|
Mehnat darslarida yog'ochning asosiy xususiyatlari
|
bet | 2/6 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 383,47 Kb. | | #245757 |
Mehnat darslarida yog'ochning asosiy xususiyatlari
Yog‘ochning pishiqligi. qattiq.ligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi singari, turli yunalishda turlichadir. Nam ta’sirida yogochning mexanik xossalari keskin uzgaradi. Yog‘och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning kemirishiga qarshilik kursata olmaydi, bu esa uning snfatini pasaytirishga olib keladi.
Hozirgi vaqtda yog‘ochni qayta ishlash sanoati korxonalarida mexanik xususiyatlari yanada yuqori bo‘lgan yangi tur yog‘och materiallar ishlab chiqarilmoqda va xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ishlatilmoqda. Yog‘och ishlash korxonalarida chiqadigan chiqindilar — qipiq va payrahalarni presslash yuli bilan tayyorlanayotgan yog‘och materiallar tabiiy yog‘ochlarda uchraydigan har qanday nuqsonlardan, kamchiliklardan xoli, puxtalik jihatidan ustun bo‘lib, ayrim hollarda metall o‘rnini ham bosmokda (presslangan yog‘och materiallardan hatto podshipniklar va mashina detallari tayyorlanadi). Sanoatda ishlab chiqarilayotgan ayrim presslangan yog‘och materiallar qurilishlarda, mebel ishlab chiqarish korxonalarida ham keng ishlatilmoqda.
Yog‘och materiallardan turli buyumlar ishlab chiqarish uchun eng avvalo, tegishli materialdan turli va tejamkorlik bilan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatiga e’tibor berish, ishlatiladigan yog‘och materialning turini, tuzilishini, xususiyatini, unga ishlov berish texnologiyasini bilish juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun har qanday yog‘och materiallar texnikada asosiy qirqim (ko‘ndalang, radial va tangen-tal) buyicha tekshirilib, ma’lum sohada ishlatish uchun tavsiya qilinadi (rasm).
DARAXTNING TUZILISHI
Tabiatda o‘sib turgan har qanday daraxtni shartli holatda uch qismdan iborat deyish mumkin. Bular: tomirlar, tana va shox-shabbalardan iborat.
Daraxtning tomirlari murakkab, har tomonga tarmoqlagan ko‘p funksiyali sistemadir. Tomirlar sistemasiga kiruvchi mayda tomirchalar esa tuprokdan turli mineral tuzlarni, uglekislotalarni suv orqali tortib, yirik tomirlar, so‘ngra daraxtning tanasi orqali shox-shabbalariga uzatadi. Yirik tomirlar daraxtni vertikal holatda ushlaydi va uiing hayoti uchun turli ozuqalarni to‘plab saklaydi.
Daraxtning tanasi asosiy qism bo‘lib, uni shartli ravishda ingichka (yuqori) qism va yo‘g‘on (pastki) qismga bo‘lish mumkin.
Daraxtning shox-shabbasi, asosan, tananing yuqori qismidagi ingichka tana qismi bo‘lib, unga shox-shabbalar, barglar va boshqalar kiradi. Shox-shabbalar daraxt hayoti uchun juda katta rol o‘ynaydi. Daraxt barglari esa quyosh energiyasi ta’sirida ozuqabop moddalarni xosil qiladi, bu daraxtning o‘sishi uchun zarurdir, ya’ni fotosintez jarayonini amalga oshiradi.
Tananing bosh qirqimlari. Har qanday daraxtda tananing qirqimi asosiy qirqimlardan biri hisoblanadi, chunki bu qirqim uning kapillyarligini, g‘ovaklik, tuzilish tabiatini aks ettirgani uchun bosh qirqim deyiladi. Daraxt uchta bosh qirqimdan iborat bo‘lib, uni o‘zaro farq qilish kerak. Kundalang qirqim daraxt tanasining o‘qiga perpendikulyar tekislik bilan kesish orqali, radial qirqim tananing uzunligi va markazi (o‘qi) buylab o‘tkazilgan tekislik bilan kesish orqali, tangental qirqimi esa tananing uzunligi va markazidan (o‘qidan) o‘tmagan tekislik bilan kesish orqali hosil qilinadi.
Shuni aytib utish kerakki, yuqorida qayd qilingan daraxt qismlari ham, o‘z navbatida, bir necha qismlarga bo‘linadi.
Tananing asosiy kismlari. Har qanday daraxtning kundalang va radial qismlarida uning asosiy anatomik strukturalarini, ya’ni o‘zagi, mag‘izi, markaziy qismi, pustlor osti, pustlorini va xokazolarni kuzatish mumkin.
O‘zak. Taxminan tananing markaziga joylashgan bo‘lib, ko‘pgina daraxtlarda u qoramtir rangda namoyon buladi, formasi esa aylanasimon bo‘lib, diametri taxminan 2—5 mm (ba’zi daraxt turida 10 mm ga-cha) bo‘ladi. Uzak nozik, tez chiriydigan buladi. Chirish o‘zakdan boshlansa, po‘stloqqacha tarqalib daraxtni yo‘q kilishgacha olib keladi. Uzak rovak xujayralardan iborat bulib, u butun tana buylab utadi. Uzakdan pustloqqa qarab uzak nurlari utadi (16- rasm).
Uzak nurlari hamma daraxt turlarida mavjud bulib, shakli va joylanishlariga kura, bir-biridan farq qiladi. Uzak nurlarinn tananing xar handay qirqimi buyicha ko‘rish mumkin. Birlamchi deb ataluvchi uzak nurlari uzakdan boshlanib, pustloqqa qadar davom etadi, ikkilamchi deb ataluvchi o‘zak nurlari uzakdan turlicha masofada boshlanib, pustloqqa qadar yetib boradi. Uzak nurlarining eni 0,005—1 mm atrofida buladi.
Uzak nurlari tananing turli qirqimida xar xil kurinishga ega buladi. Radial qirqimda uzakdan pustlokda tomon yunalgan ensiz chiziqlar kurinishida, tangental qirqim buyicha uzuq-uzuq chiziqlar ko‘rinishida, kundalang qirqimda radius buyicha yunalgan chiziqlar kurinishida namoyon buladi.
Markaziy qism. Tananing asosiy massasini tashkil qiladi. Bu qismning rangi orqali daraxtning turlarini, mag‘izliligini va mag‘ihzsizligini ajratish mumkin, chunki-mag‘izli daraxt turlarida markaziy qismi (mag‘izi) koramtir rangda, mag‘izning periferiyasi buyicha chegaralangan qatlami ochiq rangda bulib, pustloq osti (zobolon) deb aytiladi.
Agar mag‘izning rangi pustloq osti qatlamining rangidan farq qilmasa, daraxt yetilgan xisoblanadi.
Pustloq. Tashqi, ichki qatlamdan iborat bulib, tana xajmining 6—25% cha qismini (miqdorini) tashkil etadi. Pustloqning tashqi qismi puk qatlam deb ataladigan qattiq qatlamdan iborat. U yog‘ochni turli tashqi ta’sirlardan, issiq-sovuqdan, mexanik ta’sirlardan, turli zararkunanda hasharotlardan saqlaydi.
Daraxt pustlog‘ining ichki qismi lub qatlami deyiladi. Lub qatlam kuzga kurinmaydigan mayda tolalar (kapillyarlar) dan iborat.
Pustloq qalinligi daraxt tanasining turli qismlarida turlicha buladi. U tananing uchki qismida yupqa bulib, pastga tushgan sayin qalinlashib boradi. Bundan tashqari, daraxtlarning pustlogi turli daraxtlar uchun tashqi kurinishi, rangi turlicha bulib, uzaro farq qiladi. Masalan, daraxtlarning pustlogi oq tusdan (oq qayin) to‘q jigar ranggacha (archa) o‘zgarib boradi.
Yosh daraxtlarning po‘stlog‘i sillik, va yumshoq bo‘lib, tana yo‘g‘onlasha borgan sari, po‘stloq yorilib, dag‘allashib, qattiqlashib boradi.
Daraxt po‘stlog‘i hozirgi vaqtda xalk xo‘jaligining turli sohalarida ishlatilmoqda. Qrim, Kavkaz, Uzoq Sharq va Saxalin zonalarida o‘sadigan probkali eman daraxtining po‘stlog‘i qalin bo‘lib, ulardan probkalar, issiklik-izolyatsion materiallar (plita-lar) va shu kabilar tayyorlanadi.
Kambiy. Bu lub bilan yogoch orasida joylashgan shirali katlam bulib, u tirik xujayralardan iboratdir. Kambiyni oddiy kuz bilan ko‘rish juda qiyin, uni kurish uchun kuzni qisman «qurollantirish» kerak bo‘ladi. Uni baxorda tanadan pustlok, shilib olingan paytida ko‘rish mumkin. Bu vaktda kambiy xujayralarining buzilishi natijasida shirali, shillik, parda — suyuqlik oqib chiqadi.
Kambiy lub orqali shoxdan keluvchi ozuqa bilan oziqlanadi.
Kambiy o‘sayotgan daraxt uchun hayotiy manba hisoblanadi. Kambiy xujayralarining bo‘linishi daraxtning butun yashash davrida ro‘y berib turadi. Faqat qishda kambiyning rivojlanishi to‘xtab, baxorda yana boshlanadi. Baxorda kambiyning rivojlanishi shoxlardan, tananing uchki qismidan boshlanib, u asta-sekin tana va ildizga o‘ta boradi. Agar daraxt tanasining po‘stlogi halqa shaklida qirqib olinsa, daraxt o‘sishdan to‘xtab, quriy boshlaydi.
Yog‘ochlik. Daraxtdagi tapaning yog‘ochlik qismi (po‘stloq) ost, mag‘iz va o‘zakdan iborat. Kambiy hujayralarining rivojlanishi (kuzda susayib, yozda tezlashadi) natijasida, yillik halqalar hosil bo‘ladi. Chunki kambiy hujayralarining rivojlanishi va bo‘linishidan hosil bo‘lgan yangi hujayralarning tananing yog‘ochlik qismiga o‘tadigan miqdori ko‘p bo‘lib, ular yirik va yupqa po‘stloqli bo‘ladi. Natijada, yog‘ochlikning bahor faslida hosil bo‘lgan qismidagi rovak to‘qimaning zichligi kam va yumshoq bo‘ladi. Yog‘ochda, xususan, kuzda kambiyning aktivligi susayadi, hujayralar maydalanib, qalin po‘stloqli bo‘la boradi va zichligi ortadi. Oqibatda, yoz faslida hosil bo‘lgan yog‘ochning qattiqligi yuqori bo‘ladi. Yog‘ochlikka o‘tgan kambiy xujayralarning zichligi kam bo‘lgan qismi oqishroq tusga ega bo‘lib, zichligi ortiq bo‘lgan qismining rangi qoramtir bo‘ladi. Bu hol daraxtning o‘sish davrida har yili takrorlanib, o‘z navbatida, yillik halqalarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun daraxt yoshini aniqlash maqsadida kesilgan g‘o‘lalarning ko‘ndalang qirqimidagi yillik halqalar hisoblanadi. Yillik halqalarning ortishi natijasida tana yo‘g‘onlasha boradi. Ba’zi bir daraxt yog‘ochligida yillik halqalar enlik bo‘lib anik, ko‘rinadi, ayrimlarida esa ensiz, bilinar-bilinmas buladi. Bu daraxtning yoshiga, turiga, usish sharoitiga va tananing qayerdan arralanganliliga bog‘liq. Yillik halqalarning eni va rangi yogochning sifati va xususiyatiga ta’sir etadi. Bargli daraxtlarning yillik halqalari qancha enlik bo‘lsa, zichligi ortiq bo‘lib, u shuncha qattiq puxta bo‘ladi. Yillik halqalar yog‘ochning uchki qismida kam bo‘lib, pastki (yugon) tomonida kup buladi.
Yog‘ochning kundalang qirqimi buyicha qaraganda, halqalar aylana shaklda, radial qirqimi buyicha, to‘g‘ri chiziqlar ko‘rinishida va tangental qirqimi buyicha qaraganda, uchi shox tomonga qaragan burchaklar shaklida namoyon buladi. Daraxtning yoshiga qarab, halqalarning zichligi va qattiqligi orta boradi. Pustloqda yaqin joylashgan yillik halqalarning zichligi kam, g‘ovak bulib, u orqali ildizdan olingan ozuqa moddalar pastdan yuqoriga qarab ko‘tariladi.
Yog‘och turlari. Yog‘ochning qarag‘ay, archa, tilog‘och, oq qarag‘ay, kedr, zirk, arg‘uvon, oq qayin, qora qayin, tog‘ teragi, terak, yong‘oq chinor, nok, zarang, eman, shumtol, qayrag‘och kabi bir necha turlari xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladi. (Bunday daraxt turlarining ba’zi xossalari, xususiyatlarini bilish uchun J. Ramizov va S. Mahkamovlar avtorligida yozilgan «O‘quv ustaxonalarida o‘tkaziladigan praktikum», «O‘qituvchi», T., 1978 kitobining 4- bobiga qaralsin.)
Yog‘ochlarning ishlatilishi ularning fizik va mexanik xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi. Texnika yuksak taraqqiy etgan hozirgi davrda sanoatda yog‘och materiallardan foydalanish doirasi yanada kengayib bormoqda. Yog‘ochlarning xususiyatlari. Xalq xo‘jaligida turli konstruksion materiallar sifatida yog‘ochlar ma’lum fizik, mexanik xususiyatlari bilan harakterlanadi.
Yog‘ochning fizik xossalari. Tegishli materialning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning ximiyaviy tarkibini o‘zgartirmaydigan xossalari, ya’ni uning rangi, tovlanishi, tob tashlashi, egilishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, nam tortishi, quruvchanligi, zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik va tovush o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi yog‘ochning fizik xossalari deb ataladi.
Ana shu fizik xossalardan ba’zilari bilan qisqacha tanishamiz.
Yog‘ochning rangi yoroch materiallarning turlarini va ularning sifatlarini aniklashga imkon beradigan muhim xossalaridan biridir, Yog‘ochning rangi, avvalo, uning turiga va o‘sish sharoitiga bog‘liq. Ko‘pchilik yog‘ochlar (qayin, tol, arg‘uvon, terak, archa) oqish rangli bo‘lib, nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol — jigar rang, qora qayin, akatsiya — oq qizg‘ish yong‘oq, qayrog‘och-qoramtir bo‘ladi.
Ko‘pchilik daraxtlar kesilgandan ssng ularning yog‘ochligi qoramtir bo‘lib qoladi. Bu narsa havo tarkibidagi kislorodning ta’siri natijasidir.
Yog‘ochning tovlanishi (yaltirokligi). Yog‘och nurlarning yunalishi va zichligiga bogliq holda tovlanadi. Yog‘ochning tovlanishini sun’iy ravishda orgtirish uchun loklash, politurlash va mumlash mumkin.
Yog‘ochning teksturasi (tabiiy guli). Randalash, yo‘nish protsessida yog‘och tolalari, o‘zak nurlari va yillik halqalarni kesish natijasida yog‘ochniig teksturasi namoyon buladi. Shuni qayd qilish kerakki, yog‘och materiallarning zichligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning teksturasi (tabiiy guli) ko‘pincha bir xil ko‘rinishda bo‘ladi. Lekin turli bargli daraxtlarning tuzilishi bir-biridan farq qilganligi sababli ularning teksturasi ham har xil ko‘rinishda buladi. Yog‘ochning teksturasi yillik halqalarining eniga, ertangi va kechki yogochlik qismining ranglaridagi farqiga, tolalarning yirik, mayinligi va yunalishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Yog‘ochni kesish yo‘nalishi teksturaning o‘zgarishida katta rol uynaydi. Masalan, radial va tangental yo‘nalish buyicha tilingan taxtalarni randalash natijasida hosil bo‘ladigan tekstura turlicha ko‘rinishda buladi, radial yo‘nalish bo‘yicha, tekstura parallel to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘lsa, tangental yo‘nalish buyicha esa burchak yoki konus shaklidagi teksturalar mavjud bo‘ladi. O‘zak nurlari va yillik halqalari aniq ko‘rinmaydigan yog‘ochlarning teksturalari uncha aniq va chiroyli ko‘rinmaydi.
O‘zak nurlari va yillik halqalari aniq bilinadigan yog‘ochlarning tabiiy gullari juda chiroyli buladi. Teksturalari chiroyli bulgan yog‘ochlardan mebel korxonalarida pardoz materiali sifatida, qoplovchi material—shpon tayyorlashda keng foydalaniladi. Yong‘oq, nok, chinor, shumtol, eman kabi yogochlar radial va tangental yunalishda tilinganda chiroyli kurinish (gul) lar xosil buladi.
Yog‘ochlarda sun’iy gullar ham hosil qilinadi. Buning uchun tolalarning yo‘nalishiga parallel qilib yoki ma’lum burchak ostida buyoqlar surtiladi.
Yog‘ochning hidi. Yog‘ochlar tarkibidagi smolalar, efir moylari, oshlash kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog‘liq xolda har xil hidli bo‘ladi.
Yog‘ochning o‘zak qismi utkir hidli bulib, unda yuqoridagi moddalar kup buladi. Yangi kesilgan, shuningdek igna bargli daraxtlar yanada utkir xidli buladi. Yog‘och qurigan sayin hidsizlanib boradi, ba’zan hidi o‘zgarib boradi. Yog‘och hidining bunday o‘zgarib borishi uning tarkibidagi turli moddalar mikdorlarining o‘zgarishi orqali sodir buladi). Hidning o‘zgarishi yog‘ochning buzilishiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Yog‘ochning namligi. Yog‘ochlarning namligi deb solishtirma namlik miqdorining absolyut quruq yog‘och namuna massasiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Absolyut quruq yog‘och esa laboratoriya sharoitida olingan namunani quritish shkaflarida (pechlarida) quritish orqali hosil qilinadi.
Korxona sharoitida yog‘ochlarning namligi, asosan tortish va elektr metodi bilan aniqlanadi. Tortish metodi buyicha namlik quyidagi formula bilan topiladi:
W q [{t~to)G‘to] • 100 [%]
Bunda —namunaning quritishdan oldingi massasi; — shu namunaning absolyut xolatigacha quritilgandan keyingi massasi.
Tortish metodi buyicha absolyut namlikni aniqlash uchun tegishli yog‘och materiallardan 20X20X30 mm li prizmatik namunalar tayyorlanib tekshirish maqsadga muvofiqdir. Tayyorlangan bunday namuna notekisliklardap va yog‘och qipiqlaridan tozalanadi, keyin esa 0,01 g aniqlikda tortib, temperaturasi bulgap quritish shkafida quritiladi. Quritish protsessi 12... 24 soatgacha davom etishi mumkin (yog‘och turiga bog‘liq holda) yoki juda tez xolda (bu uncha aniq metod emas) yog‘ochlarning elektr o‘tkazuvchanligiga asoslangan elektrovlagomer yordamida ulchash orqali ularning namligini aniqlash mumkin. Yog‘ochlarning namligiga qarab: ho‘l, chala quruq, ochikda qurigan, uyda qurigan va absolyut quruq deb bir-biridan farq qilinadi. Yangi kesilgan daraxtniig namligi turiga, kesilgan vaqtiga qarab 40% va undan yuqori bo‘ladi, ya’ni ho‘l yog‘ochning namligi 23 % day ortiq chala quruq, yog‘ochning namligi 18—23 % gacha, ochiq havoda qurigan yog‘ochning namligi 12—18 % gacha uy ichida qurigan yog‘ochning namligi 8—12 % gacha buladi. Absolyut quruq qurigan yog‘ochning namligi 0% bo‘lib, bu laboratoriya sharoitidagina hosil qilinadi.
Yog‘ochning og‘irligi uning turiga, tuzilishiga va namligiga bog‘liq. Yog‘ochning solishtirma va hajmiy og‘irligi buladi.
Solishtirma og‘irlik-hech qanday g‘ovakligi, namligi, havosi bulmagan absolyut yog‘ochning og‘irligi hisoblanib, birligi GG‘sm3 larda ifodalanadi. Hamma turdagi yog‘ochlarning solishtirma og‘irliklari taxminan 1,5 ga teng buladi.
Hajmiy og‘irligi deb yog‘ochning g‘ovakligi, namligi, havosi va smolasi bilan qattiq moddasining birgalikdagi og‘irligiga aytiladi.
Bu og‘irlik yog‘ochning asosiy sifatlarini, mexanik xossalarini ko‘rsatuvchi faktorlar bulib, katta amaliy axamiyatga ega. Turli yog‘ochlarda hajmiy og‘irlik turlicha buladi. Hatto, turli joylarda o‘sgan bir turdagi yog‘ochning hajmiy og‘irligi ham bir xil bo‘lmaydi.
Bulardan tashqari, yog‘ochlarning fizik xossalariga: yog‘ochlarning qurishi, nam tortib bukilishi, tob tashlab qiyshayishi, yorilishi, yog‘ochlarning zichligi, tovush, issiqliq, elektr o‘tkazuvchanliklari ham kiradi.
|
| |