|
-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
|
bet | 7/8 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 277,5 Kb. | | #126371 |
Bog'liq Mustaqil ta\'lim uslubiy ko\'rsatmasi MTTE to\'g\'risi6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko'lami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o'zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o'zini idora qilish va o'z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'la boshlaydi. Bu yoshdagi o'g'il bolalarda mustaqil faoliyat ko'rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bo'yi 120 sm ga yetadi, og'irligi 22-24 kg bo'ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bo'ladi, o'z salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shakllana boradi.
Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo'lgan ta'lim olishga o'qishga ishtiyoq uyg'otish lozim. Bu o'rinda bolalarni ruhan ta'lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o'quv elementlarini o'rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan ta'lim olishga tayyor bo'lishi kerak. Bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga ta'lim berish imkoniyatiga ega bo'lishi shart. O'qituvchining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axloq-odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bolalarga ta'lim va tarbiya berish uchun loyiq bo'lganda, u olti yoshli bolalarni o'qitish huquqiga ega bo'ladi. Shuning uchun ham 6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu bolalarni o'qitadigan o'qituvilar pedagogik-psixologik nuqtayi nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va shundan keyingina ta'lim jarayoniga kirishilishi kerak.
MUSTAQIL TA`LIM MAVZULARI YUZASIDAN NAZORAT SAVOLLARI TAYYORLASH UCHUN NAMUNA
Nazorat savollari:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta’lim-tarbiyasining o’ziga xosligi deganda nimani tushunasiz?
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir pedagogik va psixologik xususiyatlari va ularning bola sog’lom rivojlanishidagi axamiyati qanday?.
3.Maktabgacha ta’lim davrida yosh davrlarining o’ziga xos xususiyatlari ayting
|
| |