• 14.YO‘L TONNELLARI AXBOROT TIZIMI ITT TARKIBIY QISMI SIFATIDA
  • 14.1. Tonnellarning texnik tizimlari
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik




    Download 12,4 Mb.
    bet79/109
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,4 Mb.
    #254493
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   109
    Bog'liq
    ИТТ darslik (2)

    Nazorat savollari

    1. Serverlar Internetdan olayotgan va uzatib berayotgan ma’lumotlar qayerlardan olinadi?

    2. Avtomobillar uchun eng qisqa va tezkor yonalish (marshrut) qanday belgilanadi?

    3. Axborot kiosklarini qayerlarga joylashtiriladi?

    4. ROMANSE Evropa loyihasi doirasida axborot kiosklari qaysi shaharlarda o’rnatilgan.?

    5. Transport maqsadlari uchun maxsus TMC Internet nomi nima uchun ishlatiladi?

    6. TMC Internet dasturining asosiy ko’rsatkichlari qaysilar?

    7. EFC (Electronic Fee Collection) elektron to’lov tizimlari nima uchun ishlatilmoqda?

    8. EFC integral elektron to’lov tizimi nima uchun ishlatiladi?

    9. EFC integral elektron to’lov tizimining vazifasi nimalardan iborat?

    10. Yo’l haqini to’lamaslik qaysi shakllda bo’lishi mumkin?

    11. EFC integral elektron to’lov tizimidagi nazorat tizimlari qaysi sinflarga ajratiladi?

    12. Interfaol android kioskidan asosan nima uchun uchun foydalaniladi. Interfaol android kioskqayerlarda keng tarqalgan?

    13. Zamonaviy ma'lumot kiosklari Wi-Fi imkoniyatlari va 3G ulanishini o'z ichiga oladimi?



    14.YO‘L TONNELLARI AXBOROT TIZIMI ITT TARKIBIY QISMI SIFATIDA
    14.1. Tonnellarning texnik tizimlari
    14.2. Tonnelning funktsional arxitekturasi
    14.3. Tonnelning asosiy boshqarish tizimi
    14.4.Ventillyatsiya tizimi

    Tayanch iboralar: Tonnel, tirbandlik, optik signalizatsiya tizimi, telematika, transport tizimi, texnika xavfsizligi uskunasi, tonnelni yoritish, yorug’lik darajasi, ventilyatsiya, maxsus datchik, xavfsizli, SOS uskunasi, CCVT tizimi, radioaloqa tizimi, mobil telefon, funktsional arxitektura, boshqarish ierarxiyasi, tabiiy yorug'lik darajasi, LED yoritgich,, tabiiy shamollatish, mexanik shamollatish tizimi.
    14.1. Tonnellarning texnik tizimlari
    Tonnel nafaqat kapital va ekspluatatsion harajatlar nuqtai nazaridan maxsus transport inshoati hisoblanadi, balki texnologik uskunalar xilma-xilligi va soni jihatidan barqaror va xavfsiz harakatlanishni ta’minlovchi ob’ekt hisoblanadi. Tonnelning shahar xududi va shahar atrofi xududlaridagi transportni boshqarish tizimi bilan aloqalarni o’rnatishda juda muhim ahamiyatni kasb etadi. Tonnel ushbu doirada transport tizimining asosiy qismi hisoblanadi va uning transportni boshqarish markazlari, dispetcherlik punklari, tezkor va qutqaruvchi xizmatlar bilan ikki tomonlama aloqalari nihoyatda muhim hisoblanadi.
    Tonnellarda tirbandlik paydo bo’lgan xollarda optik signalizatsiya tizimi tonnellar atrofida boshqarish jarayonini ta’minlash uchun zarur bo’lgan o’zgartirishlarni kiritadi. Demak, zarur bo’lgan texnologiyalar bilan jihozlangan avtomobil yo’lining tonneli asosiy telematik kichik tizimi sifatida transport oqimini boshqarish umumiy telematik tizimiga kiritilishi lozim. Tonnel inshoati qurilish va texnologik qismlariga ajratiladi. Telematika nuqtai nazaridan texnologik tutashuvlar (uzellar) qiziqish uyg’otadi. Ularda axborotlarni yig’ish, ishlov berish va uzatishlar amalga oshiriladi. Funktsional arxitektura asosiy uchta qismlardan iborat.
    Transport tizimi- majmuaviy transport funktsiyalar bajarilishini ta’minlaydi va boshqa shaharda yoki avtomagistrallarda transportni boshqarish tizimlari bilan bog’langan.
    Texnika xavfsizligi uskunalari- yo’l harakati qatnashchilari va tonnelda xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi bir nechta kichik tizimlardan tashkil topgan.
    Texnik uskunalar- tonnelning funktsional qobiliyatini ta’minlaydi. Ushbu tizim tarkibida tonnel va uning atrofidagi barcha foydalanuvchilar uchun ventilyatsiya, energiya ta’minoti, yoritish kabi tizimlar xizmat qiladi.
    Tonnellarni yoritishning maqsadi- kecha va kunduzi harakat qatnashchilari uchun xavfsizlik va bir tekisda harakatlanishni ta’minlovchi yorug’lik sharoitlarini ochiq yo’llardagi sharoitlar kabi tashkil etishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi sharoitlar tashkil etilishi lozim:
    a) xaydovchilar tonnelga kirib kelishida, unda harakatlanish va chiqib ketish jarayonlarida boshqa transport vositalari to’g’risida va ularning harakatlanishi, yo’ldagi mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan to’siqlar va oldidigi yo’lning xolati to’g’risida yetarli darajada axborotlarga ega bo’lishi;
    b) tonneldagi yorug’lik darajasi tashqi muhitdagi yorug’likga nisbatan xalqaro talablarga mos ravishda belgilanishi va xaydovchilarning ishonchlilik tuyg’usini yuqori darajada saqlab qolishi.
    Ventilyatsiya- nafaqat muammo yo’q paytida, ya’ni standart rejimida, aksariyat yong’in, yoki boshqa favquloddagi vaziyatlar sodir bo’lgan xollarda katta ahamiyatga ega. Ventilyatsiyaning mohiyati quyidagilardan iborat:
    a) tonnelda havo tarkibida zararli moddalarning to’planishi ruxsat berilgan darajadan oshmasligini va sanitariya talablariga mosligini ta’minlash, va inson xayotiga xavf tug’dirmaydigan darajada saqlab turishi;
    b) transport vositalari ruxsat berilgan maksimal tezlikda tonnelda harakatlanganida chang va ichki yonuv dvigatellaridan chiqqan ishlangan gazlarni xaydab xaydovchilarga yo’lni yaxshi ko’rish uchun imkoniyat yaratishi;
    v) tonneldagi transport vositalarida yong’in sodir bo’lgan xollarda tonneldagi insonlar sog’ligiga va boshqa transport vositalariga salbiy ta’sirini kamaytirish.
    Yuqoridagi funktsiyalarni bajarish uchun ventilyatsiya tizimlari qator datchiklar bilan jihozlanishi lozim. Maxsus datchiklar infraqizil nurlari asosida ishlaydi va xavoda tutun va zararli uglerod chiqindilarni o’lchaydi. Undan keyin ultratovush datchiklar yordamida shamol tezligi va yo’nalishi o’lchanadi xamda harorat, bosim va boshqa qo’rsatkichlar o’lchanadi.
    Har bir tonnel yo’l harakati qatnashchilarining yuqori darajali xavfsizligini ta’minlash lozim. Tonnelda xavfsizlik uskunalari o’rnatilgan va ularning asosiy vazifasi favqulodda vaziyatlar sodir bo’lishini oldini olish, agarda bunday vaziyat sodir bo’lsa tonneldagi insonlarni maksimal darajada himoyasini ta’minlashi zarur.Texnika xavfsizligining odatiy qoidalari quyidagilardir:
    a) Tonnelda joylashgan elektroyon signalizatsiya, lazer tamoyilida ishlovchi datchiklar, yong’in to’g’risida chiziqli habar beruvchi va haroratni o’lchovchi integral datchiklar yordamida axborot berilishi;
    b) SOS uskunalari yordamida dispetcherlik punktiga ovoz bilan yoki knopka yordamida aloqaga chiqish imkoniyati;
    v) Tonnelda va uning atrofida CCVT tizimi yordamida nazorat imkoniyati;
    g) yong’inni o’chirish va evakuatsiya vositalarining mavjudligi.
    Tonneldagi harakarlanishni radiouzatuvlar yaxshilashi mumkin va ular xaydovchini atrofdagi xududlar bilan aloqasini ta’minlaydi va psixologik samaraga ega, lekin axborotlarni uzatishda klassik vosita sifatida RDS-TMC transport xabarlarini uzatuvchi kanal asosiy deb hisoblanadi. Tonnelda favquloddagi vaziyat sodir bo’lganda xavfsizlik xizmati juda muhim bo’lgan radioaloqadan foydalanadi. SHu bilan birga ushbu aloqa tonnelda servis xizmati ishini yengillashtiradi.
    Radioaloqa tizimi xaydovchiga bir tomonlama axborot uzatishdan tashqari qutqaruvchi xizmatlar bilan ikki tomonlama aloqani ham ta’minlaydi.
    Mobil telefon xaydovchilar yoki yo’lovchilar tomonidan tonnelda sodir bo’lgan favquloddagi vaziyatlar to’g’risida zudlik bilan axborotlarni uzatish vositalasi hisoblanadi. SHuning uchun tonnellar barcha mobil telefon operatorlari bilan aloqa vositalarini o’rnatishi talab etiladi.



    Download 12,4 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   109




    Download 12,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik

    Download 12,4 Mb.