|
Mavzu: metalmas materiallar va ulardan tayyorlanadigan detallarni o‘rganish
|
bet | 2/4 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 375,29 Kb. | | #148058 |
Bog'liq 4-amaliy mashg`ulotShisha materiallari.
Shisha xam boshqa nometall materiallar kabi xamma soxalarda juda keng ishlatiladi.Shisha materiallar asoson sun’iy usulda ishlab chiqariladi. Shisha xosil qilish uchun kvars qumi, borat kislotasi, tanokor, bo‘r, marmar toshi, dolomit, soda va oxaktoshdaniborat aralashmani pechlarda 1330-15000S temperaturada suyuqlantirish yo‘li bilan olinadi.
Kremniyli (silikat) shishalarni asosi kremniy (II) oksididan iborat bo‘lib, keng ishlatiladi. Silikat shishalarning kristall panjara tuzilishlari tetraedr sinchlaridan iborat bo‘lib, burchaklari tutashgan bo‘ladi (2-rasm).
|
Kremniyning bir qismi aluminiy yoki bor elementi bilan almashtirilsa, o‘zgacha tuzilish xosil bo‘ladi. Bu ishlarga aluminiy-silikatli yoki borsilikatli shishalar deb ataladi. Texnik shishalarning asosini aluminiy, bor, kremniy oksidlari (Al2O3-B2O3-SiO2) xosil qiladi. Shishaning mikroqattiqligi 4-10GPa ga, elastikliklik moduli 40-120GPa siqilish mustaxkamligi 2GPa, cho‘zilishdagi mustaxkamligi 90GPa, egilishdagi mustaxkamligi 120MPa ga teng bo‘ladi. Shisha isitilganda uning qovushqoqligi ortib boradi. Qattiq xolatdan suyuq xolatga o‘tish ma’lum temperatura oralig‘ida sodir bo‘ladi. Shu temperatura shishasimon xolatga o‘tish 400-6000S va yumshoq 600-8000S bo‘ladi. Shishalar tiniq bo‘lib, yorug‘likni yaxshi o‘tkazadi. Ular yorug‘lik nurini sindirish va qaytarish koeffitsientiga ega. Oddiy shisha yorug‘lik nurining 90%ini o‘zidan o‘tqazadi, ultrabinafsha nurlarini deyarli xammasini yutadi.
|
2-rasm. Anorganik shishalarning strukturasi
|
Shisha ma’lum temperatura oralig‘ida qizdirilgandan so‘ng, keskin sovitilsa, yorilmaydi. Shishaning eng muxim xususiyatlaridan biri chiziqli kengayish koeffitsienti 5.8*10-7S-1 ga, temperaturaga bardoshliligi esa 10000S. Shisha 540-6500S gacha qizdirib, yuqori temperatura ta’sirida havoda yoki moyda tez toblansa, ichki kuchlanishlar barqarorlashadi, mustaxkamlik 3-6 barobar oshadi va zarbiy qovushqoqlik 5-7 marta oshadi. Shisha buyumlarga faqat termik usulda ishlov bermasdan, ximiyaviy va mexanik ishlov ham berish mumkin.
|
| |