|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi alfraganus university nodavlat oliy ta’lim tashkiloti
|
bet | 5/6 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 177,67 Kb. | | #263645 |
Bog'liq 11 Qurilishda axborot texnologiyalari arxitektura, Dizayn Sillabus (sirtqi)
O‘qitish va o‘rganish usullari
Modul ma’ruzalar va amaliy auditoriya mashg‘ulotlari hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyati orqali tashkil etiladi. Ma’ruzalarda raqamli texnologiyalar analiz kursi mavzularini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar beriladi. Amaliy auditoriya mashg‘ulotlarida dasturlash analiz kursi muammolari (dasturlash tillari, dizayn grafikdasturlar platformalar ustida amallar bajariladi) taqdim etiladi va talabalarga ularni hal qilish uchun zarur texnologik usullar va metodlarni qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar bajarish imkoniyati beriladi. Mustaqil ta’lim faoliyatida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, dasturlash tillari va axborot texnologiyalariga oid jurnallar hamda manbaalardan foydalangan holda mavzularni tahlil qilishi lozim.
Mashg‘ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Ma’ruza
|
12
|
Amaliy mashg‘ulot
|
10
|
Mustaqil ta’lim
|
158
|
Talabalarning jami o‘quv va o‘qitish soatlari
|
180
|
Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholash seminar mashg’ulotlaridagi talabaning faolligi, joriy, oraliq nazorat xamda , yakuniy nazorat baholash orqali amalga oshiriladi.
Talaba fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha testlarni topshirishi kerak.
Baholash, joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak.
Talaba akademik huquqbuzarlikka (qoidabuzarlik) olib keladigan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Masalan, plagiat, o‘zaro kelishib olish, natijalarni qalbakilashtirish, imtihon jarayonida qoidabuzarlik, ya’ni konspekt va shpargakalardan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishi, imtihon olinadigan xonaning ichida yoki tashqarisida boshqalar bilan muloqot qilishi ta’qiqlanadi. Bunda aybdor talabalar nazorat yoki imtihon jarayonidan chetlashtiriladi to‘plagan bali yoki bahosi nolga aylantiriladi.
Talaba nazoratlardan o‘tmagan taqdirda unga yana ikkinchi marta qayta topshirish imkoni beriladi.
Fan (kurs) xususiyatlaridan kelib chiqib baholash va nazorat qilish mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi alfraganus university nodavlat oliy ta’lim tashkiloti
|