|
Mavzu: metalmas materiallar va ulardan tayyorlanadigan detallarni o‘rganish
|
bet | 4/4 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 375,29 Kb. | | #148058 |
Bog'liq 4-amaliy mashg`ulotYog‘och.
Yog‘ochlar xalq xujaligining turli soxalarida konstruksion materiallar sifatida kullaniladi. Tabiatda usib turgan xar qanday daraxtni shartli ravishda 3 turga bo‘lish mumkin. Bular, tomirlar, tana va shox-shobbalardan iborat.
Yog‘ochlarning ishlatilishi asosiy sababi quyidagilardir:
1. Solishtirma va hajmiy og‘irligi kichik.
2. Issiqlikni kam o‘tkazadi.
3. Ximiyaviy barqaror.
4. Temperatura o‘zgarishi bilan uning o‘lchamlari deyarli o‘zgarmaydi.
5. Korroziyabardosh.
6. Oson ishlanuvchan va unga istalgan shaklni berish mumkin.
Yog‘ochning kamchiligi uning yonuvchanligi va chirishidir. Yog‘ochning tarkibi asosan, sellyulozadan iborat bulib, qolganlari turli xil organik birikmalardan tashkil topgan.
Yog‘ochlar qatlam-qatlam tuzilishli bo‘ladi. Yog‘ochlarning mexanik mustahkamligi ularning turidan tashqari namligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Yangi kesilgan daraxtning namligi turiga, kesilgan vaqtiga qarab 40 % va undan yuqori bo‘ladi, ya’ni hul yog‘ochning namligi 23% dan ortiq; kura yog‘ochlar uy temperaturasida quritilgan, xavoda g‘uritilgan, yangi qirqilgan va nam yog‘ochlarga bo‘linadi.
Xavoda quritilgan yog‘ochlarping siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi o‘rtacha 2,3-7,0 N/sm2 bo‘ladi.
Yog‘ochlarning mexanik mustahkamligi, asosan, ularning turiga bog‘liq bo‘ladi. quyidagi 4-jadvalda ba’zi yog‘ochlarning mexanik mustaxkamligi ko‘rsatilgan.
Yog‘ochlarning tuzilishn, asosan g‘o‘la yog‘ochni (3-rasm) uch xil kesimda qirqib o‘rganiladi:
|
Yorochning kundalang kesim qirqimida uning qobig‘i (6), pustlog‘i (5) pustloq osti qatlami (1), yadro (2), o‘zak (3) yillik halqa (7) va o‘zak nurlari (4) ifodalangan. Yog‘ochning yillik qatlamini uning hamma qirqimlarida ham ko‘rish mumkin, bu qatlam ko‘ndalang kesimda aylana kurinishida joylashgan; radial qirqimda to‘g‘ri chizik bo‘lib, uning xap biri yillik qatlamni ifodalaydi; tangensial qirqimda esa parabola shaklida buladi. Yog‘ochlarning o‘zaro bir-biridan farq qiluvchi tashqi bel-gilari: rangi, teksturasi, tusi va xidi xisoblanadi. Yog‘ochlarning rangi oq tusdan qora tusga qadar o‘zgarishi mumkin. Oqqapag‘ay va archa daraxtlari yorochlarinipg rangi oq bulib, qayin, zarang, qora qayinlarning rangi esa oq-qizg‘ish tusli bo‘ladi. Dub, kashtan, tilog‘och daraxtlarining yog‘ochlari kul rang tusli bo‘lib, nok, tut, kedr, qarag‘aylarning rangi qizg‘ish, yong‘okniki esa - kul rang-qo‘ng‘ir tuslidir.
|
3-rasm. Yog‘ochning asosiy kesim va qirqimlarning tuzilishi.
a — kundalang kesim buyicha; b — kundalang kesimga burchak ostida qirq.imi (tangensial kesim) bo‘yicha va v - kundalang kesimga vertikal qirqim (radial kesma) bo‘yicha.
|
Yog‘ochlarning xidi ular tarkibida efir moylari, smolalar va turli xil oshlovchi moddalar borligidandir. Odatda ignabargli daraxt yog‘ochlari skipidar xidini, capv daraxti va oqqaragay xushbuy xid, yong‘oq esa ancha yoqimsiz xid tarqatadi.
Ishni bajarish uchun materiallar va asboblar. 1. Lupa. 2. Masshtabli lineyka. 3. Shtangensirkul. 4. Turli xil yog‘och namunalari va ularnnng qirqimlari.
Ishni bajarish tartibi.
1. Plakatdan yog‘ochning asosiy kesimlari o‘rganiladi.
2. Qapag‘ay, dub, qayin va boshqa yog‘och namunalarining ko‘n-
dalang, radial va tangensial kesimlari lupa yordamida o‘r-
ganiladi. Bunda kesimlarniig tuzilishn xilma-xilligiga
e’tibor beriladi va ular chizmada tasvirlanadi.
3. 1 sm uzunlikdagi yillik qatlam soni aniqlanadi.
4. ¤tkazilgan kuzatishlar va o‘rganishlar asosida tskshi-
rilayotgan yog‘ochning tashqi belgilariga qisqacha xarakteristi
ka beriladi.
5. Atlaslar yoki ranglar shkalasidan foydalanib, xar qaisi tur yog‘ochning rangi aniqlanadi.
6. Yog‘ochning ko‘ndalang kesimndan ularning teksturasi o‘rganiladi.
7. Yog‘ochning xidi, rangi va teksturasiga qarab uning turi aniqlanadi.
8. Olingan natijalar quyidagi jadvalga olinadi.
Yog‘ochlarning xillari
|
Asosiy xillari
|
1 sm dagi yillik qatlami
|
Yog‘ochning tashqi belgilari
|
Rangi
|
Yaltiroq-ligi
|
Tekstra-turasi
|
xidi
|
|
|
|
|
|
|
|
Ish xaqida xisobot.
Xisobotda bajarilgan ishning maqsadi, vazifasi, yog‘ochning tuzilishi va tarkibi xaqida qisqacha xarakteristika xamda yog‘ochning klassifikatsiyasi va turlari yoziladi. Undan tashqari, yog‘ochning asosiy kesimlarining chizmalari va bajarilgan ishlarning bayoni keltiriladi.
Nazorat savollari:
ЛАБОРАТОРИЯ
МАШҒУЛОТЛАРИ
Metall bo‘lmagan materiallarga nimalar kiradi?
Polimer materiallarning asosi nimadan iborat?
Rezinaning asosini nima tashkil qiladi?
Shisha qanday materialdan tayyorlanadi?
|
| |