|
Yevrosiyo har bir tabiiy geografik o’lkasining umumiy ta’rifi
|
bet | 1/4 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 25,27 Kb. | | #143999 |
Bog'liq Yevrosiyo har bir tabiiy geografik o’lkasining umumiy ta’rifi Yevrosiyo har bir tabiiy geografik o’lkasining umumiy ta’rifi
Reja:
1.Yevrosiyo materigi haqida
2.Yevrosiyo ichki suvlari va tuzilishi
3.Yevrosiyo muzliklari
Yevrosiyo materigi katta maydonni egallaganligi, geologik va relyef tuzilishining murakkabligi, to’rtta okean havo massalarining ta’siri, Shimoliy yarimsharning barcha iqlim mintaqlari va tabiat zonalarining mavjudligi materik tabiatining xilma-xilligiga sabat bo’lgan. Odatda, materik tabiatining xilma-xilligi uning hududiy bo’linishiga asos bo’ladi. Geografik qobiqdan keyingi ikkinchi yirik tabiat komplekslari okeanlar va materiklardir. Agar materiklar tabiatini sinchkovlik bilan tahlil qilsak, bir-biridan farq qiladigan qismlar - o’lkalar borligini ko’ramiz. O’xshash va o’xshash bo’lmagan tabiat komplekslarini ajratib, ular o’rtasidan chegara o’tkazsak, hududiy farqlari bo’lgan tabiiy-geografik rayon (kichik o’lka) lar namoyon bo’ladi. Demak, tabiiy-geografik rayonlashtirish deganda, materiklarning bir-biridan farq qiladigan muayyan qismlarga ajratish jarayoni tushuniladi. Yevrosiyo materigi tabiatini hududiy farqlariga ko’ra rayonlashtirganda ham kenglik zonalligi, ham balandlik mintaqalanishiga va uzoqlik bo’yicha ta’sir etadigan omillarning xususiyatiga e’tibor beriladi. Yuqorida aytilgan fikrlarga asoslanib, Yevrosiyo materigida bir-birlaridan hududiy farq qiladigan ko’plab yirik va kichik o’lkalar ajratilgan. Masalan, Yevrosiyo hududi Shimoliy Yevropa, O’rta Yevropa, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, G’arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Janubi-G’arbiy Osiyo, Old Osiyo, O’rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo yirik o’lkalariga bo’lingan. Shubhasiz, agar ushbu o’lkalar tabiati yanada chuqurroq o’rganilib, tahlil qilinsa, yirik o’lkalar tarkibida bir-biridan hududiy farqlanuvchi kichik o’lkalarni ajratish mumkin.Yevrosiyo, Yer sharidagi eng katta materik bo’lib, tarkibi Yevropa va Osiyo qitʼalaridan iborat.[3][4] Yer maydoni 55 million km2, shundan 2,75 million km2’i orollar hisoblanadi. Materikning uzunligi g’arbdan sharqqa 16 ming km, eni shimoldan janubga 8 ming km. Yevrosiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari shimolda Chelyuskin burni, janubda Piay burni, g’arbda Roka burni, sharqda Dejnev burni. Yevrosiyoga Yer sharidagi quruqlikning 36,6%’i to’g’ri keladi, materikda Yerdagi jami aholining qariyb 74%’i yashaydi. Aholisi 5,2 milliard kishi (19-oktabr 2017).[5][6] Yevrosiyoning janubi-sharqidagi bir qancha orollar janubiy yarimsharda joylashgan. Yevrosiyoni g’arbdan Atlantika okeani, shimoldan Shimoliy Muz okeani, janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okeanlari va ularning chekka dengizlari o’rab olgan. Yevrosiyo eng qadimgi madaniyat maydonidir. Yevrosiyoning iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotida Yevrosiyo materigining turli qismlarini bog’lovchi „Buyuk Ipak yo’li“ning ahamiyati katta bo’lgan. Quruqlikning yaxlitligi, ko’pgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va boshqa tabiiy tarixiy hodisalarning o’xshashligi Yevropa bilan Osiyoni yagona nom Yevrosiyo deb atashga imkon beradi. „Yevrosiyo“ tushunchasi geologiya va geografiya fanlariga 1883-yilda E. Zyuss tomonidan kiritildi.[7] Yevroosiyo yer yuzasidagi eng katta eng baland materik (8848). Shimoliy yerimsharning sovuqlik qutbi mavjud. Yevroosiyo hududida sakkiz minglik 14 ta cho’qqining barchasi joylashgan. Qor chizig’i eng balanddan o’tgan joy balandlik qutbi (6400 m,Markaziy Tibet) shu yerda. Eng chuqur va eng katta ko’li bor, eng uzun lianalar (300) ham shu yerda o’sadi. Ichki suvlarini yer usti va yer osti suvlariga bo’lib o’rganish mumkin. Ularning geografik joylashishi birinchi navbatda iqlim va relyefga bog’liq. Yer usti suvlari daryo, ko’l va muzliklar, suv omborlari va kanallardan tashkil topgan. Eng yirik sersuv daryolar mo’’tadil va musson iqlimli o’lkalarda joylashgan. Ular Sharqiy Yevropa, G’arbiy va O’rta Sibir, Uzoq Sharq, Janubi-sharqiy Osiyo o’lkalaridan oqib o’tadi. Quruq iqlimli o’lkalarda daryolar ancha siyrak. Yevrosiyo daryolari suvlarini beshta havzaga quyadi. Bular - Shimoliy Muz, Atlantika, Tinch va Hind okeanlari havzalari hamda berk havzadir. Yanszi, Xuanxe, Ob, Yenisey, Volga, Dnepr, Hind, Gang yirik daryolardir. O’lkamizdagi Amudaryo va Sirdaryo, Yevropadagi Volga berk havzaning eng yirik daryolari hisoblanadi. Qurg’oqchil o’lkalarda daryolar siyrak, nam iqlimli o’lkalarda esa zich joylashadi.
Daryolarning to’yinish tiplari. Yevrosiyo daryolari to’yinishiga ko’ra to’rt tipga bo’linadi: yomg’ir, qor, muz va yer osti suvidan to’yinuvchi daryolar. Lekin daryolar ko’pincha aralash holda to’yinadi. Masalan, yomg’ir va qor suvlaridan, qor va muz suvlaridan, muz va yer osti suvlaridan, yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Daryolarning suv rejimi va to’yinishi yil fasllariga bog’liq. Masalan, daryolar yozda qurg’oqchil joylarda tog’lardagi qor va muzlarning erishidan, musson iqlimli o’lkalarda yomg’irdan, mo’’tadil mintaqada bahorda qorning erishidan va yomg’irdan, nam subtropiklarda hamda ekvatorial mintaqada yil davomida yomg’irdan suv oladi. Yevrosiyoning eng yirik daryolaridan Volga, Ob, Irtish irmog’i bilan, Yenisey, Lena, Pechora, odatda, qor va yomg’ir suvlaridan to’yinib, bahorda to’lib oqadi va qirg’oqlaridan toshib ketadi. Shimolga oqadigan daryolar qishda uzoq vaqt muz bilan qoplanadi. Musson iqlimli o’lkalardagi daryolar - Amur, Xuanxe, Mekong, Gang, Hind va boshqalar musson yog’inlaridan to’yinib, ularnmg suv sathi yozda keskin ko’tariladi. Bu daryolar boshlanadigan tog’lardagi qor va muzlar ham yozda eriydi. Natijada daryolar qirg’oqlaridan chiqib, suv toshqinlariga sabab bo’ladi. Qishda suv sathi keskin pasayadi; hatto mo’ tadil mintaqadagi Amur daryosi muzlab qoladi. Ekvatorial iqlimli Katta Zond orollaridagi daryolar yomg’ir suvlaridan to’yinadi va ularning rejimi yil davomida o’zgarmaydi. Markaziy Osiyo daryolari - Amudaryo, Sirdaryo, Ili, Tarim baland tog’ muz va qorlarining erigan suvlaridan to’yinib, yozning boshida to’lib oqadi, kuzda va qishda keskin kamayadi. Yevrosiyo ko’llari Yevrosiyoda ko’llar juda ko’p. Ularning asosiy qismi materikning shimoliy va sharqiy o’lkalarida joylashgan. Dunyodagi eng katta (Kaspiy 371 ming km.kv) va eng chuqur (Baykal 1620 m) ko’l ham shu materikdadir. Hosil bo’lishiga o’ra, tektonik (Baykal, Jeneva, Issiqko’l), to’g’onli (Sarez), vulqonli, morena, qoldiq (Kaspiy, Orol) ko’llar mavjud. Hozirgi zamon muzliklari chuchuk suvlarning asosiy manbaidir. Shulardan biri Pomir tog’idagi Fedchenko muzligi. Uning uzunligi 72 km, qalinligi o’rta qismida 1000 m, eni 1700-3100 m. Suv oqimiga ko’ra ko’llar oqar (Baykal, Onega), oqmas (Issiqko’l, Balxash, Kaspiy, Orol) ko’llarga bo’linadi. Sun’iy ko’llar ham mavjud. Deyarli barcha daryolarda elektr energiya olish, yerlarni sug’orish, selga qarshi kurash kabi maqsadlarda katta-kichik suv omborlari qurilgan. Tekisliklarda kema qatnovini tartibga solish, qo’riq yerlarni o’zlashtirish maqsadida ko’plab kanallar barpo etilgan. Materik yer osti suvlariga ham boy. Yirik tekisliklarning tagida yer osti suvlarining juda katta zaxirasi bor. Ular faqat daryolar va ko’llarni suv bilan ta’minlab qolmasdan, aholining ham suvga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Muzloq yerlar Ko’p yiilik muzloq yerlar Yevrosiyoning shimoliy qismida katta maydonlarni egallaydi. Ular yer osti suvi bilan tog’ jinslarining muzlashidan hosil bo’ladi. Ularning harorati doimo 0°C dan past. Doimiy muzloq yerlarning qalinligi janubdan shimol tomonga ortib boradi (0-1500 m). Geyzerlar, buloq suvlari ham yer osti suvlarini tashkil etadi.
Geologik jihatdan Yevroosiyo qadimgi mustahkam platformalardan va ularni tutashtiruvchi turli yoshdagi burmali mintaqalardan tashkil topgan. Qadimgi Lavraziya materigining parchalanishidan Yevroosiyo va Shimoliy Amerika ajralgan (65 million yil muqaddam). Hozirgi vaqtda Yevroosiyo materigida ikkita faol geosinklinal mintaqa bor: Alp-Himolay va Tinch okean olovli halqasi. Bu mintaqalarda harakatdagi vulqonlar, dahshatli zilzilalar tez-tez bo’lib turadi.Bu mintaqa tog’lari yosh, burmali, palaxsali tog’lar bo’lib, baʼzi joylarda zanjirli tizimlarni (Alp-Himolay), boshqa joyda tog’ tugunlarini (masalan Tibet, Pomir) hosil qiladi. Alp-Himolay geosinklinal mintaqasining O’rta dengiz qismida Etna, Strombolli, Vezuviy kabi harakatdagi vulqonlar, bizning o’lkmiz — O’rta va Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli zilzilalar (Ashxobod — 1948, Toshkent — 1996, Hindukush — 2002, Eron — 2003 ba b.) bor. Bular yer po’stining faolligidan dalolat beradi. vrosiyoda sayyoramizning qolgan qit’alariga xos bo’lgan barcha narsalar mavjud. Uzoq shimolda sovuq arktik havo massalari hukmronlik qiladi. Mo’’tadil zonada mavsumiylik aniq kuzatiladi: bu erda to’rt fasl (bahor, yoz, kuz, qish) ajralib turadi. G’arbiy Evropada nam, qit’aning sharqi va janubi-sharqida esa musson hosil bo’lgan. Evrosiyoning markaziy hududlarida qishda havo juda sovuq, yozda esa, aksincha, yaxshi isiydi. Shuning uchun bu erda kontinental havo massalari hosil bo’ladi. Yozda ular materikning turli qismlariga issiqlik olib keladi, lekin qishda ular o’tkir va qattiq sovuqni olib keladi. Yevroosiyoning iqlim jihatidan eng qulay mintaqasi Shimoliy O’rta er dengizidir. Issiq yoz oylarida Atlantika shamollari bu erga namlik va salqinlik olib keladi. Shuningdek, ular mahalliy qishlarni sezilarli darajada yumshatadi. Evrosiyoning ichki suvlari o’rtacha yillik yog’ingarchilik miqdoriga bog’liq. Ularning materik bo’ylab tarqalishi juda notekis. Shunday qilib, yarim orollarga 100 mm dan ko’p bo’lmagan yog’ingarchilik tushadi. Ammo Hindistonda, Meghalaya shtatida bir yilda 11 000 millimetrdan ortiq yog’ingarchilik tushadigan joy bor.
|
| |