Mehnat darslarida yog'och turlari haqida umumiy ma’lumot berish
Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktabda butun ta’lim tarbiya sistemasi va barcha o’quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari etakchi rol’ o’ynaydi.
Maktabda muntazam mehnat ta’limining boshlang’ich bochqichi boshlang’ich sinflardagi mehnat dargohlari va kichik maktab yoshidagi bolalarning qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir.
Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limning asosiy vazifalari mehnatga
ahloqiy va psixik tayyorlash, o’quvchilarni boshlang’ich poletexnik bilimlar bilan qurollantirish mehnatga amaliy tayyorlashdir. O’quvchilarni mehnatga ahloqiy tayyorlash deganda, ularning bu mehnat natijalariga hurmat bilan yondoshishlari nazarda tutiladi.
Mehnatga ahloqiy tayyorlash –bolalarga kollektivda ishlashni, do’stona o’zaro yordamni, ijodiy tashabbusni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilishdan iboratdir.
Yog‘och va yog‘och
materiallar xalq, xo’jaligining hamma tarmoqlarida keng qo’llaniladi.Undan qurilish va inshootlarda, avtomobilsozlik, vagonsozlik, ximiya va kumir
sanoatida, qog‘oz-sellyuloza sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari, gugurt ishlab chiqarish, etil spirti, sintetik kauchuk,
turli loklar, buyoqlar ishlab chiqarish sohalarida ham keng foydalaniladi.
Yog‘och materiallarning bunday keng kulamda ishlatilishiga sabab texnik xossalarining yuqoriligi va qulayligidir. Yog‘ochni ishlash ancha oson. Vazni yengil, puxtaligi yukori, issikushk va elektr tokini yomon utkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi. Kupchilik yog‘ochlarning tashki kurinishi chiroyli bulib, puxta yelimlanuvchi buladi va yaxshi pardozlanadi.
Shunga qaramasdan, yogochlar turli kamchiliklardan xam xoli emas, ya’ni, temperatura, namlik uzgarishi natijasida yog‘och qurib, tez deformatsiyalanadi (tob tashlaydi), nam tortib shishadi, yoriladi va hokazo.
Hukumatimiz umumta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarida yoshlarga mehnat tarbiyasi va ta’limi berishni hamda kasblarga yo‘llash ishlarini yaxshilash, hayotiy zarur bo‘ladigan ommaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish zarurligi ko‘rsatilib o‘tilgan va bu xususda barcha chora va tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hukumat ko‘rsatmalariga amal qilgan holda umumta’lim maktablari uchun mehnat ta’limi dasturini tuzishda dasturning mazmuniga hayotiy zarur bo‘lgan mehnat turlari (texnik mehnat, qishloq xo‘jalik mehnati, xizmat ko‘rsatish mehnati va shu kabilar)ni kiritishga asosiy e’tibor berilmoqda.
Xususan, texnik mehnat tarkibiga yog‘och,
metallga ishlov berish, elektrotexnik ishlar kiritilgan, chunki bu ishlar turmush va mehnat faoliyatida juda asqotadi.
Quyida yog‘och ishlarga oid kasb-hunarlar haqidagi umumiy tushunchalar bilan tanishib chiqamiz.
Ma’lumki, yog‘och tayyor va arzon material bo‘lib, u qurilishlarda, duradgorlik ishlarida, mebelsozlik,
kemasozlik, avtomobilsozlik, vagonsozlik ishlarida, shaxtalarda va boshqa sanoatning juda ko‘p sohalarida asosiy material sifatida ishlatiladi.
Bu sohalarda yog‘ochga ishlov beruvchi kasb egalarini duradgor, binokor duradgor, mebelsoz deb ataymiz.
Duradgor maxsus ish o‘rniga ega bo‘lib, bino ichida mavjud bo‘lgan va u yerda foydalaniladigan pardozlash ishlari bo‘yash bilan tugallanadigan barcha yog‘och ishlarini bajaradilar.
Binokor duradgor kasbiga ega bo‘lgan hunarmandlar bino qurishda bajariladigan barcha yog‘och ishlarni:
poydevor qoliplarini tiklash, tom yopish, cherdak qurish; eshik va romlarni o‘rnatish kabi ishlarni bajaradi». Binokor duradgor maxsus ish o‘rniga ega bo‘lmaydi. Balki u vaqtinchalik ish o‘rni hozirlashi mumkin.
Mebelsozlar duradgordan farqli ravishda qimmat baho, teksturasi (tabiiy guli) chiroyli bo‘lgan yog‘ochlarga ishlov berib, tayyor bo‘lgan
buyum-mebellarga shpon qoplash, ularni pardozlash maqsadida loklash va politurlash ishlarini amalga oshiruvchi kasb egalari hisoblanadi.
Bulardan tashqari, yog‘ochga ishlov beruvchi tor ma’noda maxsus ixtisoslashgan ishlarni bajaruvchi kasb egalari ham mavjud. Bular masalan, sandiqchi, qutidor, o‘ymakor, beshikchi, yig‘chi, kemasoz va shu kabilardir.
Hozirgi kunda yog‘ochga ishlov beruvchi kasb egalari universal hunarmandlar bo‘lib, ular deyarli yog‘ochga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarda amalga oshiriladigan yog‘och ishlarini uddalay oladigan uddaburon ishchi kadrlar hisoblanadi.
Randa turlari va uni ishga sozlash.
a— sherxebel; b —taxta randa; v — mushranda: 1 — pona; 2 —kunda; 3 — tig‘; 4-temir pushtak; g — pushtakli tig‘; d —
japs randa; 1 — tig‘; 2—pushtak; 3 — pona; 4 — dasta; 5 - bolg‘alash tugmasi.
METALMAS MATERIALLAR
Xalk xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan metallmas materiallarni ishlatilishiga kura ikki gruppaga ajratish mumkin:
1. Mashina qismlarining ayrim detallarini tayyorlashda foydalaniladigan materiallar (plastmassa, yog‘och, rezina, shisha, keramika va boshqalar).
2. Maxsus materiallar-(yelim, qog‘oz, lak, emal, va boshkalar).