|
5-sinf texnologiya darsligi asosida 14-mavzu: Metallga ishlov berish texnologiyasi
|
Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 1,29 Mb. | | #274498 |
- 5-sinf texnologiya darsligi asosida 14-mavzu:
- Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi
- Siz yog‘ochni qayta ishlash duradgorlik o‘quv ustaxonasida amalga oshirilishini bilasiz.
- Xuddi shuningdek, metall materiallar bilan ishlash uchun ham metallga ishlov berish ustaxonasi mavjud (50-rasm).
- Chilangarlikda bajariladigan ish turlarini erkin bajarish imkonini beradigan, kerakli asbob-uskuna va moslamalar hamda kerakli metall materiallar bilan ta’minlangan ustaxonaning bir qismi chilangarlik ish o‘rni deb ataladi.
- Ustaxonada ish o‘rnining asosini chilangarlik dastgohi tashkil etadi.
- Metallni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dastgoh chilangarlik dastgohi deb ataladi (51-rasm, a).
- 51-rasm, a. Chilangarlik dastgohining tuzilishi: 1 – metall karkas; 2 – ish о‘rni; 3, 4, 5, 7 – asboblar tokchasi; 6-asboblar qutisi; 8 – chilangarlik tiskisi.
- Hozirda metallni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy chilangarlik dastgohlaridan ham foydalaniladi (51-rasm, b).
- 51-rasm, b. Zamonaviy chilangarlik dastgohining ko‘rinishi.
- Chilangarlik tiskisi detallarni yig‘ish yoki kerakli ishlov berishda ularni mahkam qisish va ushlab turishga mo‘l - jallangan.
- Tiskining dastasi aylantirilganda yurish vinti buralib gaykaga kiradi yoki undan chiqadi va qo‘zg‘aluvchi jag‘ni tegishli yo‘nalishda suradi (52-rasm).
- 52-rasm. Chilangarlik tiskisi tuzilishi: a) 1 – dasta; 2 – yurish vinti; 3 – harakatlanuvchi jag‘; 4 – olinadigan lablar; 5 – harakatsiz jag‘; 6 – mahkamlash dastasi; 7 – aylanadigan qismi; 8 – asos; b) 1 – yurish vinti; 2 – gayka
- Chilangarlik tiskisini bo‘yga mos holda o‘rnatish.
- Egov yoki dastarra bilan ishlashda bilak va yelka orasidagi burchak 900 bo‘lishi kerak (53-rasm, a).
- 2. Parallel tiskida tirsakdan bukilgan chap qo‘lning to‘g‘rilangan barmoqlari iyakka tegib turadigan qilib tiski jag‘lariga qo‘yiladi (53-rasm, b).
- Stulbop tiskisida tirsakdan bukilgan, tiskining jag‘iga qo‘yilgan chap qo‘l musht qilib qisilganda iyakka tegadi (53-rasm, d). Siz metallga ishlov berish ustaxonasida shunday ishlashga o‘rganishingiz kerakki, u qulay va tartibli bo‘lsin.
- 4-amaliy mashg‘ulot. Chilangarlik dastgohi va tiskisi tuzilishini o‘rganish.
- Ishni bajarish tartibi: 1. Metallga ishlov berish ustaxonasi tuzilishi va ustaxonada mavjud bo‘lgan chilangarlik dastgohi bilan tanishib chiqing. 2. Chilangarlik dastgohi qismlarini tushuntirib bering. 3. Chilangarlik tiskisini ko‘rib chiqing. Uning tuzilishiga ko‘ra qismlari qanday ish bajarishini tushuntiring. 4. Chilangarlik tiskisi balandligi bo‘yingiz balandligiga mos kelishini aniqlang. 5. Chilangarlik tiskisi dastasini soat mili yo‘nalishi bo‘yicha aylantirib, zagotovkani tiski lablari orasiga mahkamlash va bo‘shatib olishni mashq qiling. 6. Ish o‘rnini yig‘ishtiring. Zagotovka va asboblarni navbatchiga topshiring.
- Unutmang! Bolg‘acha bilan tiski vintining dastasiga urish taqiqlanadi. Bu holda vint rezbasi uzilib ketib, tiski ishdan chiqishi yoki o‘zingizga zarar yetishi mumkin.
|
| |