O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar ministrligi




Download 464.85 Kb.
Sana15.09.2023
Hajmi464.85 Kb.
#82016
Bog'liq
HUSAN KURS ISHI
Sirtqilar uchun joriy nazorat savollari (1), 1653381619, Matematika o\'qitish metodikasi, 5-amaliy mashg\'ulot1, Hamidullo aka, YN savollar, 5 Iqtisodiy faol aholi soni, nuqta, 1-амалий, 1 МТ (1k, 2 sem ko\'p o\'zg. fun diff.teng) 68480, 1683741725, Toshtemirov Sh. 1-topshiriq (1), mustaqil ISH, 12

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR MINISTRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI

Ellikqala pedagogika fakulteti Sirtqi ta’lim bo’limi


5112100-Texnologik ta’lim yo`nalishi
4g- guruh talabasi Sabirova Dilafruz Baxrom qizining
Texnologiya talimi, kasb tanlashga yo'llash darslarida amaliy darslarni tashkil qilish metodikasi fanidan bajargan

Texnologiya talimi, kasb tanlashga yo'llash darslarida amaliy darslarni tashkil qilish metodikasi

KURS ISHI

Talaba: .........................

Ilmiy rahbar: ...........................
NUKUS - 2023
Reja


  1. Kirish

  2. Asosiy qism

1. «Mehnat ta'limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» fanining maqsad va vazifalari.
2. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida bakalavr egallashi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar yig'indisi.
3. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» o'quv fanini o'qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o'ziga xos jihatlari.
4. Buyuk mutafakkirlarning mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llash va tarbiyaga oid fikrlari.
5. Mehnat ta’limi jarayonida kasb tanlashga yo’llash
Tayanch iboralar: mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llash, bilim, ko'nikma, malaka, mehnat qurollari, texnik vosita, didaktik material, elektron va tarqatma materiallar.

  1. Xulosa

Fanni oqitishdan maqsad Fani oqitishdan maqsad-talabalarni har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida talim-tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol goyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni talim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs-Texnologiya talimi, kasb tanlashga yollash oqituvchisi sifatida shakllantirishdir.

Fanning vazifasi - Fanning vazifasi pedagogik-psixologik bilimlarni oquvchilarda umumtexnologiya, kasb tanlashga yollash va umumkasbiy konikma va malakalarni shakllantirish jarayonida tadbiq etish; pedagogikpsixologik bilimlar, bevosita tanlangan sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish; maktablarda Texnologiya ta`limi, kasb tanlashga yollash hamda kasb tanlashga yollash darslarini oqitishni tashkil etish.

Fan boyicha talabalarning bilimiga, konikma va malakasiga qoyiladigan talablar Texnologiya faninioqitish metodikasi oquv fanini ozlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:


Texnologiya faninioqitish metodikasi fani boyicha talim mazmunining uzviyligi va ozaro bogliqligi; texnologiya fanining umumiy orta talim fanlari bilan ozaro aloqasi, texnologiya fanining ishlab chiqarish bilan bogliqligi, texnologiya fanining rivojlanish istiqbollari, texnologiya va ishlab chiqarish jarayonida uzluksizlikni taminlash , texnologiya fanida didaktik tamoyillar, dars shakllari, metodlari, oquv moddiy bazasini tashkil etilishi (oquv materiallari va moslamalar bilan taminlanishi); texnologiya fanida tuziladigan oquv meyoriy xujjatlar, davlat talim standartlarining ishlab chiqilish mezonlari va unga qoyiladigan talablarni bilishi kerak;
oquvchilarning mehnat tayyorgarligi boyicha oquv rejasi va dasturlar mazmunini; oquv jarayonini tashkil etish va texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi xujjatlarni ishlab chiqish, Texnologiya darslarini olib borish konikmalariga ega bolishi kerak;

Krish

O'zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida bo'layotgan o'zgarishlar davlatim izning istiqbol ini ta’m inlovchi asosiy omillardan biri sifatida jahon ommasi tomonidan e'tirof etilmoqda. 0‘z navbatida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qimmati unda har bir shaxsni jamiyat ehtiyojiga javob beruvchi kasb egasi qilib tarbiyalashga asosiy e ’tibor qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu asosda o'quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash ishlarining samarali yo'lga qo'yilishi ta’lim islohotlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi muhim omil vazifasini o'taydi. Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim modelining asosiy g'oyasi va mazmuni «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o'z ifodasini topgan.


Respublikamizda umumiy o'rta ta’lim muassasalari oldiga qo'yilgan o'quvchilarni xalq xo'jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash bo'yicha ijtimoiy buyurtm asini bajarishda mehnat ta’limi o'qituvchisining roli beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish uchun mehnat ta’limi o'qituvchisidan umum - mehnat bilim, ko'nikma va malakalarini, kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishni hamda dinamik ravishda rivojlanib borayotgan pedagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg'or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari bo'yicha mukammal bilim hamda ko'nikmalarni egallashni taqazo etadi. Shu munosabat bilan, mehnat ta’limi o'qituvchisining bilim, ko'nikma hamda malakalari ko'lami va sifati, uning ta’lim-tarbiya jarayonini umumiy o'rta ta'lim DTS talablari asosida tashkil etish va o'tkazish bo'yicha erishgan yutuqlari va yo'l qo'ygan kamchiliklari, kasbiy mahorati va shu kabi mehnat faoliyatiga oid murakkab va ko'p qirrali faoliyatini takomillashtirish jarayonining didaktik shart-sharoitlarini aniqlash, nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va vositalarini optimal tanlash asosida nazorat o'tkazish metodikasini ishlab chiqish, uning mazmunini boyitish, bu sohada mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan tashkiliy ishlarning tahlili bu borada amalga oshirilaoytgan barcha tadbirlarni ilmiyuslubiy asosda tashkil etilishini talab qilmoqda.


  1. «Mehnat ta'limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» fanining maqsad va vazifalari.

Mazkur darslik ta’lim tizimi to'g'risida bo'lajak mehnat ta’limi o'qituvchilariga mehnat ta’limi jarayoni bo'yicha tushuncha berish orqali yosh avlodni tarbiyalash, shaxsni kamol toptirish, e'tiqod va maslaklarini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy yuksaltirish jarayoniga olib kiradi. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» bo'yicha darslik fanning dasturiga muvofiq, pedagogika oliy ta’lim muassasalarining mehnat ta'limi yo'nalishi talabalariga mo'ljallab yozilgan. Darslikda umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-9 -sinf o'quvchilari uchun mehnat ta’limining maqsadi va vazifalari, Davlat ta'limi standartlari mazmuni va tamoyillarining uzluksiz holati yoritilgan.
Umumiy ta’limmaktablarida asos qilib tanlangan «Texnologiya va dizayn», «Servis xizmati» va «Qishloq xo'jaligi asoslari» yo'nalishlari ishlab chiqarish bilan uyg'unlashtirilgan holatda o'z aksini topgan. Darslikda mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash fanining maqsad va vazifalari, tarixiy taraqqiyoti metodologik asoslari hamda ilmiy-tadqiqot metodlari kabi masalalar dastlabki boblarda yoritilgan. Shuningdek, darslikning asosiy mazmunini fanning didaktik asoslari, fanni o'qitish metodikasi, rejalashtiruvchi hujjatlar, o'qituvchining darsga hamda o'quv yiliga tayyorgarlik masalalari va kurs ishi hamda bitiruv ishlarini bajarish metodikasi kabi masalalar tashkil etadi. O'quvehilarni kasb tanlashga yo'naltirish masalalari alohida mavzular ko'rinishida berilgan. O'quvchilarni mehnat va kasb olamiga olib kirishning har xil yo'llari orasida «Mehnat ta’limi» fani muhim o'rin tutadi. Uning metodikasini takomillashtirish orqali fan uchun moddiy jihozni mustahkamlash, maktabni o'z atrofidagi sanoat va qishloq xo'jaligi sohasi bilan aloqasini mustahkamlash, ijtimoiy foydali, unumli mehnatni tashkil etish, uning tarbiyaviy iqtisodiy samaradorligini oshirish, uni ta ’lim bilan qo'shib olib borish, o'quvchilarni mehnatga tayyorlashni yaxshilash bo'yicha ishlar yo'lga qo'yiladi. Mehnat darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik tamoyillarni qo'llasada, uning o'ziga xos xususiyatlari ham mavjud. O'quvchilar bilish faoliyati bilangina emas, balki yaratish faoliyati bilan ham shug'ullanadilar. Mehnat fanlari, qurollari, jarayonlari oddiy o'rganish obyekti sifatida emas, balki 5 o'quvchilar ishlarini faollashtiruvchi ko'rsatmalilik vositasi, didak tik material, ta’limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi. Fanni o'qitishdan maqsad — o'quvehilarni har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta ’lim -tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g'ovasi, milliy va um insoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta'lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llash o'qituvchisi sifatida shakllantirishdir. Mazkur kursning maqsadi talabalarga umumiy o'rta ta’lim maktablarining 5—9-sinflari uchun mehnat ta’limi o'qituvchisi bo'lib yetishishlarida tegishli metodik tayyorgarlik ko'rishlarini ta’minlashga xizmat qilishdir.
Fanning vazifasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
— o'quvchilarda pedagogik-psixologik bilimlarni umum - mehnat, kasb tanlashga yo'llash va umum kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirish jarayoniga tatbiq etish;
— pedagogik-psixologik bilimlarni bevosita tanlangan sohalariga tatbiq eta olish va yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish;
— maktablarda mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo'llash darslarini o'qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o'rgatishdan iborat.
Materialshunoslik bo’yicha metallar haqida ma’lumotlar, metallarning fizik, kimyoviy va mexanik xossalari, cho’yan va po’latning xossalari, po’latning markalari, metallarning korroziyalanishi, quyish ishlab chiqarilishi, qattiq qotishmalar va ularni qo’llash, metallarga ishlov berishning asosiy turlari. Nometal materiallar va ularning mashinasozlikda qo’llanilishi.
Dopusk va texnik o’lchashlar bo’yicha: detallarning o’zaro almashinishi, nometal, haqiqiy va oxirgi o’lchashlar, dopusk va aniqlik klasslari, teshiklar sistemasi va val sistemasi, ilchov asboblari va priborlari, o’lchashdagi xatoliklar, ularning oldini olish usullari. Detallar sifatini nazorat qilish metod va usullari.
Texnik mexanika bo’yicha harakat turlari, kuch va ishqalanish haqida qo’shimcha mexanizmlar, eng oddiy yuk ko’tarish qurilmalari haqida tushuncha, mashinalardagi kuchlarni o’lchash metodlari.
Elektrotexnikadan ma’lumotlar, o’zgarmas tok haqida tushuncha, o’zgaruvchan tok haqida tushuncha, o’zgarmas va o’zgaruvchan tok olish, texnik quvvat, elektr o’lchashlar va priborlar, asinxron dvigatellarning tuzilishi va ishlashi, elektr asboblarning "yulduz" va "uchburchak" sxema bo’yicha ulanishi.
Chizma va sxemalarni o’qish: chizmalarda sxemalarning joylashuvi, ma’lumotlar bo’yicha etishmaydigan proyektsiyalarni yasash, aylanani bo’laklarga bo’lish usullari, eskizlar tuzish, burchaklar yasash va ularni bo’lish.
Texnologiya fani oquv jarayonida talim vositalaridan foydalanish metodikasi
Korgazmalilik didaktik tamoyillari asosida. Zamonaviy talim vositalarining turlari va tavsifi. Talim vositalarining rivojlanish istiqbollari. Elektron axborot talim resurslaridan foydalanish.
Mehnat jarayonining tahlili va didaktik tushunchalar
Mehnat jarayonining tahlili. Bilim, konikma, malaka, kasb, ixtisoslik; mehnat jarayoni, texnologik jarayon.
Texnologiya darslarini tashkil qilishning didaktik tizimlari
Talimning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha Buyum tizimi. Operatsiya tizimi. Operatsiya buyumtizimi. Operatsion kompleks tizimi. Motorli mashq tizimi. Konstruktsion texnologik tizim.
Texnologiya darslarida amaliy darslarni tashkil qilish metodikasi
Amaliy darsga tayyorgarlik. Joriy, oraliq va yakuniy yoriqnomalarni otkazish tartibi. Dars jarayonida oqituvchining vazifasi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga etibor. Darsni yakunlash.
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasini oqitishni tashkil qilish
Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallarni orgatish metodikasi. Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan asbob - uskunalar. Xalq hunarmandchiligi usullarini orgatish va buyum tayyorlash.
Yonalishlar boyicha materialshunoslik bolimini oqitish metodikasi.
Servis xizmati yonalishi boyicha materialshunoslik boliminioqitish metodikasi. Texnologiya va dizayn yonalishi boyicha materialshunoslik bolimini oqitish metodikasi. Materiallarning olinishi, Materiallarning xossalari, Materiallarning xususiyatlarini oqitish metodikasi.
Texnologiya fani oqituvchisining darsga va oquv yiliga tayyorgarligi
Texnologiya oqituvchisining darsga va oquv yiliga tayyorgarligi.Kasbkorlik sifatlari. Asbob-uskunalarni ishga sozlash. Xom ashyo va namuna tayyorlash. Korgazmali qurollar, texnik vositalar. Oqituvchining shaxsiy fazilatlari.

2. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida bakalavr egallashi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar yig‘indisi.


«Mehnat t a ’limi o'qitish m etodikasi, kasb tanlashga yo'llash» o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
— m ehnat ta ’limi, kasb tanlashga yo'llash yo'nalishlari bo'yicha t a ’lim mazmunining uzviyligi va o'zaro bog'liqligi; o'quv moddiy bazasining tashkil etilishi (o'quv materiallari va moslam alar bilan ta’minlanishi); Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqish mezonlari va unga qo'yiladigan talablarni, kasb tiplari, kasbga yaroqlilik, kasb tanlashga ta’sir etuvchi omillarni bilishi kerak;
— o'quvchilarning mehnat tayyorgarligi bo'yicha o'quv rejasi va dasturlar mazmunini; o'quv jarayonini tashkil etish va mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llashga oid rejalashtiruvchi hujjatlarni ishlab chiqish, mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo‘llash darslarini olib borish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak;
— ta'lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o'rtasida aloqalar o'rnatishni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo'llay olishi; mashg'ulotlarni o'tkazish, o'quv jarayonini rejalashtirish; tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazish; bandlik xizmati bilan ishlash; o ’quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash bo'yicha turli testlardan foydalanish; ota-onalar va jamoat tashkilotlari bilan ishlash malakalariga ega bo'lishi kerak. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» umumkasbiy fan hisoblanib, 6 va 7-semestrlarda o'qitiladi. Dasturni amalga oshirish o'quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (fizika, matematika, axborotlar texnologiyasi, chizmachilik, radioelektronika’ va h.k.), umum kasbiy (pedagogika, pedagogik mahorat, psixologiya, mehnat va muhandislik psixologiyasi va h.k.) va ixtisoslik (materiallar texnologiyasi, mashinasozlik fanlari, o'quv ustaxonalarida amaliy ishlar, kasb ta’limi praktikumi fanlari, texnika xavfsizligi va h.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlik talab etiiadi. O'quvchilar fanni o'zlashtirish jarayonida ishlab chiqarish bilan bog'Iiq bo'lgan barcha sohalar, ularda qo'llaniladigan texnologik jarayonlar hamda ishlab chiqarish munosabatlari to'g'risida to'liq tassavurga ega bo'ladilar. Umumiy o'rta ta’lim maktablarida o'quvchilarni mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llash tarkibida kasbga yo'naltirish ularning zamonaviy va milliy kasb-hunarlarni o'zaro uyg'unligini ta’minlagan holda bilim, ko'nikma, malakalarni egallashlarini ta’minlaydi. Mazkur dastur bo'lajak mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llash o'qituvchilarining mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llashni o'qitish metodikasi asosida kasbga yo'naltirish ishlarini xalq xo'jaligi tarmoqlari istiqbolini hamda kasb-hunar kollejlari sohalashtirilganligini hisobga olgan holda bajarishiga xizmat qiladi.
Mehnat va kasbiy tayyorgarlik tizimi bevosita yoshlarning mehnat va kasb tarbiyasini kasbiy axborotlar, kasb tanlash, kasbga yo'naltirish ishlarini amalga oshiradigan ulkan ishlardan biri bo'lib. o'z o'tmish taraqqiyotiga egadir. Xalqimizning millat, elat bo'lib shakllanishini mehnatsiz, kasblarsiz, hunarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Odamzod paydo bo'lishidan boshlab mehnat bilan shug'ullangan. Dastlab faqat kun kechirish uchun qilingan mehnat keyinchalik, kattaroq maqsadni, moddiy manfaat ko'rish uchun amalga oshirilib hatto, X asrlarda yirik harbiy qo'shinlarni, millionlab xalqlarni buyumlar, anjomlar bilan ta’minlay oladigan ishlab chiqarish sohalari darajasigacha taraqqiy etgan.
X II—XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda hunar ilmi, ko'lami rivojlanishi eng yuqori pog'onaga ko'tarilgan. Har bir xalq ota-bobosidan meros bo'lib, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan o'zining tarixiy-madaniv birligi bilan ajralib, o'ziga xos xususiyatlarni saqlab kelgan. O'zbeklar ham shular jumlasidandir. Respublikamiz hududida o'tkazilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, hunarmandchilik bu yerlarda ikki ming yiliar oldin rivojlangan. Bu davrda sinfiy jamiyat paydo bo'lib, yirik mehnat taqsimoti negizida hunarmandchilik mustaqil soha bo'lib ajralib chiqqan. IX—XII asrlarda hunarmandchilik keng rivojlanib, xalqim izning xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari avj olgan. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, 32 xil hunar turi mavjud bo'lgan aholi yashaydigan joyni shahar deb atashgan. 1897-yili birinchi aholi ro'yxati vaqtida katta shaharlarda aholining ko'pchilik qismi hunarmandlar hisoblangan.
Kasb tanlashda yoilash butun pedagoglar jamoasi tom onidan hal eti- ladigan umum m aktab vazifasi hisoblanadi. Shu bilan birga, bu islida m ehnat ta’limi alohida o‘rinni egallaydi. Bunga sabab shu-ki, mehnat ta’liniining m azm uniga qator kasblar bilan uzviy va tizimli ravishda tanishtirish va bu tanishtirish nafaqat nazariy jihatdan, balki am aliy jihatdan ham olib boriladi. M a’lum ki, kasblar to‘g‘risida tasavvur ana shunday tarzda berilgandagina u haqida to iiq tassavvurga ega boiish m um kin boiadi. Kasb tanlashga y'oilash ishi butun mehnat ta’lim i davomida olib boriladi, lekin uning vazifalari o'zining turli bosqichlarida o'zgarib turadi. 5—7-sinflarda asosan kasb haqida m a’lumot beriladi. 0 ‘quv-chilar qanday kasblar borligi, uning tiplari bilan tanishadilar.
Bu kasblarning elementlari 0‘quvchilarning ustaxonadagi faoli-yati m azm unini tashkil etadi. Bu hol o‘qitishning shu davrida o‘quvchilarni um um m ehnat tayyorgariik vazifasiga to‘la mos keladi. 6-sinfda va, ayniqsa, 7-sinfda kasb to‘g‘risida m a’lumot be- rish bilan bir qatorda m ehnatda tarbiyalash ishlari ham olib bo- riladi. Bunga sabab shuki, 7-sinfni bitirish arafasida o‘quvchilar bo‘lg‘usi m ehnat tayyorgarligining sohasi (yo‘nalishi)ni tanlab olishlari zarur. H ar bir soha bo'yicha ko‘pIab ommaviy kichik mutaxassislar kasblarini o‘z ichiga oladi. Bular ustaxonadagi mashg‘ulotlarning m azm uni bilan izchil aloqada bo‘lgan kasblar bo‘lishi (masalan, metallga va yog‘ochga ishlov berish texnologi- yasiga oid kasblar) yoki ular bilan hech qaday aloqador bo‘lm agan kasblar (chunonchi, suvoqchilik, bo‘yoqchilik va shu kabi qurilish kasblari) bo‘lishi mum kin. Mehnat tayyorgarligi sohasini tanlashda ko‘pincha m unozara- li vaziyatlar vujudga kelib, bu m unozarada 0‘quvchilarning ota- onalari ham ishtirok etishlari m um kin. M ehnat tayyorgarligining ayrim sohalari go‘yo e ’tiborsizdek tuyilib, hech kim bu kasbni tanlashni xohlamaydi. Boshqa sohalarga esa, aksincha, keragidan ko‘proq o'quvchilar qiziqib qolishadi. Afsuski, m aktablarning ish tajribasida shunday m anzarani kuzatish mum kin, o'qituvchilar bu m asalani o'quvchilarning o'zlashtirishiariga qarab hal etishga urinishadi, ya’ni a’lochi o'quvchilarga tanlash huquqi beriladi yomon o‘zlashtiruvchilar esa qolgan kasb turlaridan birortasini tanlashga majbur bo‘lishadi. Masalani bu tarzda hal etish har jihatdan noto'g'ridir. Hayot yo‘lini zo‘rm a-zo‘raki tanlaganlardan kelajakda yaxshi m uta- xassis chiqishini kutib bo‘lmaydi. Shubhasiz, a’lochi o‘quvchilar rag‘batlantirilishga loyiqlar, biroq bu narsa boshqalarni kasb tanlash erkinligidan m ahrum qilmasligi kerak. Shunday ham bo‘ladiki, mehnat tayyorgarligida sohani to‘g‘ri tanlagan o‘quvchi kcyinchalik o‘ziga shu soha doirasidagi kasbni tanlaydi.>-Shundan kelib chiqib, mehnat tayyorgarligining sohasini tanlash ixtiyoriy bo‘lishiga harakat qilish lozim. Bunga qanday erishish m um kin? Bu savolga javob berish uchun avvalo kasb tanlash erkinligini qanday tushunish lozim ­ ligini aniqlab olish zarur. Bizning jam iyatim izda xohlagan kasb- ni tanlash yo‘lida siyosiy, ijtimoiy, milliy va boshqa g'oyalar
3. «Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yo‘llash» o‘quv fanini o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o'ziga xos jihatlari.
O'quvchilarni mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash fanini o'zlashtirishlari uchun o'qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o ‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari va maketlaridan foydalaniladi. Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, jumladan:
— o'quv faniga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan, blits-so'rov, insert texnikasi, frontal ishchi guruhlarda ishlash, «Bumerang», musobaqa, «Aralash mantiqiy zanjirlar», muammoli dars, «6x6x6» kabi pedagogik texnologiyalaridan; — fan bo‘yicha o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlarida og‘zaki bayon qilish, fikrlar hujumi, suhbat-munozara, charxpalak, B-BB, rolli o'yinlar, muammoli dars, kichik guruhlarda va jamoada ishlash pedagogik texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutilgan. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» kursini o‘rganish, umumiy o’rta ta’lim maktabidagi mehnat ta’limining (mehnat tarbiyasi, politexnik ta’lim, kasbga yo'llash va hokazolarning) maqsad va vazifalarini, shu fan bo‘vicha o'quv jarayonining tashkiliy tamoyillarini va uning mazmunini anglab olishi, maktab ustaxonalarida ta’lim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli olib borishda yordam beradigan metodik vositalar tizimi sifatida o'rganilishi lozim. Pedagogika fanining tarmog'i sifatida «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» kursi oldiga quyidagi asosiy tadqiqot vazifalari qo'yiladi, ya’ni mehnat ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy aham iyatini ochib berish. Mehnat ta’limi vazifalarini belgilashda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar metodologik asos bolib xizmat qiladi. Mehnat ta’limi o'quvchilar shaxsini har tomonlama kamol topishiga, mehnatning turmush bilan aloqasini mustahkamlashga, o'quvchilarda ongli dunyoqarashning shakllanishiga, ularni xalq xo'jaligida mehnat qilishga va asosiy ravishda kasb tanlashga tayyorlashda yordam beradi. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» fani ustaxonada o'tkaziladigan mashg'ulotlar bilan boshqa o'quv fanlarini (ijtimoiy-siyosiy, tabiiy va matematik) o'qitishning o'zaro didaktik bog'liqligini ochib beradi, shuningdek, boshlang'ich, o'rta va yuqori sinflardagi mehnat ta’limining izchilligini ta’minlash yo'llarini ko'rsatadi. Mehnat ta’limi jarayonida o'quvchilarda mehnatga muhabbat, jismoniy mehnat kishilariga hurmat va shaxsning boshqa axloqiy sifatlari shakllanishiga imkon beradi. Bu sifatlar og'zaki tushuntirish bilan emas, balki o'quvchilarni unumli mehnatga qatnashtirish yo'li bilan shakllantiriladi.
Mazkur darslik ta’lim tizimi to'g'risida bo'lajak mehnat ta’limi o'qituvchilariga mehnat ta’limi jarayoni bo'yicha tushuncha berish orqali yosh avlodni tarbiyalash, shaxsni kamol toptirish, e'tiqod va maslaklarini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy yuksaltirish jarayoniga olib kiradi. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» bo'yicha darslik fanning dasturiga muvofiq, pedagogika oliy ta’lim muassasalarining mehnat ta'limi yo'nalishi talabalariga mo'ljallab yozilgan. Darslikda umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-9 -sinf o'quvchilari uchun mehnat ta’limining maqsadi va vazifalari, Davlat ta'limi standartlari mazmuni va tamoyillarining uzluksiz holati yoritilgan.
Umumiy ta’limmaktablarida asos qilib tanlangan «Texnologiya va dizayn», «Servis xizmati» va «Qishloq xo'jaligi asoslari» yo'nalishlari ishlab chiqarish bilan uyg'unlashtirilgan holatda o'z aksini topgan. Darslikda mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash fanining maqsad va vazifalari, tarixiy taraqqiyoti metodologik asoslari hamda ilmiy-tadqiqot metodlari kabi masalalar dastlabki boblarda yoritilgan. Shuningdek, darslikning asosiy mazmunini fanning didaktik asoslari, fanni o'qitish metodikasi, rejalashtiruvchi hujjatlar, o'qituvchining darsga hamda o'quv yiliga tayyorgarlik masalalari va kurs ishi hamda bitiruv ishlarini bajarish metodikasi kabi masalalar tashkil etadi. O'quvehilarni kasb tanlashga yo'naltirish masalalari alohida mavzular ko'rinishida berilgan. O'quvchilarni mehnat va kasb olamiga olib kirishning har xil yo'llari orasida «Mehnat ta’limi» fani muhim o'rin tutadi. Uning metodikasini takomillashtirish orqali fan uchun moddiy jihozni mustahkamlash, maktabni o'z atrofidagi sanoat va qishloq xo'jaligi sohasi bilan aloqasini mustahkamlash, ijtimoiy foydali, unumli mehnatni tashkil etish, uning tarbiyaviy iqtisodiy samaradorligini oshirish, uni ta ’lim bilan qo'shib olib borish, o'quvchilarni mehnatga tayyorlashni yaxshilash bo'yicha ishlar yo'lga qo'yiladi. Mehnat darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik tamoyillarni qo'llasada, uning o'ziga xos xususiyatlari ham mavjud. O'quvchilar bilish faoliyati bilangina emas, balki yaratish faoliyati bilan ham shug'ullanadilar. Mehnat fanlari, qurollari, jarayonlari oddiy o'rganish obyekti sifatida emas, balki 5 o'quvchilar ishlarini faollashtiruvchi ko'rsatmalilik vositasi, didak tik material, ta’limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi. Fanni o'qitishdan maqsad — o'quvehilarni har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta ’lim -tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g'ovasi, milliy va um insoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta'lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llash o'qituvchisi sifatida shakllantirishdir. Mazkur kursning maqsadi talabalarga umumiy o'rta ta’lim maktablarining 5—9-sinflari uchun mehnat ta’limi o'qituvchisi bo'lib yetishishlarida tegishli metodik tayyorgarlik ko'rishlarini ta’minlashga xizmat qilishdir.

4. Buyuk mutafakkirlarning mehnat ta’limi, kasb tanlashga yollash va tarbiyaga oid fikrlari.


Sharqning buyuk mutafakkirlari, allomalar deyarli barcha davrlarda o'z asarlarida, she'r va g'azallarida, adabiv meroslarida halol mehnatni, kasb-hunar egallashning muqaddasligini va zarurligini ta’kidlab, ulug'lab o'tganlar. Ulug' bobokolonimiz A.Navoiy o'z g'azallarida yoshlarni ilm-hunar egallashga chaqiradi:
Ilm kasbini qildi to joni bor,
Hunar o'rgandi onga ki imkoni bor.
X asrda yashab ijod etgan ulug' bobokalonimiz Abu Nasr al-Forobiy ham kishilarni halol mehnat qilishga va kasb-hunar egallashga chaqiradi. Forobiyning fikricha:
«Inson ojiz banda, hech narsaga qodir bo'lmagan mavjudod emas, balki u eng oliy kamolot natijasi bo'lib o'z aql-idrok ziyosiga ega, o'zi uchun zarur bo'lgan hamma narsani yaratishga qodir borliqdir».
Forobiy mehnat va kasb-hunar ko'nikmalarini, axloqiy fazilatlarni hosil qilish lozimligini ta ’kidlab: «Agar kasb -hunar fazilati tug'ma bo'lganda, podshohlar ham o'zlari istab va harakat qilib emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy ravishda muyassar bo'lgan, tabiat talab qilgan tabiiy bir majburiyat bo'lib qolar edi. Kasbhunar fazilati tug'ma bo'lmas ekan, xalqlar va shahar ahllarida, odob-axloq, rasm-rusm, kasb-hunar, odat va irodani hosil qilishi insondan zo'r kuch va qudrat talab qiladi. Bu ikki yo'l bilan, ya’ni ta ’lim va tarbiya yo'li bilan hosil qilinadi. Ta’lim degan so'z xalqlar va shaharlar o'rtasida nazariy fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so'zdir», — degan edi.
Kasb-hunar egallashning ahamiyati to'g'risida qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino (980—1037)ning asarlarida ham ko'ramiz. Uning fikricha bolaga yoshligidan biror kasb-hunarni o'rgatish lozim. Bola kasb-hunarni ma’lum darajada o ‘zlashtirib bo'lgandan so'ng o'z kasb-hunaridan hayotda foydalanishi, ya'ni halol mehnat bilan mustaqil hayot kechirishiga o'rgatish kerak.
«Yoshlarga ilm bera borib, ularga hunar o'rgatmoq muhim mas’uliyatli ishdir. Hunar o'rganish birla yoshlar har qanday nojo'ya xatti-harakatlardan xoli bo'ladilar», deb ta ’kidlaydi Abu Ali Ibn Sino.
Uning hunarli bo'lishga qaratilgan nasihatlari hozirgi kunda ham muhim ahamiyatga ega:
Oltin olmagin-u o'rgangin hunar Hunarni oldida xasdir oltin zar. Sharqlik, markaziy osiyolik mutafakkirlar hamda o'zbek ma’rifatparvar shoirlari ham kasb-hunar egallashning ahamiyati to'g'risida o'z asarlarida qimmatli maslahatlarini qoldirganlar, bu meros hozirgi kunda ham yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirishda muhim ahamiyatga ega. Insoniyatning tarixiy taraqqiyotida Sharq-u G'arbda ham yoshlarni kasb-hunar egallashlariga alohida e ’tibor bilan qaralgan. Ularning kasb-hunar egallashlarida otalik, ustozlik maslahatlarini, yo'l-yo'riqlarini muntazam berib kelganlar. Rasman kasbga oid maslahat idoralari asrimiz boshlarida paydo bo'la boshlagan.
5. Mehnat ta’limi jarayonida kasb tanlashga yo’llash

Kasb tanlashga yo’llash: kasblar tasnifmi, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta'rifmi, kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo’yilgan talablarni, o’zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo’nalishlari, ularning bir-biridanfarqi,umumiytomonlarini, o’ quvchi yoshlarnikasb-hunarga yo’naltirish tizimini bilish.


Umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini o’qitishning maqsadi - o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko’nikmalari va malakalarini, mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ularning ahamiyatini tushunishga o’rgatish hamda kasb tanlashga tayyorlash orqali ularning kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo’ladi:
Ta’limiy vazifa - o’quvchilarning barkamol bo’lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasblar, umumiy texnologiya, texnika va ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini o’rgatish, ularni kasb tanlashga yo’naltirish, kamida uchta kasb bilan dastlabki tanishtirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishga tayyorlashdan iborat.
Tarbiyaviy vazifa-o’quvchilarning mehnat ko’nikmalarini shakllantirish jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarni, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va tadbirkorlikni rivojlantirib borishdan iborat.
Rivojlantiruvchi vazifa-mehnat ta’limi mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy, badiiy-estetik tarbiya va ta’lim berish, kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish orqali ularning barkamol bo’lib ulg’ayishlariga yordam berishdan iborat.
Mehnat ta’limi fanining mazmuni shartli ravishda uchga, ya’ni mehnat ta’limi tayyorgarligi, kasblar bo’yicha tayyorgarlik va kasbgacha maxsus tayyorgarlik qismlariga bo’linadi. Bu qismlar har bir dars va mashg’ulotlarning tarkibiga singib ketgan bo’lib, ularning o’qituvchilar va uslubchilar tomonidan ilmiy uslubiy nuqtai nazardan hisobga olingan holda tahlil qilib borilishi mehnat ta’limi mashg’ulotlarining aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’lishini ta’minlaydi.
“Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” pedagogika faninig bir tarmogi sifatida o‘z ob’yektivlari, vazifalari va tadqiqot metodlariga ega. Texnologiya ta’limi jarayoni, shu jarayonning barcha jihatlari:
- o‘quv materialining mazmuni;
- o‘qitish metodlari;
- o‘quvchilarning bilish faoliyati;
- o‘qitish natijalari;
- pedagogik texnologiyalardan foydalanish va boshqalar o‘rganish
ob’yektivi hisoblanadi.
Bu jarayonning barcha tamonini o‘rganish o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Pedagogika fanining tarmog‘i sifatida texnologiya ta’limi metodikasi oldiga quyidagi asosiy tadqiqot vazifalarni qo‘yadi
1.Texnologiya ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy
va ta’limiy ahamiyatini ochib berish.
2. O‘quv materiali mazmunini asoslash.
3. Ta’lim jarayonini tashkil etish.
4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni va
metodikasini asoslash. Yuqoridagi ko‘rsatilgan barcha vazifalarni hal qilishda texnologiya fanini o‘qitish metodikasi quyidagi asosiy ilmiy tadqiqot metodlariga asoslanadi
1. Kuzatish.
2. Eksperiment.
3. Ilg‘or pedagogik tajribani o’rganish va umumlashtirish.
4. Nazariy tadqiqotlar.
Pedagogika fani o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘sish hamda hayotga tayyorlash qonuniyatlarini o‘rgatadi va o‘rganadi. Tarbiya jarayonida shunchalik muhim va ko‘p qirraligidan pedagogika fanidan ayrim fanlar ajiralib chiqdi. Fizika o‘qitish metodikasi, Matematika o‘qitish metodikasi, Mehnat ta’limini ovqitish matodikasi kabi fanlardir. Texnologiya metodikasi ham o‘z navbatida ayrim qismlardan iboratdir. Hozirgi davrda boshlang‘ish ta’lim metodikasi 1-4 sinf, 5-9 sinflarda o‘quv ustoxonasida qo‘llaniladigan metodika. Qishloq xo‘jalik yeridagi tajriba-amaliy hamda mayishiy xizmat ko‘rsatish metodikalari mavjud. Maktab o‘quv ustaxonolarida texnologiya ta’limi metodikasi o‘z oldiga o‘quvchilarni texnika asoslari bilan tanishtirish, o‘rgatish orqali ularda bilim va malakalarni texnologik tizim asosida oshirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ydi. Bizga ma’lumki, bilim va ko‘nikma bir biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Maktabni bitirib chiquvchi yosh avlod texnik bilimlar malaka va ko‘nikmalar bilan qurollangan bo‘lishi kerak. O‘quvchilarda mehnat qilishga muhabbat, mehnat qilish birinchi ixtiyoriy ekanligini tarbiyalash texnologiya ta’limi darslarida amalga oshiriladi. Kasbiy tayyorgarlikni ajiralmas qismi o‘quv ustoxonasida olib boriladigan texnologiya ta’lim darslaridir. Texnologiya ta’limi darslaridan o‘quvchilar tikuvchilik, gazlamalarga ishlov berish hamda tikuv mashinalarida ishlov berish buyicha ma’lumotga ega bo‘ladilar. Ishlov beruvchi asboblar bilan tanishadilar va shu asboblar bilan ish operatsiyalarini bajaradilar. Texnika taraqqiyoti elektrlashtirish, mexanizatsiyalash va ish jarayonini avtomatlashtirish yuzasidan bilimga ega bo‘ladilar. Sanoatning rivojlanishi va xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi texnika taraqqiyoti malakali ishchi kadrlar tayyorlash hamda ularning professional mahoratlarining oshirishiga borgan sari yuqori talablar qo‘yilmoqda. O‘rganilayotgan kasblarni chuqur va puxta egallab olishlari ishlab chiqarish malakasini yanada mukammallashtirilishi va mehnat unumdorligini oshirishlari uchun ular hozirgi zamon texnikasi va texnologiyasi asoslarini bilishlari shart. Bularni kim o‘rgatadi? Xalq maorifi ishiga doimo g‘amxo‘rlik qilib, uning taraqqiyotiga keng yo‘l ochib bermoqda. Kishilar ko‘p zamonlardan beri mehnat tarbiyasi va ta’limini unumli mehnat bilan birlashtirish haqidagi g‘oyalarni bayon etib kelganlar. Ingliz sotsial utopisti Toas Mar birinchi bo‘lib bu fikirni ilgari surgan edi. XV asr Italian sotsial utopisti Foma Kompanella bolalarga mehnat asosida ta’lim berishni juda keng suratda tasvirlab bergan edi. Komponella Quyosh shahrida ( gorod Solntse) hamma bolalarga bir xilda malumot berilgan. Bolalar to‘rtta fanni o‘rganishi bilan bir qator keng tarqalgan hunar kasb va sanoat bilan tanishadilar. Mashhur frantsuz mutafakkiri Jan-Jak Russo mehnat tarbiyasi go‘yasini mufassil ishlab chiqdi. Keyingi paytlarda pedagogik adabiyotda “Zamanoviy pedagogik texnologiya”, “Ilg‘or pedagogik texnologiya”, “Yangi pedagogik texnologiya” degan tushunchalar ko‘p ishlatilmoqda. Har bir muallif bu tushunchaga turlicha mazmun beradi. Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonga texnologik g‘oyaning kirib kelishidir. Texnologiya har bir jarayonni aniq rejalashni va shu reja asosida ishlab natijaga erishishni talab qiladi. Pedagogik texnologik ta’lim va tarbiya jarayonini aniq rejalashtirishni, o‘tishni va kafolatlangan oxirgi natijaga erishishni talab etadi. Pedagogik texnologiya ta’lim jarayonida o‘quvchilarning rivojlanishini talab etadi, fikrlashga o‘rgatishni, mustaqil o‘qishga o‘rgatishni og‘zaki va yozma nutqtni rivojlantirishni, bilim olishda faollik ko‘rsatishni talab etadi.
Mehnat ta’limi o‘quvchisi qilayotgan ishini mazmunini yaqqol tasavvur qilgandagina ishga ongli ravishda kirishadi. Bu tamoyil o‘quvchilarda ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o‘quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutqi rivojlanadigan bo‘ladi. O‘qitishdagi onglilik tamoyili o‘quvchilardagi ta’lim jarayonining aniq maqsadlarini tushunish, o‘rganilayotgan dalil, hodisa, jarayonlar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishni tushungan holda o‘zlashtirib olish, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay bilish kabi me’yorlarni anglatadi. O‘quvchilardagi mavjud bilim va ko‘nikmalariga tayanib, obrazli taqqoslash usulidan foydalanib, har bir so‘z va gapning tom ma’nosini ochib berish qoidasi. O‘quvchilaming о‘zaro o‘qitish kuchidan unumli foydalanib, qo‘yilgan savollarga jamoa bo‘lib javob topish qoidasi. O‘quv fanini hech qachon dars markaziga qo‘ymay, dars markazida doimo o‘quvchi turishini, uning shaxsi shakllanayotganini bilgan holda talabaga ta‘limiy ta‘sir o‘tkazish qoidasi. O‘qitish jarayoni yanada muvaffaqiyatli o‘tishi uchun, har bir tushuncha berilganidan keyin, uni bir necha misollar bilan mustahkamlash qoidasi. Hech qachon o‘qituvchi aytganlarini qaytarish, birovlardan ko‘chirish va aytib turish hollariga yo‘l qo‘ymaslik bilan, o‘quvchi talabalarni mustaqil fikrlashga va harakat qilishga o‘rgatish qoidasi. Berilayotgan bilimni har tomonlama tahlil qilib berish yo‘li bilan bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish qoidasi.
o'quv faniga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan, blits-so'rov, insert texnikasi, frontal ishchi guruhlarda ishlash, «Bumerang», musobaqa, «Aralash mantiqiy zanjirlar», muammoli dars, «6x6x6» kabi pedagogik texnologiyalaridan; — fan bo‘yicha o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlarida og‘zaki bayon qilish, fikrlar hujumi, suhbat-munozara, charxpalak, B-BB, rolli o'yinlar, muammoli dars, kichik guruhlarda va jamoada ishlash pedagogik texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutilgan. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» kursini o‘rganish, umumiy o’rta ta’lim maktabidagi mehnat ta’limining (mehnat tarbiyasi, politexnik ta’lim, kasbga yo'llash va hokazolarning) maqsad va vazifalarini, shu fan bo‘vicha o'quv jarayonining tashkiliy tamoyillarini va uning mazmunini anglab olishi, maktab ustaxonalarida ta’lim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli olib borishda yordam beradigan metodik vositalar tizimi sifatida o'rganilishi lozim. Pedagogika fanining tarmog'i sifatida «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» kursi oldiga quyidagi asosiy tadqiqot vazifalari qo'yiladi, ya’ni mehnat ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy aham iyatini ochib berish. Mehnat ta’limi vazifalarini belgilashda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar metodologik asos bolib xizmat qiladi. Mehnat ta’limi o'quvchilar shaxsini har tomonlama kamol topishiga, mehnatning turmush bilan aloqasini mustahkamlashga, o'quvchilarda ongli dunyoqarashning shakllanishiga, ularni xalq xo'jaligida mehnat qilishga va asosiy ravishda kasb tanlashga tayyorlashda yordam beradi. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» fani ustaxonada o'tkaziladigan mashg'ulotlar bilan boshqa o'quv fanlarini (ijtimoiy-siyosiy, tabiiy va matematik) o'qitishning o'zaro didaktik bog'liqligini ochib beradi, shuningdek, boshlang'ich, o'rta va yuqori sinflardagi mehnat ta’limining izchilligini ta’minlash yo'llarini ko'rsatadi. Mehnat ta’limi jarayonida o'quvchilarda mehnatga muhabbat, jismoniy mehnat kishilariga hurmat va shaxsning boshqa axloqiy sifatlari shakllanishiga imkon beradi. Bu sifatlar og'zaki tushuntirish bilan emas, balki o'quvchilarni unumli mehnatga qatnashtirish yo'li bilan shakllantiriladi.

Xulosa
Kasb tanlashga yo’llash: kasblar tasnifmi, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta'rifmi, kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo’yilgan talablarni, o’zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo’nalishlari, ularning bir-biridanfarqi,umumiytomonlarini, o’ quvchi yoshlarnikasb-hunarga yo’naltirish tizimini bilish.


Forobiy mehnat va kasb-hunar ko'nikmalarini, axloqiy fazilatlarni hosil qilish lozimligini ta ’kidlab: «Agar kasb -hunar fazilati tug'ma bo'lganda, podshohlar ham o'zlari istab va harakat qilib emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy ravishda muyassar bo'lgan, tabiat talab qilgan tabiiy bir majburiyat bo'lib qolar edi. Kasbhunar fazilati tug'ma bo'lmas ekan, xalqlar va shahar ahllarida, odob-axloq, rasm-rusm, kasb-hunar, odat va irodani hosil qilishi insondan zo'r kuch va qudrat talab qiladi. Bu ikki yo'l bilan, ya’ni ta ’lim va tarbiya yo'li bilan hosil qilinadi. Ta’lim degan so'z xalqlar va shaharlar o'rtasida nazariy fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so'zdir», — degan edi.
Mehnat va kasbiy tayyorgarlik tizimi bevosita yoshlarning mehnat va kasb tarbiyasini kasbiy axborotlar, kasb tanlash, kasbga yo'naltirish ishlarini amalga oshiradigan ulkan ishlardan biri bo'lib. o'z o'tmish taraqqiyotiga egadir. Xalqimizning millat, elat bo'lib shakllanishini mehnatsiz, kasblarsiz, hunarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Odamzod paydo bo'lishidan boshlab mehnat bilan shug'ullangan. Dastlab faqat kun kechirish uchun qilingan mehnat keyinchalik, kattaroq maqsadni, moddiy manfaat ko'rish uchun amalga oshirilib hatto, X asrlarda yirik harbiy qo'shinlarni, millionlab xalqlarni buyumlar, anjomlar bilan ta’minlay oladigan ishlab chiqarish sohalari darajasigacha taraqqiy etgan.

Adabiyotlar royxati


1. I.A. Karimov. Barkamol avlod — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. — Toshkent: Sharq, 1998.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining ta ’lim
to'g'risidagi qarorlari. 1-qism. — Toshkent, 1998.
3. K. Davlatov, A. Vorobyov, 1. Karimov. M ehnat va kasb
ta ’limi nazarivasi ham da metodikasi. — Toshkent: O'qituvchi, 1992.
4. Q.T. Olimov, O. Abduquddusov, L. Uzoqova, M. A hm edjonov, D. Jalolova. Kasb ta ’limi uslubiyoti. — Toshkent: «Iqtisod moliya», 2006.
5. N.N . Azizxo'jayeva. Pedagogik texnologiva va pedagogic mahorat. — Toshkent: T D P U , 2003.
6 . Q.T. Olimov va boshqalar. Kasb ta’limi uslubiyoti. — Toshkent: «Iqtisod moliya», 2006.
7. M. Ochilov. M uallim — qalb m e ’mori. — Toshkent: «O'qituvchi», 2001.
8. SH.S. Sharipov, A.I. Vorobyov, N.A. Muslimov, M. lsmoilova. Kasbiy ta ’lim pedagogikasi. — Toshkent, 2005.
9. G'.J. Yo‘ldoshev, S.A. Usmonov. Pedagogik texnologiva asoslari. — Toshkent: « 0 ‘qituvchi», 2004.
10. N .A . Muslimov, SH.S. Sharipov va b. M ehnat ta ’limi,
kasb tanlashga yo‘llashni o'qitish m etodikasi. O'quv qo'llanma Toshkent, 2009.
11. O.A. Q o ‘ysinov, V.N. Sattorov, H.S. Yakubova. M ehnat
ta ’limi, kasb tanlashga y oilashdan amaliy m ash g ‘ulotlarni tashkil etish m etodikasi. Metodik qo'llanm a. — Toshkent: Nizomiy nomli T D P U , 2011.
12. S.A. Boltaboyev, O.SH. Magdiyev. M ehnat va kasb ta ’limi
m etodikasidan am aliy m ashg'ulotlar. M etodik qo'llanm a. —Toshkent: TDPU, 2002.
13. SH.S. Sharipov, M. Abralova. M aktablar o ‘quv va o'quv
ishlab chiqarish ustaxonalari uchun xavfsizlik texnikasi va ishlab
chiqarish sanitariyasi qoidalari. M etodik yo'riqnom a. — Toshkent:
Elektron ta’lim resurslari:
1. http://www.istedod.uz/
2. http://www.pedagog.uz/
3. http://www.Abduqodirov.pbnet.ru/
4. http://www.ziyonet.uz
5. http://www.tdpu.uz
6. http://www.disser.hlO.ru/pedagog.html
Download 464.85 Kb.




Download 464.85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar ministrligi

Download 464.85 Kb.