• 16.1-rasm. Nissan kompaniyasi Nissan ASV-4 avtomobili
  • Advanced Safety Vehicle (ASV) Nissan- Innovatsion xavfsiz avtomobil




    Download 12,4 Mb.
    bet87/109
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,4 Mb.
    #254493
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109
    Bog'liq
    ИТТ darslik (2)

    16.1. Advanced Safety Vehicle (ASV) Nissan- Innovatsion xavfsiz avtomobil
    Nissan kompaniyasi Nissan ASV-4 deb nomlangan avtomobili uchun innovatsion tizimli xavfsiz avtomobilning to’rtinchi avlodini ishlab chiqdi. Tizimning asosiy vazifasi- innovatsion texnologiyalar yordamida avtomobillar o’rtasidagi kommunikayatsilarni yaxshilash evaziga avariyalar sonini kamaytirishdir. ASV-4 avtomobilida har xil texnologiyalarni testdan o’tkazildi va ulardan tijorat ishlarida foydalanish uchun tavsiya etdi. Ushbu avtomobilining ogohlantirish tizimi xaydovchini ogohlantirish uchun avtomobillar o’rtasidagi V2V kommunikatsiyasidan foydalanadi va qarama-qarshi harakatlanuvchi avtomobil to’g’risida ogohlantiradi. Natijada yo’lda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli vaziyatni oldini oladi.

    16.1-rasm. Nissan kompaniyasi Nissan ASV-4 avtomobili

    Transport avariyalari to’g’risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar quyidagi vaziyatlarda ko’pchilik xodisalar sodir bo’lishini ko’rsatmoqda:



    • «ko’rinmas» chorraxalarda ikki avtomobillar to’qnashuvi;

    • chorraxada o’ng tomonga burilgan avtomobil bilan qaqama-qarshi harakatlanuvchi avtomobillar to’qnashishi;

    • chapga burgan avtomobilning velosiped yoki mototsiklni turtib ketishi;

    • orqadan bosib ketishi.

    Navigatsiya tizimi tomonidan xavfli vaziyat aniqlanadi va u to’g’risida axborotlarni xaydovchiga harakatlanish jarayonida yetkazadi, natijada yo’l-transport xodisasi sodir bo’lishining oldi olinadi.
    General Motors tomonidan avtomobil harakatlanish jarayonida yordam berish uchun ishlab chiqilgan va V2V (vehicle-to-vehicle) deb nomlangan tizim avtomobillar o’rtasida axborot almashuvini xaydovchisiz amalga oshirishga imkon beradi. V2V tizimi avtomobillar o’rtasida simsiz aloqani o’rnatadi va uning yordamida joylashgan xududi va tezligi to’g’risida axborotlar uzatiladi.
    Bundan tashqari tizim uzluksiz ushbu ma’lumotlarni taxlil qiladi va boshqa avtomobillar tomonidan keltirib chiqishi mumkin bo’lgan xavfli vaziyatlar to’g’risida axborotlarni xaydovchiga yetkazish evaziga yo’l-transport xodisasini oldini oladi.
    V2V asosiy apparat vositalariga quyidagilar kiradi: mikroprotsessor, signallar qabul qiluvchi GPS (navigatsiya sputnik tizimi) va LAN yuqori tezlikli tarmoq orqali axborotlarni simsiz modul orqali uzatish. V2V tizimiga ega bo’lgan avtomobillar xuddi noutbuk aeroport yoki kafeda «xot-spot» usuli kabi bir biri bilan aloqa bog’laydi.
    Ushbu aloqani amalga oshirish asosida simsiz aloqa yordamida tarmoqni bog’lash texnologiyasi WLAN (Wireless Local Area Network) va IEEE 802.11 protokoli yotibdi. V2V tizimini WLAN-uzatish va qabul qilish uskunasi bilan har bir avtomobilni jihozlash g’oyasi mashinalarga o’zaro axborotlar bilan almashish imkonini beradi.Wi-Fi uzunligi cheklanganligi tufayli har bir avtomobil marshrutizator sifatida axborotlarni keyingi manzilga (adres) uzatadi. Marshrutlashtirish algoritmi aniq mashina joylashishidan kelib chiqqan xolda barcha tarmoqning konfiguratsiya o’zgarishiga tezkor moslashish imkonini yaratadi.
    WLAN-uzatish uskunasining ta’sir qiluvchi masofasi ta’minan uch yuz metrni tashkil qiladi, lekin avtomobillar zanjir shaklida bog’lanadi va “tasodifiy tarmoqni” (adhoc network) tashkil etadi. Axborotlar bilan zudlik almashish (har bir habar hajmi kilobaytga teng bo’ladi) V2V tarmog’i yordamida xattoki zich harakatlanish xududlarida ham taxminan ikki yuz avtomobillarga ma’lumotlarni uzatadi. Bundan tashqari har bir modul nafaqat qabul qiluvchi-uzatuvchi, xattoki ma’lumotlarni “tashuvchi” sifatidao’zini namoyon qiladi.
    Masalan, bo’sh yo’lda qarama-qarshi kelayotgan mashina bergan xabarini V2V tizimi buferda saqlaydi va bir necha kilometrdan keyin uchragan qarama-qarshi kelayotgan mashinaga uzatishi mumkin. Avtomobillar o’zining xududiy joylashishini GPS sputnik signallari yordamida aniqlaydi va boshqa avtomobillar bilan axborot almashadi, masalan, harakat tezligi, yo’l sharoitlari yoki tezlashish to’g’risida.
    Bugungi kunda avtomobillarning xavfsizlik tizimi ko’pchilik datchiklar bilan jihozlanishi mumkin, xususan, avtomobilning “ko’rinmas zona”sida ob’ektlarni aniqlovchi datchiklar yoki kruiz-nazorat tizimi bilan bog’langan radar datchiklar. V2V tizimi yordamida GM mutaxassislari ayrim datchiklarning qoplash xududi va ishchi diapazonini kengaytirish evaziga avtomobilni qurshab olgan sharoitlarni baholash va har tomonlama kuzatuvni ta’minlovchi samarali va arzon usulni yaratishdi.



    Download 12,4 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109




    Download 12,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Advanced Safety Vehicle (ASV) Nissan- Innovatsion xavfsiz avtomobil

    Download 12,4 Mb.