pastga qilib qo‘yib ochiladi va orqa tomondagi forzats qismiga yelim surtiladi va
muqova yopiladi, bu operatsiya old tomondagi forzatsda ham takrorlanadi. Kitob
press ostida quritiladi.
O‘qituvchi buyumni namoyish qilar ekan, uni tayyorlash uchun qanday
material va asboblar kerakligini aniqlaydi. Kerakli material o‘lchami, ishni bajarish
tartibi o‘quvchilar bilan birgalikda belgilanadi. O‘zlariga tanish ishlami o‘quvchilar
mustaqil, tanish bo‘lmaganlarini o‘qituvchining tushuntirish va ko‘rsatmasi asosida
bajaradilar. O‘quvchilar faoliyatini faollashtirish maqsadida ular materialni
oMchash va hisoblash ishlarini mavjud muqova yasash qoidalari asosida mustaqil
bajarganlari ma’qul.
O‘qituvchi barcha vazifalar bilan bir qatorda sanitariya-gigiena, xavfsizlik
texnikasi qoidalarini nazaridan chetda qoldirmasligi kerak.