Internet tarmog’idan foydalanib axoliga marshrutlar xaqida ma’lumotlarni o’z vaqtida taqdim etish




Download 12,4 Mb.
bet76/109
Sana27.05.2024
Hajmi12,4 Mb.
#254493
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109
Bog'liq
ИТТ darslik (2)

13.1. Internet tarmog’idan foydalanib axoliga marshrutlar xaqida ma’lumotlarni o’z vaqtida taqdim etish.
Qator tadqiqotlar va loyihalar natijalari shuni ko’rsatdiki aholini harakatchanligi qatnov yo’nalishining tanloviga o’z vaqtida ma’lumotlarni yetkazilishiga ijobiy ta’sir etadi. Serverlar Internetdan olayotgan va uzatib berayotgan ma’lumotlar va jamoat joylarida joylashgan axborot kiosklari, vokzallar, savdo markazlari va hokazolardan to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilib transport tizimlarini boshqarilmoqda. Yo’nalishni aniqlashda foydalanuvchi xattoki shaharning tashqarisida joylashishi mumkin bo’lgan boshlang’ich va oxirgi yetib borish manzilini hamda muddati va vaqtini ko’rsatadi. Printer shahar yo’lovchi jamoat transportini: metro, avtobuslar, tramvaylar, temir yo’l va boshqalarning barcha imkoniyatlarni hisobga olgan holda optimal yo’nalishni chop etadi. Ko’pchilik hollarda avtomobillardan foydalanilganda eng qisqa va tezkor yonalish (marshrut) belgilanadi. Talab bo’yicha yonalishni kartasi ham chop etiladi.
Jamoatchilikni axborot bilan ta’minlashning ushbu usulidan foydalanish uchun barcha jamoat yo’lovchi transportlarning harakatlanish jadvallari amalda ham bo’lishi lozim. Keyinchalik ushbu tizim nafaqat foydalanuvchilar xattoki kompyuter texnikasi bilan tanish bo’lmaganlar uchun ham foydalanishda qulay bo’lishi lozim. Xozirgi vaqtda tizim bilan kommunikatsiyani tashkil etishda jahon tillaridan: ingliz, nemis yoki frantsuz tillarini tanlash imkoniyati mavjud bo’ladi. Axborot kiosklarini bir nechta yo’nalishlar kesishgan joylarida yoki oxirga bekatlarda joylashishi foydalanuvchiga muammosiz yaqin bo’lgan bekatga yetib borish imkonini beradi. ROMANSE Evropa loyihasi doirasida bunday axborot kiosklari Angliyaning Sautgempton va Uinchester shaharlarida o’rnatilgan.
Keyinchalik o’tkazilgan tadqiqotlar quyidagi natijalarni ko’rsatdi:
Keyinchalik o’tkazilgan tadqiqotlar quyidagi natijalarni ko’rsatdi:

  • 80% iste’molchilar ushbu tizimdan foydalanishning oddiyligini ta’kidlashdi;

  • Ko’pchilik foydalanuvchilar axborotlarning aniqligi va sifatini yuqori baholashdi;

  • 50% so’rovdan o’tkazilganlar olingan ma’lumotlar asosida trassasini o’zgartirishdi;

  • 25% so’rovdan o’tkazilganlar transport xolati to’g’risida aktual axborotlar va to’liq kartografik ma’lumotlarga ega bo’lish uchun qiziqishini bildirgan.

Tadqiqotlar natijasiga asosan axborotlar hajmi sayyoxlik imkoniyatlari, tijorat imkoniyatlari va geografik kengligi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan kengaytiriladi. Xozirgi vaqtda axborot kiosklardan har kuni ta’minan 1000 kishi foydalanilayapti. Ko’pchilik shaharlarda hamda har xil tashkilotlar transport to’g’risida axborotlarni Internet orqali tarqatmoqda. Ushbu xizmatning foydasi yuqori, chunki uning yordamida transport vositalari transport tarmog’ida teng taqsimlanadi yoki jiddiy transport muammolari mavjud bo’lgan xollarda ular potentsial xaydovchilarning bir qismini shahar yo’lovchi jamoat transporti vositalaridan foydalanishga undaydi.
Transport vaziyati transport sxemasida odatda har xil ranglar bilan belgilanadi. Ko’pchilik xolatlarda belgilangan yo’lning qismida transport vositasining real xolatidagi aktual raqamli rasmini ko’rish mumkin, yoki CCTVdan olingan rasm to’g’ridan-to’g’ri uzatiladi. Transport maqsadlari uchun maxsus TMC Internet nomi ishlatiladi. Uning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilar:

  • ALERT C TMC protokoliga asoslangan;

  • ALERT C yordamida joyini aniqlash;

  • Internet platformasi;

  • Dasturiy ta’minotni o’zining shahsiy kompg’teriga yozib olish imkoniyati mavjudligi;

  • Himoyalangan kompyuterda aktualizatsiya (u’date), ya’ni Internet serverini transport markazidan yoki axborot serveridan ishonchli ajratish nixoyatda muhim.


Download 12,4 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109




Download 12,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internet tarmog’idan foydalanib axoliga marshrutlar xaqida ma’lumotlarni o’z vaqtida taqdim etish

Download 12,4 Mb.