• Qog‘ozni bukilgan joyini pichoqda qirqish.
  • Qog‘ozni yopishtirish.
  • Qog‘oz va kartonni o‘lchash usullari.
  • Qog‘ozni bukilgan joyidan yirtish




    Download 273,22 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/9
    Sana15.12.2023
    Hajmi273,22 Kb.
    #119491
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-mavzu

    Qog‘ozni bukilgan joyidan yirtish. Qog‘ozni yirtishdan oldin, avval 
    ehtiyotlik bilan ochiladi, uning bir tomoni o‘ng qo‘l bilan bosilib, chap qo‘l bilan 
    bukilgan chiziqdan sekin yirtiladi. Bukilgan chiziq ustiga chizgichni qo‘yib ham 
    qog‘ozni yirtish mumkin.
    Qog‘ozni bukilgan joyini pichoqda qirqish. Qog‘ozni buklab, timoq bilan 
    bosib iz tushiriladi. Shundan so‘ng uning buklangan chizig‘ini o‘ng tomonga qilib 
    stol ustiga qo‘yiladi, uning orasiga pichoqni tiqib yurgiziladi.
    Qog‘ozni qaychi bilan qirqish. Qaychi o‘ng qolda ushlanadi. Ish vaqtida 
    qaychini to‘g‘ri ushlab, qirqilayotgan qog‘ozni undagi kesish chizig‘i aniq ko‘rinishi 
    uchun ayiantirib turiladi.
    Qog‘ozni yopishtirish. Stolning ustiga gazeta yozib, uning ustiga kerakli 
    o‘lchamda qirqib olingan rangli yoki istalgan qog‘oz qo‘yiladi va mo‘yqalam 
    yordamida o‘rtasidan chetiga avval chap, so‘ngra o‘ng tomonga qarab yelim 
    suriladi. Yelim tez, yupqa qilib suriladi. Yelim surilgan qog‘ozni yopishtiriladigan 
    predmetning ustiga qo‘yib, uning ustidan g‘ijimlanishlar bo‘lmasligi uchun toza 
    mato bo'lagi bilan bosib tekislanadi.
    Qog‘oz va kartonni o‘lchash usullari. Mehnat darslarida qog‘ozni o‘lchash 
    usullari unchalik murakkab emas va ular matematika darslarida qo‘llanadigan 
    asboblar yordamida bajariladi. Birinchi navbatda bu oddiy chizg‘ich, uchburchak 
    chizg‘ich va sirkuldir.
    Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarining asosiy xususiyati shundaki, bu 
    darsda buyumlaming umumiy ko‘rinishidagi yig‘ma, chizma va buyumning 
    namunasi yoki faqat texnikaviy rasm va chizmalardan foydalaniladi.
    O‘qituvchi o‘quvchilaming yig'ma chizmani o‘qishga, chizma va namunadan 
    barcha detallami, ulaming o‘ lchamini aniqlash va har qaysi detalni mustaqil belgilab 
    olishga o‘rgatadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga namuna va mehnat darsidagi chizmani 
    ko‘rsatib, bolalar bilan maketni yasash uchun nechta detal tayyorlash kerakligini, 
    ularning o‘lchami shakli qanday boiishini aniqlaydilar.
    Bolalar chizmaga qarab to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak shaklida ekanligini 
    aytadilar. Qog‘oz va karton bilan ishlash mashg‘uIotlarida o‘quvchilar oldindan 
    quyidagicha tayyorgarlik ko‘rishadi: stolning ustiga qog‘oz yozib, ish uchun kerakli 
    ish qurollari va materiallarni olib tayyorlaydilar. Har bir mashg‘ulot oxirida 
    o‘quvchilar keyingi mashg‘ulotda kerakli bo‘ladigan narsalarni yozib oladilar.
    O‘quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda 
    bo‘lishlari, o‘z ishini rejalashtira bilishlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, shu 
    bilan birga ish joylarini toza va ozoda tutishlari, sinf xonasini tozalab qo‘yishlari 
    kerak.
    Barcha fanlarda qo‘llanilganidek, mehnat darslarida ham ta’limning 
    ko‘rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil 
    namuna, rasm, chizma, sxematik namuna, turli predmetlar shuningdek, texnik 
    vositalardan foydalaniladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, “Qog‘oz va karton bilan 
    ishlash” mashg‘ulotlarida o‘quvchilar qog‘ozni buklash yo‘ li bilan turli xil 
    narsalaming shaklini yasashni ham o‘rganib boradilar. Ana shunday mashg'ulotlar 


    davomida o‘qituvchi quyidagi ko'rsatmali qurollardan foydalanishi mumkin. Shu 
    bilan o‘quvchilar bu ko'rgazmalami yasashning bosqichlariga rioya qilgan holda, 
    dars davomida yasalishini o‘rganib borishlari mumkin.

    Download 273,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 273,22 Kb.
    Pdf ko'rish