Transport oqimini tezkor axborotlar yordamida boshqarish




Download 12,4 Mb.
bet74/109
Sana27.05.2024
Hajmi12,4 Mb.
#254493
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109
Bog'liq
ИТТ darslik (2)

12.3. Transport oqimini tezkor axborotlar yordamida boshqarish
TFIS (Traffic Flow Information System) tizimi transport oqimini boshqarishda xaydovchiga tezkor uzatish vositalari yordamida axborotlarni yetkazishga asoslanadi. Amaliyotda so’z yo’l atrofida joylashgan informatsion displeylar yoki barcha yo’l kesimini qamrab olgan portallar to’g’risida yuritilmoqda. Informatsion displeylarga chiqarilayotgan matn avtomatik tarzda boshqarish markazida jamlanadi va shahar harakatni boshqarish tizimini ajralmas qismi hisoblanadi. Matnlarni jamlovchi algoritmlarning asosi tarmoqning bir nechta nuqtalarida o’lchanadigan transport parametrlari hisoblanadi. Ko’pchilik xolatlarda ushbu algoritmlar “yumshoq” usullar yoki ekspert tizimlarga asoslanadi.
Transport oqimini tavsiflarini qoniqarli yoritish uchun ikkita parametrlarni o’lchash yetarli: tezlik va intensivlik yoki detektorlarning bandlik darajasi. O’lchangan qiymatlari avtomatik klassifikatorlarga kiradi va transport intensivligini 1–5 gacha bo’lgan bosqichlar asosida baholaydi. Ushbu usul yordamida belgilangan doirada transport oqimini real makon- vaqt modeli aniqlanadi. Transport tarmog’ida rivojlanayotgan jarayonlarning aniq bashorati asosida boshqarish strategiyalari belgilanadi. Yo’lning o’tkazuvchanlik qobiliyatidan foydalanish darajasi ham parametr sifatida hisobga olinadi.
Boshqarish jarayonida axborotlarni bashorat qilish va uzatishning minimal vaqti 30 daqiqa hisoblanadi. Ushbu bashoratlarsiz faqatgina qisqa bashoratlardan olingan axborotlar tarmoq mustahkamligini yomonlashi mumkin va amaldagi xaqiqiy vaziyatni aks ettirmaydi. Xaydovchilar olayotgan axborotlarni haqiqiyligi katta ahamiyatga yega, chunki ular harakat xavfsizligiga ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Sifatsiz va xaqiqatga mos kelmaydigan axborotlar tizimning faoliyatiga salbiy ta’sirini ko’rsatadi.
Xabarlar matni kompyuterda qo’l yordamida teriladi va masofaviy uzatiladi. Bu mazmunida bevosita ish joyida boshqarish pulg’ti yordamida tayyorlangan matnning ahamiyati yuqori ekanligini anglatadi Tayyorlash jarayonida to’g’ri keladigan matnni boshqarish blokida saqlashda alfavit-raqamli klaviatura yoki shahsiy kompyuter yordamida amalga oshiriladi. Boshqarish markazidan masofaviy qo’lda boshqarish ikkinchi jarajali hisoblanadi. Ushbu vaziyatda operator matnni bevosita boshqarilayotgan kompyuter monitorida tayyorlaydi.
So’z boshqarish tizimini asosiy qismi to’g’risida yuritilganda ikkitomonlama aloqa kanalini yaratish lozim. Displey yo’nalishida zarur bo’lgan matn yuborilsa orqa yo’nalishida matndagi o’zgarishlar, displeyning umumiy xolati va mavjud bo’lgan nosozliklar to’g’risida axborotlar beriladi. SHu tufayli boshqarish bloklarini ishini ta’minlash uchun uzluksiz ta’minot manbalaridan foydalaniladi va ular yordamida tizimning nosozligi to’g’risida axborotlar yuqoridagi tizimlarga uzatiladi.
EURO-SCOUT Evropa loyihasi doirasida o’tkazilayotgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, informatsion tizimlar transport tarmog’ining sifatiga kuchli ta’sir ko’rsatishi mumkin.



Download 12,4 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109




Download 12,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transport oqimini tezkor axborotlar yordamida boshqarish

Download 12,4 Mb.