurigandan keyin tuxum po‘stini tanlangan rasmga ko‘ra may da 
    va yirik bo‘laklarga bo‘linadi.
    3. Tuxum po‘stidan mozaika qilishda shunday tasvimi tanlash kerakki, 
    ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda, egri-bugrilari bo‘lmasligi kerak.
    4. Kontur qora qog‘oz orqali o‘tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.
    5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po‘sti terib 
    chiqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
    6. Ortiqcha yelim toza mato bo‘lagi bilan artib tozalanadi, po‘st yaxshiroq 
    yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo‘yiladi.
    Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar 
    ancha murakkablashadi.


    Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug‘lari, danak, baliq tangalari, 
    chig‘anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish mumkin. 
    Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi 
    mashg‘ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to‘qnash ke ladigan 
    materiallar bilan ham tanishadilar. Bu barcha o‘quv anjomlari: daftarlar, kitoblar, 
    o‘quv qo‘llanmalari bosiladigan qog‘oz turlari - yozadigan, muqova qilinadigan, 
    bosma, rasm solinadigan kitob va gazeta qog‘ozlaridir. Qog‘oz va karton 
    boshlang‘ich sinflar mehnat darslarida eng ko‘p qo‘llanadigan materiallardir. 
    O‘quvchilar bu materiallarga kundalik hayotda ham ko‘p marta duch keladilar.
    Boshlang‘ich sinflardagi mehnat ta’limi dastur materiallarini tahlil qilar 
    ekanmiz, barcha sinflardagi ish turlaridan biri “Qog‘oz va karton bilan ishlash” 
    ekanligini ko‘ramiz. Boshlang‘ich sinfo‘quvchilari qog‘oz va kartonga ishlov 
    berishning quyidagi usullarni o‘rganadilar:
    1. Qog‘ozni turi, navi, rangi, o‘lchamiga ko‘ra tanlash.
    2. Qog‘ozdan maketlar yasaganda qog‘ozga ishlov berishning eng oddiy 
    usullari sifatida qog‘ozni o‘rtasidan buklab va to‘rtburchak qilib buklash (uzunasiga 
    va ko‘ndalangiga).
    3. Ingichka qog‘oz parchalarini to‘g‘rilash, bukilgan joylarini ikki tomonidan 
    buklash. 4.45-90 gradus burchak qilib buklash.
    5. Qog‘ozni buklab belgilangan chiziq bo‘yicha qaychi bilan qirqish, asbobni 
    ushlash, xavfsizlik choralarini qo‘llash.
    6. Qog‘ozni andoza bo'yicha belgilash. Qalam bilan chiziq bo‘yicha oddiy 
    belgilash.
    7. Qaychi bilan kvadratlar, turli burchaklar, uchburchaklar, doiralar qirqish.
    8. Qaychi bilan murakkabroq shakllar. barglar, qo‘ziqorinlar, mevalarni 
    qirqish.
    9. Qog‘ozdan qirqilgan applikatsiya detallariga yelim surtish usullari.
    10. Applikatsiya detallarini yelimlab yopishtirish. Tayyor mahsulotlarni 
    quritish.
    11. Qog'ozning yelim surtiladigan qismlarini oldindan ko'chirib buyum 
    detallarini bir-biriga yopishtirish.
    12. Turli o‘yinchoqlami kvadrat asos va to‘g‘ri burchak asosldttn bukib 
    yasash.
    13. Daftar, kitoblarni muqovalash. 
    14. Qog‘ozni buklash va turli shakllar yasash.
    O‘quvchilar ishlov berilayotgan materiallaming xususiyatlarini hisobga olib, 
    ish usullaridan ongli foydalanishlari, mehnat jarayonida fan asoslarini o‘rganish 
    vaqtida egallagan bilimlarini qo‘llashlari lozim.
    Birinchi 
    sinfda 
    o‘quvchilar 
    eng 
    avvalo 
    faqat 
    mehnat 
    darsi 
    mashg‘ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to‘qnash keladigan 
    materiallar bilan tanishadilar. Bu barcha o‘quv anjomlari: daftarlar, kitoblar, o‘quv 
    qo‘ llanmalari, bosiladigan qog‘oz turlari - yoziladigan, muqova qilinadigan, bosma, 
    rasm solinadigan, kitob va ro‘znoma qog‘ozlaridir. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar 
    turli qog‘ozlaming asosiy jismoniy xususiyatlari, rangi, qalinligi, zichligi, siyohni 
    singdirish xususiyati, sathining xarakteri - silliq, g‘adir-budirligi bilan tanishadilar.


    O‘quvchilar 
    mashg‘ulotlarda 
    qog‘oz 
    varaqlarini 
    buklaydilar 
    va 
    to‘g‘rilaydilar, ulami qismlarga bo'lib yirtadilar va qirqadilar, bo‘yaydilar. Shu bilan 
    birga qog‘ozni buklash yo‘l bilan turli xil narsalarning shaklini yasaydilar. “Qog‘oz 
    va karton bilan ishlash” o‘quvchilami garmonik rivojlantirishda katta ahamiyatga 
    ega. Ayniqsa, rangli qog‘oz bian ishlash ijodni rivojlantirshga yordam beradi 
    fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni faollashtiradi, irodani 
    tarbiyalaydi, qo‘l mehnati, chamalash va rangni sezishni o‘stiradi.
    Qog‘oz va karton bilan ishlash mashg‘uiotlariga oldindan quyidagicha 
    tayyorgarlik ko‘riladi: stolning ustiga qog‘oz yozib, o‘ng tomoniga qaychi, yelim 
    uchun cho‘tka, chizg‘ich, qalam, avtoruchka, old tomonlariga yelim, qiyqimlar 
    uchun quti chap tomonlariga, ish vaqtida xaiaqit bermaydigan qilib rangli qog‘oz 
    to‘plamini qo‘yadilar. Har bir mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar keyingi mashg‘ulotda 
    kerak bo‘ladigan narsalarni yozib oladilar.
    O‘quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda 
    bo‘lishlari, o‘z ishlarini rejalashtira bilishlari, materialni tejamkorlik bilan 
    sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, o‘qituvchi ko‘rsatmalariga amal 
    qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozoda saqlashlari, mashg‘ulotdan so‘ng 
    sinfni tozalab qo'yishlari kerak. 
    Barcha fanlarda qo‘llanilgani kabi mehnat darslarida ta’limning ko‘rgazmali 
    vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil namuna, rasm., 
    chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari, shuningdek texnika 
    vositalaridan foydalaniladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, qog'oz va karton bilan 
    ishlash mashg‘ulotlarida o‘quvchilar qog‘ozni buklash yoii bilan turli xil 
    narsalaming shaklini yasashni ham o‘rganib boradilar. Ana shunday mashg‘ulotlar 
    davomida o‘qituvchi quyidagi ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi mumkin. Shu 
    bilan birga o‘quvchilar bu ko‘rgazmalaming yasalish bosqichlariga rioya qilgan 
    holda, dars davomida o‘zlari yasashlari ham mumkin.
    Qog‘oz va karton faqat poligraf san’atidagina emas, balki, xalq xo‘jaligining 
    hamma tarmoqlarida ham keng qo‘Ilaniladi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish 
    sanoatida qog‘oz va kartonning ikki yuzga yaqin turi ishlab chiqarilmoqda. Turli xii 
    qog‘ozlardan kitoblar, oynomalar, ro‘znomalar chiqarish uchun foydalanishini 
    barcha o‘quvchilar yaxshi biladilar.
    Shuning uchun ham mehnat ta’limi darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarning 
    diqqat-e’tiborini ular foydalanadigan qog‘ozning turmushda tez-tez uchraydigan va 
    qo‘1 mehnati darslarida ishlatiladigan turlariga jalb qilib borishi lozim.
    Bu qog‘ozlarning turlari quyidagilardan iborat: 

    Download 273,22 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 273,22 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil etish metodikasi

    Download 273,22 Kb.
    Pdf ko'rish