Avtomobilning harakatlanish jarayonida xavfli vaziyat paydo bo’lishi to’g’risida xaydovchini ogohlantiruvchi innovatsion texnologiyalar




Download 12,4 Mb.
bet88/109
Sana27.05.2024
Hajmi12,4 Mb.
#254493
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109
Bog'liq
ИТТ darslik (2)

16.2. Avtomobilning harakatlanish jarayonida xavfli vaziyat paydo bo’lishi to’g’risida xaydovchini ogohlantiruvchi innovatsion texnologiyalar
GM muxandislari bir nechta amaliy misollarda yangi texnologiyaning yutuqlarini namoyon etishdi. Oldinda qo’zg’almas avtomobil joylashgan. Agarda avtomobil buzilishi tufayli yo’lning chetida to’xtasa tizim xaydovchini ogohlantiradi. Qo’zg’almas avtomobil boshqa avtomobil harakat qilayotgan qatordan tashqari joylashgan xolda ham yaqinlashayotgan avtomobilning xaydovchisini ogohlantiradi. Ushbu xolat vizual kontaktgacha amalga oshiriladi. SHu tariqa xaydovchi oldindan sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli vaziyatning oldini olish imkoniga ega bo’ladi.
Favqulodda to’xtash to’g’risida ogohlantirish. Xozirgi paytda zamonaviy avtomobillarda tezkor to’xtash amalga oshirilganda stop-signallar o’chib yonishi tezlashadi.
V2V tizimi yordamida xozirgi paytda samarali ogohlantirish sharoiti mavjud va orqadan harakatlanayotgan transport vositasi xaydovchisiga ma’lumot uzatilgandan so’ng unda avtomobil tezligini pasaytirish imkoni paydo bo’ldi. Bu vaziyat xaydovchi xavfli zonani ko’rishdan ilgari erta sodir bo’ladi. Ushbu xolatda displeyga chiqariladigan vizual belgi ishlatiladi.
Tirbandlik xolatida yoki avtomobil buzilib yo’lning chekkasida to’xtab qolgan taqdirda avariya xolati sodir bo’lishi mumkin: avtomobil sekin harakatlanadi yoki to’xtab qoladi, natijada orqadan harakatlanib kelayotgan avtomobil uchun xavfli vaziyat paydo bo’ladi. V2V tizimi yordamida qatordagi xavfli manbaga avtomobil yaqinlashganligi va to’qnashish sodir bo’lishi mumkinligi to’g’risida xabarni xaydovchi displey orqali oladi.
Orqadan avtomobil yaqinlashib kelgan sari to’xtab turgan avtomobilning orqa chiroqlari tez-tez (migat) yonib-o’cha boshlaydi, ovozli signal va o’rindiq vibratsiyasi esa- yaqinlashib kelayotgan avtomobil xaydovchisini ogohlantiradi.
Bunday xolatda xaydovchida avtomobilni to’xtatishga yoki zarurat tug’ilganda xatarli joyni aylanib o’tishga vaqti yetarli bo’ladi. “Ko’rinmas zonada” avtomobil borlig’i to’g’risida ogohlantirish (ayniqsa harakat qatori o’zgarganda). Harakat qatori o’zgarganda yordam ko’rsatish funktsiyasi “ko’rinmas zonada” avtomobil mavjudligi to’g’risida xaydovchilarni ogohlantiradi, ushbu jarayon ko’pqatorli yo’llarda intensiv transport oqimi mavjud sharoitida xavfsizlikni ta’minlash uchun katta ahamiyatga ega. Vizual signal xaydovchini ogohlantiradi, agarda boshqa avtomobil orqa ko’rinish oynasida ko’rinmas zonada harakatlansa. Avtomobil kuzovining tegishli tomonida orqa ko’rinish oynasining korpusida o’rnatilgansvetodiod chirog’i yonadi. Signalning yonish intensivligi keskin oshadi, agarda xaydovchi harakat qatorini o’zgartirib xavfli vaziyatni yaratsa.Ushbu xolatda svetodiod chirog’i tez-tez yonib o’chadi, xaydovchini o’rindig’i esa vibratsiya beradi.
Favquloddagi xizmatlar avtomobilining yaqinlashishi to’g’risida ogohlantirish. Favqulodda yordam ko’rsatish avtomobilining signalini eshitgan xaydovchilar uni qaysi tomondan harakat qilayotganini aniqlashga qiynaladilar, ayniqsa harakatlanish shahar sharoitida amalga oshirilsa. V2V tizimi yordamida xaydovchilar ushbu avtomobillar harakatining yo’nalishlari to’g’risida axborot oladilar va zarur bo’lgan xollarda to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatma oladi “Yo’lning chetiga o’ting” yoki “CHap qatorni bo’shating”. Bunday xolatda avariya xizmatlarining avtomobillari qisqa vaqt ichida manzilga yetib borish va jabrlangan insonlarga tez yordam ko’rsatish imkoniga ega bo’ladi.
Yo’lning bir qismida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari to’g’risida ogohlantirish. Har bir xaydovchiga tanish vaziyat: yo’lni ajratuvchi bo’lakda maysa o’rish ishlari olib borilmoqda va xavfsizlik choralari ko’rilgan, ta’mir ishlarini olib boruvchi texnikasi ketidan ogohlantiruvchi chiroqlari yoqilgan xolda xizmat avtomobili harakatlanayapti va u yo’lni aylanib o’tish (ob’ezd) yo’nalishini ko’rsatmoqda. Bu choralarga qaramasdan ayrim xollarda diqqati pasaygan xaydovchi aybi bilan orqadan kelayotgan avtomobil oldinda harakatlanuvchi transport vositasi bilan to’qnashadi. Bunday to’qnashuvning xavfi pasayadi, agarda xizmat avtomobili ogohlantiruvchi signalni uzatsa va u orqada harakatlanayotgan avtomobil displeyida aks ettiriladi, misol: “CHap qator band. O’ng tomondan harakatlaning”.
CHorrahada to’qnashish xavfi to’g’risida ogohlantirish. Yaxshi ko’rinmagan va svetoforlar bilan jihozlanmagan chorraxalar juda xavfli, chunki xaydovchilar bir-birini yaxshi ko’rmaydi. V2Vtizimi avtomobillarga bir-birini to’g’ridan-to’g’ri ko’rishdan ilgari aloqa bog’lashga va xavfli vaziyatni oldini olishga imkon yaratadi. Ularda avtomobilni to’xtatishga yoki aylanib o’tish uchun boshqa yo’lni tanlash imkoni va vaqti bo’ladi. Agarda bunday vaziyatda to’qnashish xavfini bartaraf qilish imkoni bo’lmasa V2V avtomatik ravishda avtomobillarni to’xtatadi. GM mutaxassislari V2V tizimini ko’pchilik avtomobillar butlovchi qismlarining asosiy tarkibiga kirgan komponetlar asosida yaratgan.
Yaponiyaning Toyota RAV4 avtomobili JNCAP reytingi mezonlariga muvofiq passiv va faol xavfsizligi uchun eng yuqori reytingga ega bo'ldi.
RAV4 avtomobili ilgari Evropa EURO NCAP va Amerika IIHS-da eng yuqori mukofotga sazovor bo'lgan edi.
Avtomobilning yuqori darajasigagi passiv xavfsizligiga uning innovatsion arxitekturasi va yuqori pishiq po'lat materiallardan foydalanish yasash orqali erishildi.
RAV4 ning profilaktik xavfsizligi uchun mas'ul Toyota Safety Sense 2.0 bo'lib, u ko'plab ilg'or haydovchilarga yordam tizimlari, jumladan dinamik radar kruiz nazorati va piyodalarni qorong'ida tanib olish qobiliyatiga ega to'qnashuvning oldini olish tizimiga ega.
JNCAP mutaxassislari RAV4 ning to'qnashuv paytida haydovchi va yo'lovchilar uchun xavfsizlikni ta'minlash qobiliyatini yuqori baholab, mashinaga besh yo’lduz berishdi. U zarbaning kinetik energiyasini samarali taqsimlay oladi va krossover ichki zonasini deformatsiyalardan himoya qiladi.
Passiv xavfsizlikdan tashqari, JNCAP reytingi har yili avtomobillarni ASV mezonlariga javob berish nuqtai nazaridan tahlil qilib, ilg'or profilaktik xavfsizlik tizimlarini saralaydi (Advanced Safety Vehicle- ilg'or xavfsizlik darajasidagi avtomobil). Bu yil mutaxassislar, shuningdek, piyoda figurasi aniqlanganda, qorong'ida avtonom tormoz tizimlarining xatti-harakatlarini baholadilar. RAV4-da Toyota Safety Sense 2.0 tizimlari majmuasi mavjudligi sababli, u hatto qorong'ida ham piyodani aniqlay oladi va favqulodda tormozlashni mustaqil ravishda amalga oshirad.
RAV4 avtomobili ko'plab ilg'or tizimlarni o'z ichiga oladi:

  • yo'l belgilarini aniqlash tizimi (DRCC + RSA = iDRCC);

  • katta tezliklarda ishlaydigan, avtomatik tormozlash funksiyasiga ega bo'lgan old to'qnashuvni ogohlantirish (PCS) tizimi;

  • old avtomobilgacha masofani saqlaydigan dinamik radar kruiz nazorati;

  • qorong'ida velosipedchilar va piyodalarni tanib olish qobiliyati (AHB)

  • avtomobilni tanlangan bo'lakda ushlab turish tizimi (LTA) tizimi.

Shuningdek, avtomobil faol burilishga yordam berish tizimi (ACA), keyingi to'qnashuvlarning oldini olish uchun tormozlash funksiyasi (SCB), haydovchining charchashini nazorat qilish va xabardor qilish tizimi, vizual va ovozli ogohlantirish (RCTA) funksiyasiga ega to'xtash joyidan orqaga qaytishda yordam tizimi va vizual ogohlantirish funksiyasiga ega ko'r nuqta monitoringi tizimi (BSM) bilan jihozlangan.
Toyota RAV4 bilan bir qatorda, JNCAP reytingida Toyota Alphard miniveni, shuningdek, Yaponiya bozori uchun Toyota Vellfire va Raize modellari eng yuqori reytingga ega bo'ldi. Ushbu modellari ketma-ket ikkinchi yil JNCAP profilaktik xavfsizlik reytingining Gran-prisi bilan taqdirlandi.
2024 yil boshida Toyota RAV4 eng yuqori xavfsizlik ko'rsatkichlarini namoyish etdi va Evropaning yangi Euro NCAP avtomobillarini baholash dasturi sinovlari natijasida besh yo’lduzga sazovor bo'ldi. Shu yili Shimoliy Amerika qit'asida IIHS yo'l xavfsizligi sug'urta instituti modelga Top Safety Pick+eng yuqori mukofotini berdi.



Download 12,4 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109




Download 12,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobilning harakatlanish jarayonida xavfli vaziyat paydo bo’lishi to’g’risida xaydovchini ogohlantiruvchi innovatsion texnologiyalar

Download 12,4 Mb.