|
Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil etish metodikasiBog'liq 1-mavzul.”Lola“ ko‘rsatmali quroli.
1-bosqich. Rangli qog‘ozlardan kvadrat qirqib olinadi.
2-bosqich. Uning diagonallari bo‘yicha buklab, buklangan do‘ppi shakliga
keltiriladi.
3-bosqich. Buklashdan hosil bo‘lgan uchburchakning pastki, asos tomonidagi
ikki uchi yuqoridagi uchinchi uchiga qarab, unga yetkazdirib buklanadi.
4-bosqich. Xuddi shuningdek orqa tomondagi ikki uchi ham uchinchi uchiga
qarab buklanadi.
5-bosqich. Hosil bo'lgan shakl cheti qog'ozning o‘rtasiga, yani hosil bo‘lgan
chiziqqa tomon buklanadi. Shaklning orqa tomoni ham shunday buklanadi.
6-bosqich. Oxirgi buklangan shakllaming har bir orqa tomoniga qaytarib
buklanadi. Buklangandan so‘ng ularning uchlari bir biriga qaytarilib qayriladi.
Keyin shaklni pastgi ochiq tomonidan asta puflanadi. Shaklining yuqori qismidagi
uchlari esa orqaga qaytarib buklanadi. Natijada “Lola” shakli hosil bo‘ladi. Lolaning
bandini boshqa qog‘ozni silindir shaklida o‘rab, uni lolaning pastki puflangan
qismiga kiritib qo‘yish bilan tugallash mumkin. Bu bandga lolaning bargini,
g‘unchasini ham yopishtirib qo'yish mumkin.
Maktabda muqovalash ishlari. Kitobni qo‘da muqovalashga aloqador
barcha amaliy ishlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qo‘lidan bemalol keladi.
Muqova ishlarini bajarishda o‘quvchilar qog‘oz va kartonga ishlov berish (egish,
qirqish), kartonga qog‘oz yopishtirish, ayrim-ayrim varaqlarni yopishtirish kabi
malakalarini mustahkamlaydilar. Ular kitobga muqova qilish usullarini o‘rganib,
egallab borar ekanlar, poligrafiya sanoatining tarmoqlaridan biri haqida bilim olib,
muqovasozlik ishining asoslari bilan tanishadilar. Muqova ishlash ishiga aloqador
kasblar bilan tanishadilar. Bundan tashqari bolalarga kitobga muhabbat, unga
nisbatan tartiblilik bilan munosabatda boiish singdiriladi. Muqova yasash ishlarini
bajarish jarayonidagi muqovani bezashda bolalardagi badiiy did, o‘lcham olish,
qirqish va egish ishlarida aniqlik va tartiblilik rivojlanadi. Kitoblami tuzatishda
ularni ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil etish metodikasi
|