|
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023
|
bet | 2/3 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #133782 |
Bog'liq 13.12.2023 hatga hisobot5-mavzu. Atmosferaning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar. Sanoat korxonalari va uning tarmoqlarining atmosferaning ifloslanishi bilan bogʻliq ekologik muammolari va ularning salbiy oqibatlari. (Issiqxona effekti, kislotali yomgʻirlar, azon qatlamining yemirilishi); atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi. 6-mavzu. Sanoat va ishlab chiqarish korxonalaridan ajralayotgan zaharli gaz va changlar bilan atmosfera havosini ifloslanishi. Ularni kamaytirish va zararsizlantirish yoʻllari. Atrof-muhit sifatini sanitar - gigiyenik va ekologik meʼyorlash. Sanitar himoya zonalari. Ruxsat etilgan konsentratsiya - REK va ruxsat etilgan tashlanmalar meʼyori - RETM tushunchalari. 7-mavzu. Atmosfera havosini sanoat va ishlab chiqarish korxonalaridan ajralayotgan zaharli gaz va changlardan tozalash usullari. Atmosfera havosini muhofaza qilishda muhandislik chora tadbirlari. Atmosfera havosini zaharli gazlardan tozalash usullari. Chang va uning turlari. Changlarni tozalashning samarali usullari va qurilmalari. 8-mavzu. Gidrosfera va uni muhofaza qilish. Tabiatda suvning roli va ahamiyati. Tabiatda suv va uning ahamiyati. Oʻzbekiston Respublikasida umumiy suv resurslari. 9-mavzu. Sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida hosil boʻlayotgan oqava suvlar bilan gidrosferaning ifloslanishi. Chuchuk suv tanqisligi va suv resurslaridan foydalanishda sodir boʻlayotgan asosiy muammolar. Oqova suv tushunchasi.
10-mavzu. Gidrosfera va undagi muammolar. Tuproq, uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli. Tuproqni sanoat korxonalari taʼsirida ifloslanishi va uni oldini olish yoʻllari. Tuproq degradatsiyasi. Tuproq eroziyasi, uning turlari va unga qarshi kurash usullari. 11-mavzu. Chiqindisiz va kam chiqindili tyexnologiya. Sanoatda hosil boʻladigan turli chiqindilar va ularni qayta ishlash, utilizatsiya qilish yoʻllari. 12-mavzu. Barqaror rivojlanish dasturi, gʻoyasi. Monitoring tushunchasi, usullari va turlari. Davlat ekologik ekspyertizasi. 13-mavzu. Ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik. Xalqaro tashkilotlarni ekologik muammolarni hal qilishdagi roli. Ekologik xavfsizlikni taʼminlash. Atrofmuhitni himoyalashning iqtisodiy, ijtimoiy ahamiyati. 14-mavzu. Autekologiya. Autekologiya-organizm va muhit orasidagi bogʻlanishlar toʻgʻrisidagi fan. Organizmlarning yashash muhitiga moslashuvi. Organizmlarning fizik-kimyoviy yashash muhiti toʻgʻrisida: suv, tuproq, havo muhitining xususiyatlari. Abiotik va biotik omillar. Asosiy abiotik omillarning (issiklik, yorugʻlik, namlik, shoʻrlanish, biogen elementlar konsentratsiyasi kabilarning) ekologik ahamiyati. 15-mavzu. Populyatsiya haqida taʼlimot. Ekologiyada “populyatsiya” tushunchasi. Populyatsiyaning iyerarxiya tuzilishi, organizmlarning joylashishi va populyatsiyalar orasidagi bogʻlanishlar. Populyatsiya turning sistema va ekosistema elementi sifatida. 16-mavzu. Jamoalar haqida taʼlimot (Biotsenoz). Biotsenozlar (jamoa), ularning taksonomik va funksional tarkibi. Jamoaning funksional tuzilish strukturasi. Organizmlar orasidagi munosabat tiplari: simbioz, mutalizm, konkurensiya, biotrofiya (yirtqichlik keng maʼnoda ishlatiladi) va h.zlar. 17-mavzu. Ekologiyaning hozirgi zamon muammolari. Biosferaning global ifloslanishi, uning oqibatlari va ular bilan kurashish yoʻllari. Atrof-muhitga sanoat va transportning taʼsiri. Biosferaning toksik va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi. Tabiiy resurslar, ularni tejash muammosi va ulardan unumli foydalanish. Urbanizatsiya va uning biosferaga taʼsiri. Urbanizatsiya muammolarini hal qilish yoʻllari. Xoʻjalik faoliyati natijasida yaroqsiz boʻlib qolgan yerlarni rekultivatsiya qilish va tabiatni muhofaza qilish.
|
| |