• YOG‘OCH MATERIALLAR TAYYORLASH
  • YOG‘OCHLARNING MEXANIK XOSSALARI




    Download 383,47 Kb.
    bet3/6
    Sana20.05.2024
    Hajmi383,47 Kb.
    #245757
    1   2   3   4   5   6
    YOG‘OCHLARNING MEXANIK XOSSALARI
    Yog‘och materiallarning turli tashqi kuchlarining ta’siriga qarshilik ko‘rsata olish yoki buzilmaslik (o‘zgarmaslik) qobiliyati ularning mexanik xossalari deb ataladi.
    Qurilishda turli inshootlarda, injenerlik konstruksiyalarida yog‘ochlar turli kattalikdagi statik va dinamik xarakterdagi siquvchi, cho‘zuvchi, eguvchi, kesuvchi, yoki yoruvchi kuchlar ta’sirida bulishi mumkin. Bun­day kuchlar turli faktorlarning ta’siri (yuklar, kishilar, mashina va mexanizmlar, qor va shamolnnng ta’siri) tufayli vujudga keladi. Yog‘och materiallarining tashqi kuch ta’sirida shakl va o‘lchamlarini o‘zgartirishi uning deformatsiyalanishi deb ataladi. Bunday deformatsiyalar elastik va plastik ko‘rinishda bulishi mumkin. Yog‘ochlarning mexanik xossalariga yana ularning puxtaligi (bikrligi), qattiqligi, elastikligi, qovushqoq.ligi, mo‘rtligi yoriluvchanligi va mixlanuvchanligi kiradi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, yog‘ochlarning yuqoridagi xususiyatlaridan tashqari, texnologik xossalari ham mavjud bo‘lib, bunda sifat jihatidangina xulosa chiqariladi, ya’ni bunday sinash yuli bilan yogochlarning qattiqligini aniqlashda arralash, randalash, uyish-teshish, mixlash usullaridan foydalaniladi.
    YOG‘OCH MATERIALLAR TAYYORLASH
    Yog‘och materiallarga quyiladigan talablar tegishli GOST bilan belgilanadi. GOSTda yog‘och materiallarning o‘lchamlariga, ruxsat etiladigan nuqsonlarga, ishlov berish sifatiga, o‘lchash usuliga, sortlarga ajratish, markalash va hisoblashga nisbatan quyiladigan talablar kursatiladi.
    Xalq xo‘jaligining turli sohalarida asosiy yog‘och materiallari-turli xodalar, taxta materiallari, bruslar, fanerlar (randalangan, tilingan, yunilgan, yelimlangan fanerlar va hokazolar), duradgorlik plitalari, yog‘och payraxali plitalar keng ishlatiladi. Bunday yog‘och materiallarining ba’zilari sanoat miqyosida qanday ishlab chiqarilishi va ishlatilishi hamda ba’zi xususiyatlari bilan qisqacha tanishtirishni maqsadga muvofiq deb topdik.
    Xoda—shox-shabbalari kesilgan, po‘stlogi tozalangan daraxt tanasining bir qismidir. Xodalar 3 gruppaga bulinadi, ya’ni ingichka xodalar (kichik diametrli)—diametri 8—13 sm gacha; o‘rtacha xodalar (urta diametrli)—diametri 14—24 sm gacha; yo‘g‘on xodalar (katta diametrli)—diametri 25 sm va undan yo‘g‘onroq buladi.
    Xodalarning asosiy uzunligi 6,5 m bulib, qurilishlarda ishlatiladigan xodalar ko‘pincha 4—7 m uzunlikda tayyorlanadi.

    Taxta materiallar. Yo‘g‘on xodalar piloramalar, lenta arrali, disk arrali stanoklar yordamida tilinib, ulardan har xil taxta materiallar hosil qilinadi. Bunday taxtalarning qalinligi: 7, 10, 13, 16, 19, 22, 25, 32, 40, 45, 50, 60, 70, 75, 100 mm va eni 80 dan 250 mm gacha (10 mm dan oralatib) tayyorlanadi. Sanoat miqyosida tayyorlanadigan taxta materiallarining qalinligi odatda, uch son bilan yoziladi. Masalan: 6,5x18X40 bulib, bundagi 6,5—taxtaning uzunligi metrda, 18—eni sm hisobida, 40— qalinligi mm hisobida ifoda etiladi.
    Faner—g‘o‘lalarni tilish, randalash, yo‘nish yo‘li bilan olinadigan yupqa yog‘och-taxta material. Tayyorlash usuliga qarab tilingan, randalangan, yo‘nilgan, yelimlangan fanerlar bo‘ladi. Tilib, randalab olinadigan fanerlar eman, shumtol, yong‘oq, qayrag‘och, zarang, nok va boshqa qimmatbaxo yog‘ochlardan tayyorlanadi. Fanerlar har xil duradgorlik ishlarida, mebelsozlikda qoplama material sifatida ishlatiladi.
    Randalangan fanerlar—faner randalovchi maxsus stanoklarda yog‘ochlarni randalash yo‘li bilan hosil qilinadi. Bunday fanerlarning qalinligi 0,8—1,5 mm, eni 80 mm va undan ortiq uzunligi 100 mm va undan ortiq bo‘ladi.
    Tilingan fanerlar—burang yoki yashma bug‘lash natijasida mo‘rt bo‘lib qoladigan ba’zi yog‘och gulalarini tilish yuli bilan hosil qilinadi. Yo‘g‘on g‘o‘lalarni radial yunalish buyicha tilish yuli bilan olinadigan fanerlar boshqa yo‘nalish buyicha tilib olingan fanerlarga qaraganda yuqori baholanadi. Chunki ra­dial yo‘nalish buyicha tilingan fanerlarda o‘zak nurlari juda chiroyli tekstura hosil qiladi. Bu holda, fanerlar kimmatbaho mebellar tayyorlash va qoplash maqsadida ishlatiladi. Tilingan fanerlarning qalinligi 0,8—2 mm gacha buladi. Fanerning namlik darajasi 10 % bulishiga ruxsat etiladi.
    Yunilgan fanerlar (shpon) lar esa yunuvchi stanoklarda tayyorlanadi. Yunilgan fanerning qalinligi 0,3 : 3,5 mm gacha, eni esa g‘o‘laniig tegishli uzunligiga teng buladi.
    Butun g‘o‘lani yo‘nish vaqtida spiralsimon shpon chiqariladi. Shu yul (usul) bilan zarang, Kareliya qayinidan «qush ko‘zi» deb ataluvchi chiroyli gulli shpon olinadi.
    Yelimlangan fanerlar yunilgan shponlarni bir-biriga yelimlash yuli bilan tayyorlanadi. Bundan faner 3—15 tagacha bulgan toq sondagi shpon varaqalaridan tayyorlanadi.
    Yelimlangan fanerlar besh xil o‘lchamdan tayyorlana­di: 1830X1220; 1525X1525; 1525X1220; 1525X750 va 1220X725 mm; ularning qalinligi 1,5; 2; 2,5; 3; 4; 5; 6; 9; 10; 12 mm gacha buladi.
    Fanerlar kazeinli, albuminli yelimlar bilan va sintetik smolalar bilai yelimlanadi.
    Yelimlangan fanerlar taxta materiallarga qara­ganda bir qator afzalliklarga ega:
    Hamma yo‘nalishi buyicha puxtaligi bir xil.
    2.Taxta materialga nisbatan kam tob tashlaydi. Ruy bergan tob tashlash yelimlash yuli bilan oson bartaraf etiladi.
    3. Kam yoriladi. Yoriklarning bir tomondan ikkinchi tomonga utishi mutlako ruy bermaydi.
    4. Faner taxtalarining ulchami katta bulganligi uchun taxta materiallarpi yigib, yirma tayyorlash ishidan xoli qiladi, ishni qisqartirishga, soddalashtirishga yordam beradi.
    5. Oson egiladi (xususan, buklangandan sung).
    6. Teshish uchun qulay va xokazo.
    DURADGORLIK PLITALARI
    Bir-biriga yelimlab yopishtirilgan yoki yopishtirilmagan reykalardan yigilgan va ikki tomoniga bir yoki ikki qavat shpon yopishtirilgan yog‘och shpon duradgorlik plitasi deb ataladi. Duradgorlik piitalari chiroyli gulli, randalangan fanerlar bilan ham qoplanadi. Bular bir tomonlama yoki ikki tomonlama qoplanadi.
    Duradgorlik plitalarining qalinligi 16 dan 50 mm gacha, eni 1220 dan 1525 mm gacha, uzunligi 1800 dan 2500 mm gacha qilib tayyorlanadi.
    Plitalardan shchitli mebellar, eshik, tusiq, polkalar, divan va boshqalar tayyorlanadi.
    YOG‘OCH PAYRAXALI PLITALAR
    Yog‘ochni qayta ishlash korxonalarida xoda va g‘o‘lalarni tilish, randalash vaqtida, faner va shchit tayyorlashda ko‘plab qipiq, payraxa, taxta, reyka va fanerlarning chikindilari hosil buladi. Ulardan plitalar tayyorlashda foydalanish mumkin. Plita tayyorlash texnologiyasi kuyidagichadir.
    Yog‘och ishlash stanoklarida hosil bulgan payraxa, qipiq va yog‘och chikindilar-plita tayyorlash sexiga yuboriladi. Bu yerda katta o‘lchamdagi yog‘och chiqindilar maydalanadi va vibratsion elaklarda elanib, changdan tozalanadi. Tozalangan tarasha maydalanib, payraxalar bilan birgalikda quritgichga yuboriladi. Bu yerda payraxa namligi 4—6% ga tushguncha quritilib, aralashtirgichga yuboriladi va sintetik smola bilan aralashtiriladi. Sintetik smolaning mikdori quruq pay­raxa ogirligining 6—8% ini tashkil etadi.
    Natijada, hosil qilingan aralashma tayyorlanadigan buyum va mebel qismlarining shakl hamda o‘lchamlariga ega bulgan maxsus qoliplarga to‘kib yoyiladi va tekislanadi. Yoyilgan payraxaning qalinligi tayyorlanadigan buyum qalinligi va zichligiga qarab har xil buladi. Qolip sovuq pressga utkazilib, unda payraxani 40—45 mm qalinlikkacha presslanadi. So‘ngra issik, pressga o‘tkaziladi. Issiq pressda presslash Q140° gacha temperaturada olib boriladi. Tegishli korxonalarda yog‘och payraxali plitalar tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik protsess yarim avtomat va avto­mat liniyalar yordamida olib boriladi.
    Yog‘och payraxali plitalar qalinligi 5—100 mm ga­cha, eni 1200—2400 mm gacha, uzunligi 5400 mm gacha qilib tayyorlanadi.
    Shuni aytib utish kerakki, bunday plitalarning hohlagan uzunlikdagisini uzluksiz presslash orqali hosil qilish mumkin.
    Bunday plitalarning puxtaligi va tuzilishi hamma yunalishda bir xildir.
    Ularga randalangan faner, pardoz shponi qoplash yo‘li bilan sifatini oshirish va turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Ular mix, burama mix yordamida tirnok,li birikmalar xosil qilish yuli bilan oson biriktiriladi.
    Yog‘och payraxali plitalar mebel korxonalarida ishlatiladigan barcha yog‘ochning 85% gacha qismini tash­kil etadi. Plitalar pol tayyorlash, devor va shiplarni qoplash, eshik qanotlari tayyorlashda ishlatiladi.
    YOG‘OCHLARDA UCHRAYDIGAN NUKSONLAR
    Tegishli sanoat korxonalarida hosil qilinadigai yoki tayyorlanadigan yog‘och materiallar hamma vaqt ham yuqori sifatli bulavermaydi.
    Yog‘och materiallarning sorti (navi), sifati, texnik xossalarini pasaytiruvchi, ishlatish sohalarini cheklovchi, xizmat muddatini qisqartiruvchi, ishga yaroqsiz holga keltiruvchi tabiiy holda mavjud bulgan yoki keyinchalik hosil bulgan bu xil kamchiliklar yoki ko‘rinishlar yog‘ochlarning nuqsonlari deyiladi.
    Yog‘ochlarda uchraydigan ko‘pchilik nuqsonlar, asosan, usish davrida hosil bulib, ba’zan esa material tayyorlash, tashish, saqlash, undan foydalanish vaqtida ham sodir buladi.
    Yog‘och materiallarda tabiiy mavjud bulgan va keyinchalik sodir buladigan nuqsonlar — butoqlar, yog‘och rangining buzilishi, chirish, turli yoriqlar, hasharotlar bilan shikastlanish shular jumlasidandir.



    Download 383,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 383,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YOG‘OCHLARNING MEXANIK XOSSALARI

    Download 383,47 Kb.