|
O‘QUV AMALIYOTI DASTURINING PASPORTI
|
bet | 2/7 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 157,35 Kb. | | #154168 |
Bog'liq AyollarO‘QUV AMALIYOTI DASTURINING PASPORTI
1.1. Mutaxasis tayyorlashda amaliyot dasturining o‘rni
Mutaxassis tayyorlashda o‘quv amaliyoti dasturining “Tikuvchi” kasbi doirasida amaliyotning tashkil etishning o‘rni va ahamiyati shundan iboratki,professional ta’lim tizimidagi ta’lim muassasalarida maxsus fanlar kesimida o‘quv amaliyoti ishchi o‘quv dasturlarini va malaka talablari yangi modeli va mazmunini kompetensiyaviy yondoshuvlar asosida ishlab chiqish, takomillashtirish professional ta’lim darajasi (PROFESSIONAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH)ning o‘qitish materiallarini va didaktik materiallarni yaratishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quv amaliyotining ishchi o‘quv dasturi tegishli mutaxassislik tayyorlash uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Shuningdek, mutaxasis tayyorlashda amaliyot dasturining o‘qitish natijasi belgilangan aniq ketma-ketlik asosida va umumiy,kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga mo‘ljallangan. Mazkur yo‘riqnomada ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bosqichlariga qo‘yiladigan talablar belgilab qo‘yilgan. Mutaxasis tayyorlashda amaliyot dasturining o‘rni va
dolzarbligi shundan iboratki, kasbiy tayyorgarlikni ta’minlash va ta’lim
dasturlarini amalga oshirishda kasb standartlari va Worldskills standartlari talablariga muvofiq ,mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda kompetensiyaga asoslangan yondashuvni hisobga olgan holda o‘quvchilarniamaliy mashg‘ulotlarini natijalarini baholash bo‘yicha yagona yondashuvga mezoni hisoblanadi.
1.2. O‘quv amaliyotining maqsad va vazifalari.
1.2.1. Amaliyot mashg‘ulotining maqsadi
“Ayollar kiyimini tikish o‘quv amaliyoti” fani “Tikuvchi” kasbi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan. Bu amaliyot fanning asosiy maqsadi
– Аmаliyotning mаqsаdi - tаlаbаlаr o‘quv jаrаyonidа olgаn nаzаriy bilimlаrini chuqurlаshtirish vа mustаhkаmlаsh, tаlаbаlаrdа mutаxаssisligi bo‘yichа zаrur bo‘lgаn аmаliy ko‘nikmаlаrni hosil qilish.
|
| |