|
Mavzu: metalmas materiallar va ulardan tayyorlanadigan detallarni o‘rganish
|
bet | 1/4 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 375,29 Kb. | | #148058 |
Bog'liq 4-amaliy mashg`ulot
4 – AMALIY MASHG`ULOT
MAVZU: METALMAS MATERIALLAR VA ULARDAN TAYYORLANADIGAN DETALLARNI O‘RGANISH
Ishdan maqsad: Xalq xo‘jaligida metallmas konstruksion materiallar sifatida qo‘llaniladigan polimer, shisha, rezina va yog‘och materiallari tuzilishini o‘rganishdir.
Umumiy ma’lumot: Konstruksion materiallar zaxirasini hosil qilish uchun birinchidan, ularni tejab ishlatish, ikkinchidan, yangi xom ashyo turlarini izlab topish hamda ularning asosida konstruksion materiallarini ishlab chiqarish talabi qo‘yilmoqda. Ana shunday materiallarga plastmassalar, rezinalar, shishalar, sopol va yog‘och kiradi.
Metallmas materiallarning asosiy tarkibiy yuqori bog‘lanish (polimer) lardan iborat bo‘lib, katta molekular massaga ega bo‘lgan murakkab moddalardir.
Sun’iy ravishda tayyorlangan, muayyan temperaturada bosim ostida plastik xossalarga ega bo‘lgan materiallarga plastmassalar deyiladi. Polimerlar tabiiy natural kauchuklar, jun, ipak, sellyuloza, smolalar va boshqalar. Sun’iy va tabiiy polimerlarni qayta ishlash orqali olinadi va sintetik fenolformaldegid va karbamidli smololar, polietilen, polistirol, poliamidlar, epoksidli smolalar va boshqalar kiradi.
Plastmassalar.
Plastmassalarni tarkibiga ko‘ra quyidagi ikki guruxga bo‘lish mumkin:
1. Oddiy plastmassalar, asosan, bir komponentli smoladan iborat bo‘ladi (pleksiglas, polistirol, polietilen).
2. Murakkab plasmassalar. Bular bir necha komponentdan iborat bo‘lib, ularning xar biri ma’lum funksiyani bajaradi (fenoplastlar, ftoroplastlar, tekstolitlar, stekloplastiklar).
Murakkab plastmassalrning tarkibida juda ko‘p komponentlar bo‘lishi mumkin, bu komponentlar ma’lum bir funksiyaga muljallangan. Masalan, bog‘lovchi moddalar plastmassa tarkibidagi ayrim zarrachalarni o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi. Bog‘lovchi moddalar sifatida smolalar, bitumlardan foydalaniladi.
To‘ldiruvchilar plastmassalarning fizik-ximiyaviy xossalarini yaxshilaydigan va narxini arzonlashtiriadigan moddalardir. To‘ldiruvchi sifatida yog‘och, yog‘och uni, to‘qima, chiqindi iplari, qog‘oz ishlatiladi.
Plastifikatorlar-ularning tarkibiy qismi bo‘lib, ularning plastikligini oshiradi. Bunga kamfora, kana-kunjut moyi kiradi.
Katalizatorlar esa polimer metallarning qotish jarayonini tezlashtiradi, bunga oxak va boshqalar kiradi.
Bo‘yoqlar plastmassa buyumlarga dekorotiv tus berishga ishlatiladi. Ularga xrom va rux oksidlari, aluminiy kukuni, oxra kiradi.
Plastmassalar o‘zlarining fizik-mexanik xossalariga ko‘ra termoplastik va termoreaktivga bo‘linadi.
Termoplastik plastmassalar oddiy gruppa plastmassalari bo‘lib, ular ma’lum temperaturada qizdirilsa yoki sovitilsa, o‘zining agregat xolatini o‘zgartira oladi. Termoplastlarga fotoplast, organik shisha, sellyuloid, viniplast, kapron, polietilen, polistirol kiradi.
Bunday plastmassalar chiziqli, tarmoqlangan, fazoviy, zanjirli strukturali bo‘lib, bu strukturalar o‘zaro molekulalararo kuchlar bilan bog‘langan va ayrim makromolekulalardan iborat bo‘ladi.
1-rasm.
Plastmassalarning strukturalari.
|
Termoraektiv plastmassalar-reaktoplastlar bir marta qizdirilib, bosim bilan ishlagandan sung qayta suyuqlanmaydi. Fenolformaldegid termoreaktiv plastmassalarning asosini tashkil etadi. Bularga tekstolit, absotekstolit, getinoks, eposplastlar, aminoplastlar kiradi.
|
|
| |