|
Mavzu: Loklar, yelimlar, kompaudlar. Ularning qo‘llanilishi. Reja
|
Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 42,4 Kb. | | #251775 |
Bog'liq referat
Mavzu: Loklar, yelimlar, kompaudlar. Ularning qo‘llanilishi.
Reja
Kirish
Fanning rivojlanish tarixi va asosiy namoyondalari.
Elektr texnika materiallari va klassifikatsiyasi.
Dielektriklar to‘g‘risida ma’lumot
Lok yelim va kompaundlar:
Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar
KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasida eng muhim masala — energiya resurslaridan samarali foydalanish ekanligini, iqtisodiyotimizda energiya sarfi boshqa davlatlardan 2 barobar yuqoriligini, shuning uchun energiya samaradorligini oshirish Milliy dasturini qabul qilinish kerakligini takidlab o‘tdi. Uy, ishxona, bog‘cha, maktab va ko‘chalarda insonlarga energiyaning qadriga yetish, uni tejashni o‘rgatish kerakligini, qonunlarimizda ham bu masalalarni mustahkamlash zarurligini, shu bilan birga, kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalarni berib o‘tdilar. Elektr texnikada vujudga kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish uchun yangidan-yangi materiallarni ishlab chiqarish, shu bilan birga mavjud materiallar xossalarini uzluksiz takomillashtirib borish va ularning sifatini yaxshilash kerak bo‘ladi. Bu esa yangi texnologiya asosidagi yuqori sifatli elektr texnika materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni juda tez rivojlantirishni taqozo etadi. Qo‘yilgan maqsadga amaliy ravishda yondoshish uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan materiallarning kimyoviy, fizik va mexanik xossalarini chuqur talqin eta bilish kerak. Bunda fan va texnika sohasida erishilgan yutuqlar, olingan ma’lumotlarni talabalarga atroflicha yoritib berish zarur. Zamonaviy elektr texnikada qo‘llaniladigan materiallarni tadqiq etish va yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish uchun “Elektr texnika materiallari” kursi o‘qitiladi. Elektrotexnika materiallari - fani keng ma’noda elektr va magnit hodisalardan amaliy maqsadlarda foydalanish usullarini о‘rganadigan fandir. Hozirgi paytda elektrlashtirish asosida ishlab chiqarish protsesslarini kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kengroq joriy qilinmoqda. Elektrotexnologiya, ya’ni metallar olish va ularga ishlov berishning elektrotermik va elektrolitik usullari jadal rivojlanmoqda. Yildan-yilga mashinalarning yangi-yangi avtomatik 4 liniyalari, sexlar va zavod avtomatlar ishga tushirilmoqda. Elektronika bu fanning bir necha о‘n yil oldin tashkil topgan yangi sohasidir. Elektronika zaryadlangan zarrachalarning vakumda, gaz muhitida yoki qattiq jismdagi harakatini hamda elektr kattaliklarni har xil о‘zgartirish yoki bir tur energiyani ikkinchi tur energiyaga aylantirish maqsadida shu harakatlarni boshqarish masalasini kо‘rib chiqadi. Bu fan elektrotexnik materiallarni о‘zini va uning ichki tuzilishini bevosita yoritib beradi. Agar moddalar qanday va nimalardan tuzilganligini bilmoqchi bо‘lsak, har qanday modda juda mayda zarrachalar – molekulalardan, molekulalar esa atomlardan tashkil topgan. Oddiy moddalarda (mis, allyuminiy va hokazo) shu moddaning bir xil atomlaridan tashkil topgan molekulalar bо‘ladi. Murakkab moddalarning molekulalari esa har xil 9 kimyoviy elementlarning atomlaridan tashkil topgan. Masalan: suv molekulasi tarkibiga ikkita vodorod atomi va bitta kislorod atomi kiradi. Elektr texnika materiallar va elektr uskunalar montaji fanida o‘quvchilar e’tiboriga quyidagilar havola etiladi va o‘rganiladi: elektr texnika materiallarini o‘rganish va tekshirish asoslari; ularning xossalari va tuzilishi; muayyan xossalari orqali materiallarni elektrotexnikada ishlatishini aniqlash; elektr uskunalarning sxemalari, montaji va amaliy jihatdan qo‘llash o‘rin olgan. O‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishdan asosiy maqsad bo‘lajak injener energetiklarga qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarish korxonalaridagi turli xil elektr uskunalardan foydalanishda elektrotexnik materiallarni qo‘llash va ularning xususiyatlarini hisobga olishni o‘rgatish va elektr uskunalarni montaj qilish masalalarini yеchishda ijodiy yondoshishlari uchun ko‘nikmalarini berishdir.
Elektr texnika materiallari fani bo‘yicha elektrotexnik materiallarning turlari o‘rganiladi. “Elektr texnika materiallar va elektr uskunalar montaji” fani talabalarni mazkur fanga oid ma’lumotlar, materiallarining elektr texnikadagi o‘rni hamda ularning amalda qo‘llanilishi bilan tanishtiradi. Hozirgi paytda fan va texnika rivojlangan, texnologik jarayonlar takomillashgan bir vaqtda elektr texnika ham yangi bosqichlarga ko‘tarilib, turli xildagi materiallar ishlab chiqarilmoqda va o‘zlashtirilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan elektr texnika materiallarining yangi xossalarga ega turlari ko‘p miqdorda tayyorlanmoqda. Yangi turdagi materiallarni yaratishga ularning fizik, kimyoviy va mexanik xossalarini chuqur o‘rganish orqali erishilmoqda . Elektr texnika uskunalarini loyihalash, ishlab chiqarish va tekshirishda mutaxassis turli-tuman xossaga ega bo‘lgan elektr texnika materiallari bilan to‘qnashadi. Bu materiallar elektr mashinasi va jihozlarida kuzatiladigan elektromagnit jarayonida ishtirok etadi. Elektr texnika materiallaridan ma’lum darajada elektr, mexanik va magnit xossalar talab etiladi. Elektr texnika materiallari fanida talabalar e’tiboriga quyidagilar havola etiladi va o‘rganiladi: elektr texnika materiallarini o‘rganish va tekshirish asoslari; ularning xossalari va tuzilishi; muayyan xossalari ular orqali materiallarni elektrotexnikada ishlatishni aniqlash va amaliy jihatdan qo‘llash.
1-rasm. Elektrotexnik materiallarning turlari
Dielektriklarning muhim xususiyatlaridan biri, uning tashqi elektr maydoni ta’sirida qutblanishidir. Qutblanish deganda dielektrikda elektr maydoni ta’sirida zaryadlangan zarrachalarning fazoviy joylashuvini o‘zgartirish holati tushuniladi. Elektr maydoni ta’sirida bo‘lgan dielektrik ikki vektor qiymati – elektr maydon kuchlanganligi (E) va qutblanganlik (P) bilan ifodalanadi. Elektr maydon kuchlanganligi zaryadlangan jism yoki zarrachalarning elektr maydonidagi ta’sir kuchini ifodalaydi. Elektr maydon kuchlanganligi vektorning yo‘nalishi sifatida jism nuqtaviy zaryadining musbat kuch chizig‘i yo‘nalishi qabul qilingan. Elektr texnikada vujudga kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish uchun yangidan-yangi materiallarni ishlab chiqarish, shu bilan birga mavjud materiallar xossalarini uzluksiz takomillashtirib borish va ularning sifatini yaxshilash kerak bo‘ladi. Bu esa yangi texnologiya asosidagi yuqori sifatli elektr texnika materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni juda tez rivojlantirishni taqozo etadi. Qo‘yilgan maqsadga amaliy ravishda yondoshish uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan materiallarning kimyoviy, fizik va mexanik xossalarini chuqur talqin eta bilish kerak. Bunda fan va 7 texnika sohasida erishilgan yutuqlar, olingan ma’lumotlarni talabalarga atroflicha yoritib berish zarur. Zamonaviy elektr texnikada qo‘llaniladigan materiallarni tadqiq etish va yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish uchun “Elektr texnika materiallari” kursi o‘qitiladi. “Elektr texnika materiallari” o‘quv qo‘llanmasi talabalarni mazkur fanga oid ma’lumotlar, materiallarining elektr texnikadagi o‘rni hamda ularning amalda qo‘llanilishi bilan tanishtiradi. Elektrotexnika materiallari va klassifikatsiyasi Elektrotexnika materiallari asosan 4 turga - o‘tkazgich, dielektrik, yarim o‘tkazgich va magnit materiallariga bo‘linadi. Elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr tokini havo va kabel orqali uzatuvchi uzatgichlar bilan iste’molchilarga yеtkazib berishda o‘tkazuvchi materiallar ishlatiladi. Bu materiallar katta elektr o‘tkazuvchanlikka ega sof metallardan tayyorlanadi. Agar metallarning qarshiligi katta bo‘lishi talab etilsa, u holda metallar aralashmasidan iborat qotishmalardan foydalaniladi. Izolyatsion materiallar yoki dielektriklar apparat uskunalarda elektr toki oqimini cheklash uchun ishlatilgani sababli, ular juda katta elektr qarshilikka ega bo‘lishi shart. Dielektrik sifatida juda ham ko‘p turdagi organik va anorganik materiallar qo‘llaniladi. Bu materiallar gaz, suyuq va qattiq agregat holatda bo‘lishi mumkin. Yarim o‘tkazgichlar o‘zining elektr o‘tkazuvchanligi jihatidan o‘tkazgich bilan dielektriklar orasida joylashgan bo‘lib, zamonaviy texnikada keng qo‘llaniladi. Materiallarda yarim o‘tkazuvchanlik xossalari, ko‘pincha, tayyor mahsulot olish paytida hosil bo‘ladi. Magnitli elektrotexnika asbob-uskunalarida magnit oqimini hosil qilish yoki o‘tkazish maqsadida magnit materiallari qo‘llaniladi. Bu materiallardan ma’lum darajada magnit xossalari talab etiladi. Bu xususiyat temir yoki uning turli (nikelli, kobaltli va hokazo) qotishmalarida mavjuddir.
. Dielektriklar to‘g‘risida ma’lumot Elektr muxofazalovchi materiallar ikki turga: tabiiy va sun’iyga bo‘linadi. Tabiiy muxofaza materiallar tabiy holda olinib qayta ishlash natijasida muxofazalovchi materialga aylantirilsa, sun’iy muxofaza materiallari kimiyoviy modalar yoki aralashmalardan olinib texnik ishlov berish natijasida hosil qilinadi va ularga dielektriklar deyiladi. Dielektrik material deganda material tarkibidan oqib o‘tuvchi tokka kuchli qarshilik bilan ta’sir etuvchi material tushuniladi. Ularda kuchli elektr maydonlarning ta’siri mavjuddir. Shunga ko‘ra dielektrik materiallar kuchli va kuchsiz elektr maydonli elektr o‘tkazgich materiallardan keskin farq qiladi. Elektr izolyatsiya materiallari (dielektriklar) agregat holatiga ko‘ra gaz, suyuq va qattiq turlarga bo‘linadi. Ularning ichida qattiq holatdagi materiallar eng ko‘p uchraydi. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra izolyatsiya materiallari organik va anorganik turlarga bo‘linadi. Izolyatsiya materiallari majmuidan iborat elektr texnika tuzilmasi elektr izolyatsiyasi deb ataladi. Elektr texnikaga oid biror-bir uskuna, asbob va tuzilmalarni izolyatsiya materiallarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Eng oddiy hisoblangan elektr zanjirini ham elektr o‘tkazgich va izolyatsiya materiallarisiz yeg‘ib bo‘lmaydi. Elektr izolyatsiyasi tok oqimining kerakli yo‘nalishi bo‘yicha o‘tishini ta’minlaydi.
Lok yelim va kompaundlar: Lok tabiiy va sintetik qatronlar, bitum, quriydigan moy, sellyuloza efiri va boshqa birikmalarning kolloid eritmasidir. Lokning qurish jarayonida uning tarkibidagi erituvchi moddalar uchib ketadi, natijada lok pardasi hosil bo‘ladi. Alifatik (benzin, uayt-spirit, kerosin) va aromatik (toluol, ksilol, solvent) uglevodorodlar organik erituvchilarning keng tarqalgan xillaridir. Vazifasiga ko‘ra elektr izolyatsiya loklari uch guruh (shimiluvchi, qoplovchi va еlimlovchi)ga bo‘linadi. Shimiluvchi loklar g‘ovak va tolasimon izolyatsiya materiallari (qog‘oz, yog‘och, gazlama)ga shimilishi natijasida ular hajmidagi havo bo‘shliqlarini siqib chiqaradi. Lok qurigandan so‘ng izolyatsiya materialining mexanik va elektr mustahkamligi keskin ortib, uning gigroskopiklik xususiyati kamayadi; issiqlik o‘tkazuvchanligi yaxshilanib, izolyatsiyaning issiqqa chidamliligi ortadi. Mazkur loklardan elektr mashina va apparati chulg‘amlarini shimdirishda, lokli gazmollar va qatlamli plastiklar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Qoplovchi loklar qattiq izolyatsiya materiallari yuzasiga surtilishi natijasida silliq, yaltiroq, mexanik mustahkam, namga chidamli qoplama olinadi. Qoplama loki izolyatsiya qarshiligini keskin oshirib, yuzani zaryaddan yaxshi muhofaza qiladi. Ushbu lok yuzani kimyoviy erituvchi va boshqa reagentlarga bardoshli qilishi bilan birga unga chang o‘tirishini ham kamaytiradi. Bunday loklar suyuq holatda sim yoki po‘lat varaqlarga yupqa qilib surtiladi. Natijada, metall yuzasida kerakli xossaga ega elektr izolyatsiya qoplamasi hosil bo‘ladi. Yelimlovchi loklar ikki qattiq izolyatsiya materialini o‘zaro yoki izolyatsiya materialini metall bilan biriktirish vazifasini o‘taydi. Bu loklarga materiallarni yaxshilab yеlimlash bilan birga yuqori darajali elektr izolyatsiya xossasini berish vazifasi ham yuklatiladi. Yelimlovchi loklar materiallarni biriktirish bilan birga ularga shimilishi ham shart. Bunday loklar xona haroratida qurish xususiyatiga egadir. Odatda, yuqori harorat va kerakli muhitda quritiladigan loklardan yaxshi va sifatli parda va hamda qoplamalar olinadi. Qatronli loklar sintetik, sun’iy va tabiiy qatron eritmalaridan iboratdir. Ularga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: Bakelit loki bakelitning spirtdagi eritmasi bo‘lib, termoreaktiv turdagi lok hisoblanadi. Bu lok shimiluvchi yoki biriktiruvchilik vazifasini o‘taydi. Bakelit loki quritilganda jism yuzasida qayishqoq bo‘lmagan qattiq parda qatlami hosil bo‘ladi. Bu lok getinaks, tekstolit ishlab chiqarishda, elektr apparatlarining izolyatsiyasida shimiluvchi sifatiga keng qo‘llaniladi. Gliftal loki gliftal qatronining spirtlarning suyuq uglevodorodlar aralashmasidagi eritmasi bo‘lib, termoreaktiv еlimlovchi lok hisoblanadi. Undan mikanit va mikalentalarni biriktirishda foydalaniladi. Sellyuloza loki - sellyuloza efirining eritmasidir. Bu lok quriganda hosil bo‘lgan parda qatlami termoplastikligi bilan ajralib turadi. Nitrolak qurishidan hosil bo‘lgan pardalar yaltiroq, mexanik mustahkam bo‘lib, havo, namlik va moy ta’siriga chidamlidir. Mazkur lok, asosan, sim yuzasidagi qog‘oz-paxta o‘ramini shimdirish uchun qo‘llaniladi. Moyli lok asosini zig‘ir va tung kabi quriydigan moylar tashkil etadi. Quritish jarayonini tezlatish maqsadida ushbu loklarga erituvchi modda qo‘shiladi. Bunday erituvchilarga benzin, kerosin va boshqalar misol bo‘la oladi. Tarkibida bitumi bo‘lmagan moyli lokning ranggi tiniq bo‘lib, u mato va qog‘oz izolyatsiyasini, shuningdek, elektr mashina va apparatlari chulgamlarini shimdirishda keng qo‘llaniladi. Bu lok termoreaktiv bo‘lganligi sababli, transformator chulg‘amini shimdirishda juda qo‘l keladi, hosil qilingan qoplama esa transformator moyida yaxshi ishlaydi. Issiqlik ta’sirida tez qotadigan moyli lok elektr mashina va apparatlarning magnit o‘zaklaridagi po‘lat varaqlarni sirlash uchun ishlatiladi. Bu po‘lat varaqlar bir-biridan izolyatsiya qilinsa, o‘zgaruvchan tokli magnit maydonida sodir bo‘ladigan uyurma tok hisobiga vujudga keladigan dielektrik isroflar birmuncha kamayadi. Qora bitumli lok tarkibiga bitumlar kiradi. Bu lok moyli lokka nisbatan arzon, yuqori elektr izolyatsiya va kam gigroskopik xossali parda hosil qiladi. Qora bitumli lok asosidagi izolyatsiya eskirishga chidamli bo‘lsa ham, lekin erituvchi va moy ta’siriga chidamsizdir. Organik erituvchiga bitum qo‘shib hosil qilingan eritma, sof bitum loki deyiladi. U oddiy sharoitda quritiladi. Sof bitum loki, asosan, turli metall yuzalarini korroziyadan muhofaza qilishda qo‘llaniladi. Moy-bitumli lokning tarkibida bitumdan tashqari, quriydigan moy ham bo‘ladi. Mazkur lokning xossalari sof bitumli loklarga nisbatan qayishqoqligi va chidamliligi bilan farq qiladi. Moy-bitumli loklarning erituvchilari qatoriga benzol, toluol va skipidarni kiritish mumkin. Bu loklar transformator chulg‘amlarini shimdirishda ishlatiladi. Moy-qatronli loklar tarkibida tabiiy va sintetik qatronlar bo‘lib, qayishqoqligi, еlimlash xususiyati, kam gigroskopikligi va issiqqa chidamliligi bilan ajralib turadi. Bu moylar transformator chulg‘amlarini qoplashda ishlatiladi, hosil bo‘lgan qoplama chulg‘amni moy kislota bug‘laridan yaxshi himoya qiladi. Loklar harf va raqamlar bilan belgilanadi. Harflar lokli asosning tarkibini, birinchi raqam lokning qayerda qo‘llanilishini, keyingi raqamlar esa lokning muayyan turini bildiradi. Elektr izolyatsiyasida ishlatiladigan, shimiladigan loklarga fenolli (FL-98), poliuretanli (UR9144), kremniy-organikli (KO-964) va moy-gliftalli (GF-95) loklarni misol tariqasida keltirish mumkin. Ko‘pgina loklarni tayyorlash jarayoni murakkab bo‘ladi. Bunda, avvalo, lokli asos tayyorlab olinib, so‘ngra u erituvchida eritiladi va mazkur eritmadan turli qo‘shimchalar chiqarib yuboriladi.
Xulosa qilib aytganda elektr sohasida dielektrikmaterialar asosiy ahamyatga ega ekanligini kurishimiz mumkun ,u siz elektr energiya chiklovini amalga oshira olmasdik . Misol uchun biz doimiy ishlatiladigan elektr asbob uskunalar izalyatsiyalangan materialdan tayorlangan, bu inson hoyotiga qanchalik himoya qilishini yaxshi bilamiz. Bu soxada dielektrik materialarni ikki qisimga bo’lib urganamiz ya’ni 1000 v gacha yoki 1000 v yuqori toklar uchun a bu ham asosiy va qushim ximoya vositalariga bo’linadi. Dielikrik materialarsiz elektr tokida ishlash tasvur qilishish qiyin deb o’ylayman.
Foydalanilgan adabyotlar
Nicholas P. Cheremisinoff Yelectrotechnology. industrial and environmental applications. UK, 2015 ear. Noyes Publications in Park River, N.J. 178 r.
A.X. Sulliev, I.M. Bedriskiy, O.T. Boltaev “Elektrotexnika materiallari” darslik Toshkent 2017 y.
A.D.Raxmatov, N.T.Toshpo‘latov «Elektrtexnika materiallari va elektr uskunalari montaji» fanidan o‘quv qo‘llanma. Toshkent. TIMI 2012 y.
Ismoilov M., Bayzakov T.M., Isokov A.J. Elektr ѐritish va nurlatish fanidan darslik.T.: TIMI, 2008, 185 b.
A.Radjabov, M.Ibragimov, A.Berdishev. Yenergiya tejamkorlik asoslari. O‘quv qo‘llanma. - T.: TIMI, 2008.
S. Majidov-Elektr mashinalari va elektr yuritma. Toshkent. O‘qituvchi. 2002 y.
B.Yu.Lipkin Sanoat korxonalari va qurilmalarining elektr jihozlari.Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyoti, 1977 y. 59-69 b.
A. Radjabov, I.J. Toshev. Qishloq xo‘jaligi elektr ta’minoti. - T., “Iqtisod-Moliya”, 2010 yil, 178 b.
Raxmatov A.D., Isaqov A.J., Bayzakov T.M., Yunusov R.F “Elektr uskunalar ekspluatatsiyasi va ta’mirlash” darslik Toshkent 2009 y.
A.Berdishev, O‘.Xaliqnazarov. O.Matchanov “Ishchik kasbni egallash” fanidan o‘quv qo‘llanma TIQXMMI 2019 y. 24-28 b.
O‘.Xaliqnazarov, O.Matchanov “Ishchi kasbni egallash” fanidan o‘quv uslubiy ko‘rsatma TIQXMMI 2018 y. 15-18 b.
|
| |