|
Mavzu: metalmas materiallar va ulardan tayyorlanadigan detallarni o‘rganish
|
bet | 3/4 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 375,29 Kb. | | #148058 |
Bog'liq 4-amaliy mashg`ulotRezinalar.
Ma’lumki, xozirgi zamon texnikasini rezinasiz tassavvur etib bo‘lmaydi. Rezinadan tayyorlangan vositalar esa juda keng qo‘llaniladi. Bulardan eng muhimi avtomobil shinalari, velosiped shinalari, suv osti yuruvchilarning kostyumlari, aerostat balonlari, shlanglar, protivogazlar, harakat uzatuvchi vositalar, elektr simlari sirtini qoplashda (kabellarni yasashda) foydalaniladi.
Rezina – bu sintetik va natural kauchukning vulkanizatsiya natijasida olingan maxsulot bo‘lib, xalq xujaligida va sanoatda keng ishlatiladi.
Rezina yuqori plastik va undan tayyorlangan namunalar va yuqori elastiklik xususiyatiga ega bo‘ladi. Elastiklik xususmiyatiga ega bo‘lishi uchun birga uzilishda, yedirilishda yuqori qarshilik ko‘rsatadi, suv, gaz o‘tkazmaslik va yuqori dielektrikdirdir. Rezinaning elastiklik xususiyati cho‘zilishda, yedirilishda, silkinishda xosil bo‘lgan kuchni pasaytirishda qo‘llaniladi.
Rezina- bu turli komponentlardan iborat. Uning xususiyati shu komponentlar miqdori va soniga qarab turlicha bo‘ladi. Rezinani xosil qiluvchi aralashmalarga kauchuk, vulkanizatsiyalovchi modda, vulkanizatsiyani tezlashtiruvchi, to‘latuvchi, qaritmaydigan, yumshatuvchi va bo‘yovchilar kiradi.
Sun’iy va tabiiy kauchukniplastikligini va puxtaligini oshirish uchun sovuq yoki issiq xolda vulkanizatsiyalanadi. Vulkanizatsiyalovchi sifatida kauchukning tarkibiga 2-3% oltingugurt kiritiladi. Vulkanizatsiyalash uzoq vaqt chuzilgani uchun unga 0,5-1,5% tezlaщtiruvchi qo‘shiladi, ya’ni magniy oksidi, sink oksidi va boshqalar. Tezlashtiruvchini aktivlashtirish uchun belila va magnezit qo‘shiladi.
Fizik-mexanik xususiyatini oshirish uchun kompozitsiyaning tarkibiga to‘latuvchi kiritiladi. To‘latuvchilar kuknsimon va matolikka bo‘linadi. Kuknsimonga qorakuya, kaolin, marganes, mel, bo‘r, talik va boshqalar, matolik to‘latuvchilarga esa kort kiradi.
Kauchukning oksidlanishi natijasida rezina qariydi, o‘zining elastikligini yo‘qotadi, mo‘rtlashadi, ya’ni fizik-mexanik xususiyati avvalgi xoliga qaytmaydi.
|
| |