|
Yog’och haqidagi bilimlarni berishda zamonaviy o’qitish metodikasi
|
bet | 4/6 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 383,47 Kb. | | #245757 |
Yog’och haqidagi bilimlarni berishda zamonaviy o’qitish metodikasi
O’quvchilar egallashi shart bo’lgan bilimlar: — texnika va texnologiyaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati, ishlab chiqarishda bajaradigan vazifalariga ko’ra mashinalarning tasnifi, konstruksion material (metallar, yog’och, plastmassalar) to’g’risida boshlang’ich bilimlarga ega bo’lishlari;
bu materiallarni qayta ishlash texnologiyasini, sanoat ishlab chiqarishida tubdan o’zgartirish kiritgan yangi texnologiyalar to’g’risida;
yangi mahsulotni konstruksion va texnik badiiy loyihalanishning umumiy prinsiplarini hamda dizayn talablari asosida qayta loyihalanishni;
sonli dasturli boshqariluvchi stanoklar va robotlar tuzilishi va ishlash prinsipi to’g’risida umumiy tushunchalar;
mehnat qonunchiligi va xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalari.
O’quvchilarni muayyan malakasi va ko’nikmalari bilan qurollantirishgagina xizmat qilib qolmay, balki ularning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini o’stirish va ularda mehnatga munosabatini tarbiyalashda ham juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan mehnat darslari g’oyat zarurdir. O’qituvchining o’z fanini yaxshi bilishi o’quvchilarni muvaffaqiyat bilan o’qitishning eng muhim shartlaridan biridir.
O’z fanini yaxshi bilgan o’qituvchi biror buyum-narsani tayyorlash usulini mahorat bilan tushuntirib va ko’rsatib bera oladi, bu esa mehnat amallarini o’quvchini to’g’ri idrok etishni ta’minlaydi.
O’qituvchi shu munosabat bilan darsga puxta tayyorgarlik ko’rishi, bolalarga ko’rsatadigan buyum-narsasini o’qituvchining o’zi oldindan tayyorlab ko’rishi lozim, chunki buyum-narsani tayyorlash davomida qiyin ish usullarini qo’llashga to’g’ri kelib qolishi mumkin, agar o’qituvchining o’zi narsalarni oldindan tayyorlasa o’quvchilarga uni tayyorlatishning xiyla mukammallashgan metod va usullarini ko’zda tutgan bo’ladi.
Har bir dars o’quvchilarning bilim va malaka doiralarini kengaytirishi hamda mustahkamlashi hamda, ularni barqaror ijobiy ko’nikma va odatlar hosil qilishiga yordam berishi lozim.
Dars vazifasini faqat bilim berish va ko’nikma hosil qilishdan iborat qilib qo’ymaslik, balki tarbiya berish va kamol toptirish vazifalari bilan organik bog’lab olib borish ham zarur. Shuning uchun ham o’qituvchi o’zi o’qitayotgan bilimini bilishi lozim. Bu esa biror temaga tayyorlana turib, o’qituvchi mazkur dars materiali asosida o’quvchilarni ahloqiylikning qanday g’oyalarini anglashga olib kelajagini diqqat, fikrlash, xotira, tasavvur irodani rivojlantirish va boshqa shu kabilar sohasida shaxs sifatini qanday kamol toptirishiga erishishini aniq tasavvur qilmog’i lozim.
Agar bolalar yaxshi yoritilmagan sinfda, yoshiga mos kelmaydigan qo’pol, og’ir asboblar bilan ishlasalar, bu ularning ish natijalariga juda yomon ta’sir ko’rsatadi. Mehnat madaniyati malakalari ko’p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida hosil bo’ladi, bunda mashqlar davomida har bir mashq processida o’rnatiladigan tartib va ish-harakatini izchilligini sistematik suratda tushuntirib berish zaruriyati bilan birga qo’shib olib boriladi.
Mehnat va politexnika jihatdan tayyorlashning yangi programmasi «taqlid qilish» metodikasining mehnat darsidagi ish sistemasi sifatida rad etadi, tajriba shuni ko’rsatadiki, bolalar butun buyumning tuzilishini yaxshi tasavvur etsalargina, ish operaciyasi va asbob bilan ishlash usullarini tezroq va puxtaroq o’qib oladilar.
O’quvchi ayniqsa birinchi sinf o’quvchisi o’qituvchiga taqlid qilishga intiladi. Shu sababli o’quvchi boshidan boshlaboq faqat to’g’ri usullarni ko’rishi va eslab qolishi lozim. Bor-yu o’qituvchi qo’llanmasligi lozim bo’lgan noto’g’ri ish usulini har doim ta’kidlab ko’rsataversa o’quvchi shuni eslab qolishi mumkin, u o’quvchilar ongiga singib qolib, keyin uni tuzatish ancha qiyin bo’ladi.
Mehnat darslarida birinchi sinf o’quvchilarining ishlarini kuzatish natijasida o’quvchilar topshiriqni olib, buyum-narsani xuddi namunadagidek yasash uchun namunani uning qurilishi nuqtai nazaridan sinchiklab qarab chiqib, buyumni yasash yo’llarini qunt bilan izlaydilar.
1-sinf mehnat darslarida, odatda, tayyorlanish kerak bulgan buyum-narsaning namunasi ko’rsatiladi. Bunda birinchi sinf o’quvchilari uchun real, buyum-narsa, buyumning namunasi zarurligi nazarda tutiladi, bolalar unga qarab, mazkur buyum-narsa qanday qilingani, qanday qilib xuddi mana shunday tayyorlangani mumkinligini o’ylab oladilar.
e.A.Farapanova qayd qilib o’tganidek birinchi sinfda mehnat mahsuloti muayyan buyum-narsalar tayyorlanganidan keyin u qanday bo’lishi tayyor buyum holidagina emas, balki qismlarga bo’lingan holda qanday qismlardan iboratligi, qanday birikkanligini ham tasavvur eta olish malakasini tarkib toptirish muhimdir. O’qituvchi yangi temaga metodika jihatidan qanchalik to’g’ri yondoshmasin, uni suhbat va ko’rsatmada qanchalik tushunarli qilib izohlanmasin, baribir, bolalar dastlabki vaqtlarda mehnat usullarini har doim ham to’g’ri qo’llavermaydilar. O’quvchi ko’p savollarni mustaqil hal qilish kerak. O’quvchilarning mehnatga mustaqilligi –aktiv fikrlash faoliyatining, tashabbusning paydo bo’lishi, uchragan qiyinchiliklarni engishi, avval hosil qilingan mehnat bilimi va malakalarini oqilona va ijodiy qo’llay bilishi. Mustaqil mashg’ulot soatida asosiy aktiv shaxs boladir. Lekin shunga qaramay darsning bu bosqichida ham o’qituvchining vazifasi benihoyat katta va ma’suliyatlidir. Bunday mashg’ulotda maqsadni aytib, ish usullarini ko’rsatib qo’ya qolish kifoya, bolalar erkin ishlashi kerak deb o’ylash katta xato bo’ladi. O’qituvchi mumkin qadar kamroq so’zlash, sekin, ohista ovoz bilan gapirishini odat qilishi, o’quvchilarga sezdirmay, ularning harakatini kuzatish, ularga yaqinlashish yoki uzoqlashishni o’rniga qarab gapirishni yoki jim turishni o’rganish lozim. Qoloq o’quvchini yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchiga biriktirib qo’yish kerak.
Masalan: tikishda odatda bolalar orqada qoladilar, ularga qizlar yordamini biriktirib qo’yiladi, aksincha texnikaviy modellashda o’quv-tajriba uchastkasidagi ishlarda bolalar qizlarga yordamlashishlari kerak. Shu tarzda o’quvchilarda o’rtoqlaricha o’zaro yordam hisini tarbiyalanadi. O’qituvchi har bir o’quvchining imkoniyatlarini hisobga olib bolalarni ruhlantirish lozim. Bolalar mustaqil ishlayotganda o’qituvchining mehnati oson emas, balki yanada qiyinroq, biroq ijodiy mehnat singari huzurbaxshdir. O’quvchilar mustaqil ishlayotganda o’qituvchi «passiv» dek ko’rinadi, lekin aslida o’qituvchi oldida u rahbarlik qilishi lozim bo’lgan xilma-xil xususiyatli o’ttiz -qirq bola bor. Ba’zilarini butun dars davomida bezovta qilmaslik lozim, boshqalarga ko’rsatma berish kifoya, qolganlari jiddiy muhtojga egadir. Mustaqil mashg’ulot vaqtida bolalar qo’ng’iroqni sezmay qoladilar, hatto ishini davom ettirishga ruxsat etilsa quvonadigan hollar ham bo’ladi. O’zlariga yoqqan ishga sho’ng’ib ketib va tez ishlaydigan o’rtoqlarini ko’rib bolalar bora-bora o’zlarining ish sur’atini tezlashtirishni odat qilib oladilar.
Ishni o’z vaqtida tekshirmaslik o’quvchining ishga qiziqishini kamaytiradi. Ishni tekshirish va baholashga bolalarning o’zlarini jalb qilish kerak, bu bilan ular mehnatga ongli munosabat, aktivlik va tashabbus rivojlanadi. Mehnat natijalarini birgalikda tekshirish va baholash bolalarning xotiralarida ma’lum bir buyumni tayyorlashning barcha bosqichlari, ayrim usullari tiklanadi. Uyga topshiriq berish darsning muhim bosqichidir. Mehnatdan uyda bajarib kelish uchun beriladigan vazifani avvalo, darsda ishni yaxshi uddalay olmagan o’quvchilarga berish zarur.
Dars olti bosqichga bo’linadi:
1.Kirish qism – tema, nechanchi yil o’qitilayotganligi, o’quvchilarning o’sish darajasiga qarab, vaqti jihatdan xiyla uzun yoki qisqa bo’lishi mumkin. Kirish qism o’quvchilarni emocional «zaryadlashi», «qiziqtirish», o’quvchi ishlashi lozim bo’lgan biror mehnat ob’ektini namoyish qilishda go’zallik hisini uyg’otish lozim.
2.O’qituvchining ko’rsatmasi – ko’rsatmalikning xilma-xil vositalari (karton, maket, ish processining bajarilishi keng tasvirlangan shit kabilarni) qo’llab, o’qituvchi darsning bu bosqichida o’quv-ishning maqsadga eng muvofiq izchilligi, ish o’zining racional suratda tashkil etish bilan tanishtiradi.
3.O’quvchilarning topshiriqni mustaqil bajarishi –darsning asosiy qismi bo’lib, unga odatda, darsning 2.3 hatto 3.4 ulushi ajratiladi. Bu bosqichda o’qituvchi o’quvchilarni diqqat bilan kuzatib turadi, ularning ishlariga boshchilik qiladi, ish-harakatlaridagi, ish-holatlari, asboblardan foydalanishidagi xatolari va kamchiliklarni kuzatadi. Bordi-yu ish o’quvchilarga qiyinchilik qilsa, o’qituvchi o’quvchilarga o’zi bajarayotgan operaciyalarga e’tibor berib turishini va uning harakatiga o’xshatib asta-sekin harakat qilishini aytadi.
A) o’qituvchining ko’rsatmalariga qanday amal qilinmoqda.
B) o’quvchilarning mehnat madaniyati va sanitariya –gigiena ko’nikmalari qanday.
V) material qanday sarflanmoqda, o’quvchilar asboblarni qanday to’g’ri ishlatmoqdalar.
G) o’quvchilar ish usullarini qay darajada o’qib oladilar.
4.Tekshirish va qat’iy baho qo’yish asosida ishni hisobga olish.
O’qituvchi har bir bolaning ishini qisqa tavsiflab jurnalga baho qo’yadi. O’quvchilar yorliq (etiketka) qilib tayyorlangan buyumlarga yopishtiradilar, yorliqda ishning tugallangan vaqti, necha soat vaqt sarflanganligi, bajaruvchining familiyasi va ismi, sinfi aniq ko’rsatiladi.
5.Uy vazifasini tushuntirish. Darsning bu bosqichi darsda bajarilgan topshiriqning yakuni bilan bog’liq. O’qituvchi har qaysi o’quvchining faoliyatiga baho qo’yib, ishdagi kamchilik tomonlarini ko’rsatadi va uyga berilgan topshiriqni tushuntirish davomida xatolarni tuzatish uchun qo’shimcha ko’rsatmalar beradi. Kattalarning sanoatdagi mehnati bilan, mehnatning tabiatni o’zgartirish borasidagi ta’sirini ochib berish uchun tabiat bilan tanishish dars-ekskursiyalari.
Laboratoriyada olib boriladigan darslar.
Bunda o’quvchilar materiallarning xossalari (plastilin, loyni) ish uchun o’zlari tayyorlaydilar, materialning (qog’oz, karton, matoning) texnologiyasi bilan tanishadilar.
Darslar buyumlarni o’quv-nazoratchilarning hohshi bilan ko’rgazmaga tayyorlash: bunday darsning maqsadi o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalari darajasini tekshirishdir.
Qishloq xo’jalik mehnat darslari: bu dars, o’z mazmuni jihatdan, yuqoridan bayon etilgan dars bilan deyarli bir xil, shu sababli, darslarni planlashtirishda yuqorida ko’rsatib o’tilgan tushulishga amal qilish zarur. O’quvchilarning mehnatda aqliy aktivligiga mehnat topshirig’ining xarakteri kuchli ta’sir etadi. Xarakteri kuchli ta’sir etadi. Masalan: «Tabiiy materiallardan ko’rish -yasash» temasidagi darsni olib ko’raylik.
Darsning maqsadi: tabiat materialidan buyum yasash usullarini o’rgatish: material tanlash, ulash: detallarni bir butun model’ qilib yasash.
Darsni jihozlash: qaychi, santimetr, poxol, yumshoq sim.
Darsning borishi: o’qituvchi poxoldan yasalgan o’yinchoq uychani ko’rsatib poxoldan o’yinchoq uycha yasash uchun ma’lum o’lchamda poxolcha olish kerakligini tushuntiradi.
1.Bu o’yinchoq nimadan qilingan? O’qituvchi o’yinchoq ko’rsatadi.
2.Bu o’yinchoqni tayyorlash uchun qanday geometrik shakl zarur? Bunda o’qituvchi devorning uzunligi 6 sm, eng undan 2 sm kam, balandligi esa enidan 5 sm uzun. Tomi esa uy yonlariga 1 sm dan chiqib turadigan bo’lishi kerak, deb uqtiradi.
O’zbekiston maktablari o’quvchilarining tajribalari shuni ko’rsatadiki, bolalarni mehnat operaciyalarini shartli grafik usuli bilan mustaqil rejalashtirishga olib kelishdan avval, bolalarda mehnat bosqichlari uchun zarur bo’lgan dastlabki malaka va ko’nikmalarni hosil qilish kerak. Laboratoriya yo’li bilan materialni xossalari va asbobdan foydalanish bilan tanishtirish, bunda bolalarning aqliy faoliyatini faollashtirishga e’tibor bermoq lozim, o’quvchilarning kurish-yasash qobiliyatlarini rivojlantirib, buyumning qismlarini bir butun qilib o’rgatish kerak.
Birinchi sinfda chizmani o’qituvchi rahbarligida, buyum namunasini ko’zdan kechirib o’qiladi. Bunda o’quvchilarni shartli chiziq namunalari bilan asta-sekin har bir darsda alohida tanishtiriladi.
Boshlang’ich sinflarda chizmachilik elementlari maxsus o’quv fani sifatida ham, mehnatga o’rgatish dasturi bo’limida mustaqil bo’lim tariqasida ham kiritilmagan. Doskadagi chizmani o’qish, uni namunaga solishtirish va materialni o’zi mo’ljallangan buyumni tayyorlash uchun darsda qilinadigan ishlarni oldindan rejalashtirishning tashqi ifodasidir.
O’quvchilarning mehnati va mustaqilligi –faol fikrlash faoliyatining, tashabbusning paydo bo’lishi, uchragan qiyinchiliklarni engishi, avval hosil qilingan mehnat bilimi va malakalarini oqilona va ijodiy qo’llay bilishidir.
|
| |