Transportda elektron to’lov tizimi. EFC (Electronic Fee Collection)- integrallashgan elektron to’lov tizimi




Download 12,4 Mb.
bet77/109
Sana27.05.2024
Hajmi12,4 Mb.
#254493
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109
Bog'liq
ИТТ darslik (2)

13.2. Transportda elektron to’lov tizimi. EFC (Electronic Fee Collection)- integrallashgan elektron to’lov tizimi.
EFC (Electronic Fee Collection) elektron to’lov tizimlari ko’p yillar davomida ko’pchilik davlatlarda transportda yo’l haqini to’lashda ishlatilmoqda, ya’ni maxsus kategoriyali transport vositalari tomonidan yo’llardan foydalanish uchun haqini to’lashda, misol, yuk avtomobillarning og’irligi belgilangan mehyordan oshgan xollarda yoki barcha transport vositalarning yo’ldan foydalanish haqini to’lashni amalga oshirganda.
EFC nafaqat ko’rsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar manbai hisoblanadi, xattoki samarali tartibga soluvchi vosita (regulyator) sifatida ishlatilishi mumkin, misol uchun progressiv tariflar yordamida agarda xaydovchi shahar markaziga jamoat yo’lovchi transportidan foydalanmasdan o’zining transport vositasida kirib borsa yo’l haqi bir necha barobar oshadi. Transport vositalari avtotransport tonnelidan harakatlansa yo’l haqini to’lash xuddi yuqoridagi misol kabi amalga oshiriladi.
EFC integral elektron to’lov tizimi- YI (Evropa Ittifoqi) davlatlari darajasida CEN TC278 ishchi guruhi doirasida standartlashtirilgan va qabul qilingan platforma. WG1 «Electronic Free Collection» ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan standartlarning asosiy qismi bo’lib, alohida olingan transport operatorlari (to’lovli transport xizmatlarini ko’rsatuvchi sub’ektlar) o’rtasida elektron to’lovlar haqida yoki alohida olingan to’lov tizimlari (moliya tashkilotlari) o’rtasidagi axborot almashuvini ta’minlovchi usullar hisoblanadi.
EFC integral elektron to’lov tizimi ushbu kontseptsiya bo’yicha vazifasi- yo’l haqi to’lovini to’laqonli amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat.
Yo’l haqini to’lamaslik ikki shakllda bo’lishi mumkin: ataylab yoki bilmasdan. Yo’l haqini ataylab to’lamaslik xollarida so’z yolg’onlik to’g’risida ketmoqda, ushbu xollarda albatta xaydovchiga nisbatan jarima solinadi. EFC integral elektron to’lov tizimi samarali ishlashi uchun yaxshi nazorat tizimi tadbiq etilishi lozim.
EFC integral elektron to’lov tizimidagi nazorat tizimlari asosiy ikki sinflarga ajratiladi: mobil va statsionar.



Download 12,4 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109




Download 12,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transportda elektron to’lov tizimi. EFC (Electronic Fee Collection)- integrallashgan elektron to’lov tizimi

Download 12,4 Mb.