|
SHaharlarda va avtomagistrallarda axborot tizimlaridan foydalanish va ularning tirbandliklarning kamayishiga ta’siri
|
bet | 72/109 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,4 Mb. | | #254493 |
Bog'liq ИТТ darslik (2)12.1. SHaharlarda va avtomagistrallarda axborot tizimlaridan foydalanish va ularning tirbandliklarning kamayishiga ta’siri
Bugungi kunda mamlakatimizda shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanish ko‘lamining jadal ortib borishi jamiyat uchun katta muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bular shaharlarda ekologik vaziyatning yomonlashishi, yo‘l-transport hodisalari(keyingi o‘rinlarda YTH)ning ko‘payishi va tig‘iz vaqtlarda harakat tezligining 9-11 km/soatgacha pasayishi[1] kabilardir. Shaharlarda beqaror harakat tartibi va kechikishlar tufayli yonilg‘i sarfi shahar tashqarisidagi avtomobil yo‘llariga qaraganda 15-30 foiz yuqori ko‘rsatkichga ega. Bunday holatning asosiy sababi shundaki, avtomobillashtirish darajasining ortishi ko‘cha-yo‘l tarmoqlarining rivojlanish sur’atlaridan bir necha barobar yuqori ekanligi hisoblanadi. Transport oqimini boshqarishning ilg‘or usullarini joriy etish hozirgi sharoitda eng qisqa vaqt ichida eng katta samaraga erishish va shahar ko‘cha-yo‘l tarmoqlari imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish imkonini beradi. Bu borada mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022– 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida “Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini taʼminlash” bo‘yicha vazifalar belgilangan[1].
Tadqiqotlarga ko‘ra, transport oqimini boshqarishning ilg‘or usullariga ega bo‘lgan intelektual transport tizimlarini joriy etish qisqa vaqt ichida yuqori samaraga erishish, hamda atmosfera havosi ifloslanishining 15-30 foizga, YTHlar sonining 10- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(2), Feb., 2023 1035 15 foizga kamaytirish imkonini beradi. Shuningdek, harakat jadalligi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirilgan boshqaruv orqali o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga katta ijobiy ta’sir etadi. Transport oqimlarini muvofiqlashtirilgan boshqarish usullari va vositalarini joriy etishda ushbu usul va vositalarni har tomonlama nazariy va ilmiy tadqiq qilish zarurati yaqqol namoyon bo‘ladi.
Moslashuvchan boshqaruv usuli asosan alohida transport vositalariga ta’sir qiladi va turli detektorlari bilan yaxshi jihozlangan intelektual transport tizimlarini talab qiladi. Shakllanuvchan (Formativ) boshqaruv transport oqimining bir qismiga ta’sir qiladi va ko‘p sonli transport detektorlaridan foydalanishni talab qilmaydi. Qat’iy muvofiqlashtirilgan boshqaruv transport oqimining to‘xtovsiz o‘tishini ta’minlaydi, lekin transport oqimiga ta’sir qilmaydi va transport detektorlaridan foydalanishni talab qilmaydi. O‘rganilgan tahlillarda, transport oqimining intelektual transport tizimlarni kompleks baholash natijalari boshqaruv usullari va ularning sifati o‘rtasidagi zaif munosabatni ko‘rsatdi. Moslashuvchan boshqaruv, qoida tariqasida, yuqori harakat jadalligida samarasiz bo‘ladi va qat’iy muvofiqlashtirilgan boshqaruv har doim ham past harakat jadalligida samarali emas. Yo‘l harakatining qonuniyatlarini tahlil qilishda, shuningdek, harakatni boshqarishning amaliy masalalarini yechishda transport oqimi tavsiflarining o‘zaro ta’siridan foydalanish kerak bo‘ladi[3]. Harakat jadalligini quyidagicha baholash mumkin:
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki[4], shaharlarda ruxsat etilgan yuqori tezlikning pasaytirilishi, harakat jadalligi oshishi bilan birga transport oqimining zichligini ham oshiradi. Agar shahar ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida chorrahalarning ko‘pligini hisobga olsak, transport oqimining zichligi taxminan 30-50% ga oshadi. Shunday qilib, harakat jadalligining oshishi bilan transport oqimlari juda tez ustun xarakterini oladi, bunda quvib o‘tish imkonsiz, chunki ketma-ket avtomobillar orasidagi intervallar minimal ruxsat etilgan qiymatda bo‘ladi.
Harakat jadalligi o‘zgarganda, kun davomida transport oqimlari bir holatdan boshqasiga o‘tadi. Bu har o‘lchanadigan qisqa davrlarda uzviy bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi, chunki jadallikning o‘zgarishi inersion jarayondir. Har bir transport oqimi holatiga mos keladigan vaqt oraliqlarining turli xil taqsimlanishi o‘rtacha harakat jadalligining turli qiymatlarida transport oqimlarining turli xususiyatlari mavjudligini ko‘rsatadi. Shuning uchun har bir holatning transport oqimlarining xususiyatlariga qarab nazorat qilish usullarining mosligini o‘rnatish muhim vazifadir. Transport oqimi jadalligining past qiymatlarida transport vositalari harakatining mustaqillik xususiyati kuzatiladi. Harakatning mustaqillik xususiyati shundaki, har bir haydovchi deyarli har qanday vaqt oralig‘ida tezlikni o‘zgartirishning keng diapazonida tarmoq bo‘limida harakat tezligi rejimi bo‘yicha qaror qabul qilishi va ta’minlashi mumkin.
Harakatning bog‘langan holatida transport oqimlari harakat sharoitlariga moslashish xususiyatiga ega, shu jumladan svetofor ob’yektlari ish rejimi tartibga. Moslashuvchanlik xususiyati transport vositalari guruhlarining parchalanish va shakllanish qobiliyatida ifodalanadi. Chorrahalar oralig‘i bo‘ylab harakatlanish Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(2), Feb., 2023 1037 vaqtida guruhlarning parchalanishi va shakllanishi xavfsizlik intervallaridan kattaroq, lekin erkin harakatlanish vaqtidan kamroq vaqt oraliqlarining mavjudligi bilan bog‘liq. Avtotransport vositalarining haydovchilari ularning xavfsizligini kafolatlaydigan vaqt oralig‘ida keyingi transport vositalarining harakatini hisobga olgan holda cheklangan diapazonda tezligini o‘zgartirishi mumkin.
|
| |