|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti milliy libos to’qimachilik va kashtachilik kafedrasi tikuv buyumlari texnologiyasi fanidan
|
bet | 2/5 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 115,08 Kb. | | #152051 |
Bog'liq KURS ISHI milliy libos yuziModel tanlash va asoslash
Kiyim inson tanasini atrof muhitning har xil ta’sirlaridan asrash vositasi sifatida paydo bo’lgan.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida kiyim deb, o’simlik, hayvonot va sun’iy materiallardan tayyorlanadigan va odamni atrof-muhitning nomaqbul ta’sirlaridan asraydigan, organizmning normal sog’lom holatini saqlaydigan va bezak vazifasini o’taydigan har xil narsalar aytiladi.
Kiyim insoniyat moddiy madaniyatining elementlaridan biri hisoblanadi.
Kiyimni konstruktsiyalash-bu murakkab jarayon. Bu tikuvchilik buyumlarini loyihalash umumiy jarayonning tarkibiy qismi bo’lib, bu ishda model’er-rassomlar, konstruktsiyalar, materialshunoslar, texnologlar singari ko’plab mutaxassislar mehnat qiladi.
Kiyimning asosiy vazifasi: Kiyim - odam tanasini tashqi ta'sirlardan muhofaza qiluvchi va bir qancha funksiyalarni bajaruvchi buyum va buyumlar majmui.
Zamonaviy kostyumning funksiyalari utilitar funksiya himoyaviy va fiziologik-gigienik funksiyalarga ajratiladi. Har bir funksiya keyingi pog’onada yana keyinroq aniqlanadi. Misol uchun, himoyaviy funksiya tashqi muqit va ob-qavo ta'sirlaridan qimoyani, ishlab chiqarishning ta'sirlaridan himoyani va mexanik ta'sirlaridan himoyani o`z ichiga qamrab oladi.1
Fiziologik-gigienik funksiyakiyimni tinchlik va qarakat qolatida qulayligini bildiradi qamda kiyim ostidagi mikroiqlim sharoitining qulayligini aniqlaydi. Axborot funksiyalar kishi (kasbi, didi, madaniyati) va uning kiyimi to`qrisida axborot beradi (kiyim vazifasi, o`rinliligi, zamonaviyligi, yangiligi va q.k.).
Estetik funksiyalar kiyimning kishi obraziga mosligi, kiyim kompozitsiyasining mukammalligi va tayyorlashga oid sifatining darajasi hamda xaridorligi to`g’risida dalolat beradi. Zamonaviy kiyim uning vazifasini aniqlaydigan himoyaviy funksiya asosida tasniflanadi. Vazifasi bo`yicha uch xil sinfga bo`linadi: maishiy, sport va ishlab chiqarishga oid kiyimlar.
Maishiy kiyim – turli maishiy va jamoa sharoitida kiyib yurishga mo`ljallangan buyumlar majmuasi.
Sport kiyim – turli sport turlariga mo`ljallangan kiyim
Ishlab chiqarish kiyimi – ishlab chiqarishda turli ishlarni bajarish uchun mo`ljallangan, ishlab chiqarish muhitidagi zararli ta'sirlardan, ifloslanishdan himoya qiluvchi kiyim.
Xar bir sinfga oid kiyimlar vazifasiga ko`ra kichik sinf, tur, gurux va kichik guruxlarga bo`linadi.
Maishiy kiyimlar qo`yidagi kichik sinflarga bo`linadi:
ich kiyimlar;
ko`ylak-kostyumlar;
uy kiyimlar;
korset buyumlari;
bosh kiyimlar;
qo`lqoplar.
Har bir kichik sinflar turlarga bo`linadi. Masalan: ko`ylak-kostyum kichik sinfi o`z navbatida quyidagi turlarga bo`linadi: pidjak; jaket; kurtka va q.k.
Yosh-yarim jun jaketdan kiyim quyidagicha guruqlanadi: Ayollar, ayollar va bolalar kiyimi. Bolalar kiyimi o`z navbatida chaqaloqlar, maktab yoshgacha, kichik va kata maktab yoshi va o`smirlar kiyimiga farqlanadi.
Ishlab chiqarish kiyimlari sinfi turiga qarab uch kichik sinfga bo`linadi: maxsus kiyim; rasmiy kiyim; texnologik kiyim.
Rasmiy kiyimlar – xarbiy xizmatchilar kiyimi, daryo va dengiz xizmatchilari
Loyihalashtirilgan mahsulot ushbu assortimentning sifatiga qo'yiladigan talablarga javob beradi, xususan:2
mahsulotning mo'ljallangan maqsadiga muvofiqligi bo'lgan funksional talablar;
estetik talablarga mahsulotning badiiy dizayni, materialning rangi va teksturasi bo‘yicha tanlanishi, mahsulotning inson tashqi ko‘rinishiga, uning uslubiga, didiga, yoshiga, ijtimoiy mavqeiga mos kelishi;
ergonomik talablar, kiyimning insonning anatomik tuzilishiga mos kelishi, uning gigienik, psixofiziologik talablarini ta'minlash, mahsulot tana bilan aloqa qilganda noqulaylik tug'dirmasligi, ko'rishni bezovta qilmasligi va eshitish;
ekspluatatsion talablar mahsulotning ishlash ishonchliligini, shakli, materialining barqarorligini, qirralarning va tikuvlarning ishqalanishiga chidamliligini, yorug'lik havosini, quruq tozalashni, mahsulotning eskirishi yoki jismoniy eskirishigacha muammosiz xizmat ko'rsatishni ta'minlaydi.
Kiyimlarining shakllari, bichimlari va ayrim konstruktiv o’zel va detallari xilma-xil bo'lgani uchun sanoatda standartlashtirish o'z ifodasini to’pizatsiya va unifikatsiyada topgan.
Ishlov berishga qulay bo’lgan konstruktiv shakli sodda, ishlov berishda kam mexnat talab qiladigan,zamonaviy texnologik jarayonlar qo’llashga imkon beradigan va bichishda rejali bo'lishi kerak.
Agar sarflanadigan material xajmi ruxsat etilgan normadan oshsa, model amalga oshmaydi.
Ishlov berish texnologiyasi progressiv, ya’ni zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasiga mos bo'lishi kerak.
Ishlov berishga kulay bo'lgan konstruktsiyani o'z asosiga olgan unifikatsiyalashtirilgan texnologiya kiyim tayyorlashda takomillashtirilgan ishlov usullarini, yangi asbob-uskunalarni qo'llanish ta’minlaydi va kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish jarayonlarini amalga oshirishga yordam beradi.
Iqtisodiy ko'rsatkichlarda kiyimni loyihalashga, ishlab chiqarishni konsruktorlik, texnologik va texnik tayyorlashga hamda kiyimni kiyishda talab etiladigan harajatlar aks etadi.
Tikuv bo’yumining sifat darajasi, ballar bo'yicha baholashni qo'llamasdan, normativ-texnik hujjatlarda keltirilgan talablar asosida iste’molchi va sanoat talablariga binoan kiyim sifat guruxlarining biriga (zamonaviy moda guruxi-PV, N-indeksli gurux va BS-ko’pchilikka mansub bo’lgan gurux) kiritib baholanadi.
1-modelga tavsif
Ushbu ayollar kapyushonli tolstovkasi asosan bahor kuz mavsumi uchun mo’ljallangan. Sport uslubida tikilgan ayollar tolstovkasi. Silueti to’g’ri . Old qismida cho’ntak joylashgan. Yenglari o’tkazma yeng. Yeng uchlariga manjet bilan ishlov berilgan. Tolstovka trikotaj matodan tikilgan, Oldi ochiq, molniya tasmali.
Tolstovkaning tirikosi ham bor bo’lib, unda yon cho’ntaklar mavjud emas. Trikoning pastki qismiga manjet bilan ishlov berilgan.
Tolstovkasi bilan tirikosi bo’lak- bo’lak tikib olinadi.
Tavsiya etiladigan razmerlar;44-50.
Tavsiya etiladigan yosh;17-35.
2-modelga tavsif
Ayollar tolstovkasi kuzgi va bahorgi mavsumi uchun mo’ljallangan. Sport uslubida tikilgan. Old qismida yaxlit qoplama cho’ntak bilan ishlov berilgan. Yengi reglan yeng. Yeng uchiga manjet bilan ishlov berilgan. Etak qismiga ham manjet bilan ishlov berilgan. Trikosida yon cho’ntaklar mavjud bo’lib, pastli qismiga manjet bilan ishlov berilgan. Trikotaj matosidan tikilgan. Asosan yosh qizlarga mo’ljalangan bu modelni 18 – 25 yoshdagi qizlar uchun tavsiya qilinadi. Tavsiya etiladigan razmerlar 42-48 razmerlarga tavsiya etaman.
3-modelga tavsif
Ayollar tolstovkasi trikotaj matodan tikilgan sport kiyimi. O’tqazma yengli ayollar tolstovkasi. Bu model kuz bahor mavsumi uchun mo’ljallangan. Kapyushoni bog’ichli.Trikosiga yon cho’ntaklar bilan ishlov berilgan.Komplekt har taraflama yaxshi loyihalangan. . Asosan yosh qizlarga mo’ljalangan bu model 18 – 25 yoshdagi qizlar uchun tavsiya etiladi.
Tavsiya etiladigan razmerlar;42-48.
\
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti milliy libos to’qimachilik va kashtachilik kafedrasi tikuv buyumlari texnologiyasi fanidan
|