• 18. TRANSPORT VAZIYaTLARINING MONITORINGI
  • Tayanch iboralar
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik




    Download 12,4 Mb.
    bet91/109
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,4 Mb.
    #254493
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109
    Bog'liq
    ИТТ darslik (2)

    Nazorat savollari

    1. Yengil va yuk avtomobillarlarida qaysi faol xavfsizlikni oshirish tizimlari keng qo'llanilmoqda?

    2. ABS (blokirovkaga qarshi tizim) qanday ishlaydi?

    3. ESP (elektron barqarorlikni boshqarish) qanday ishlaydi?

    4. Brake assist- favqulodda tormozlashda yordam berish tizimi qanday ishlaydi?

    5. ACC ‒ adaptiv kruiz nazorati tizim qanday ishlaydi?

    6. FCW- oldinga to'qnashuv haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlaydi?

    7. LDW- chiziqdan chiqish tizimi qanday ishlaydi?

    8. BSD- ko'r joyni aniqlash tizimi qanday ishlaydi?

    9. Qaysi ichki (yopiq) tizimlar tashqi infratuzilma uchun foydali ma'lumot manbai bo'lib xizmat qilishi mumkin?

    10. Transportning o'zidan olinadigan ma'lumotlarga qo'shimcha ravishda yana qaysi ma'lumotlardan ham foydalanish mumkin?



    18. TRANSPORT VAZIYaTLARINING MONITORINGI
    18.1. DSSS: Driving Safety Support Systems- xaydovchiga xavfsiz harakatlanishga ko’maklashuvchi tizimlar
    18.2. To’qnashuvlarni oldindan ogohlantiruvchi tizim (Precrash Safety System)
    18.3.Yo’l belgilarini aniqlovchi tizim
    18.4. Tunda ko’rish tizimi.



    Tayanch iboralar: Driving Safety Su’’ort Systems tizimi, to’qnashuvlarni oldindan ogohlantiruvchi tizimi, “faol” transport- axborot xududi, ITTni yaratish yondoshuvi, yo'lning parameti,belgilarini tanib olish-, tezlik chegarasi, ma'lumotlar bazasi, datchik, ko'r nuqta, videokamera, boshqarish bloke, display, kameraning suratga olishi, tunda ko’rish tizimi,yorqin faralarning chaqnashi, texnik ko'rinish, texnik tamoyil,passiv infraqizil nur,faol infraqizil nur, tungi ko'rish tizim


    18.1. DSSS: Driving Safety Support Systems- xaydovchiga xavfsiz harakatlanishga ko’maklashuvchi tizimlar
    DSSS: Driving Safety Su’’ort Systems tizimi transport vositalari xaydovchilariga murakkab transport vaziyatlarida zarur bo’lgan ma’lumotlarni olishga ko’maklashadi (transport signallari, yo’l belgilari va shu kabilar). Bunday ma’lumotlar avtomobilga yo’l-transport infratuzilmasi tomonidan zamonaviy texnologiyalar, ya’ni intellektual transport tizimlari yordamida uzatilishi mumkin:

    • Svetoforning qizil chirog’ini xaydovchi o’z vaqtida ko’rishi uchun yordam beruvchi tizim. Ushbu tizim avtomobil tezligini aniqlaydi, svetoforning qizil chirog’i yonish vaqti bilan solishtiradi va xaydovchiga ogihlantiruvchi signalni yuboradi.

    • Smartway tizimi tezyurar magistrallarda yo’l-transport xodisasini (YTX) sodir bo’lishini oldini oladi. Tizimda datchiklardan, “yo’l-avtomobil” kommunikatsiyalari va boshqa zamonaviy texnologiyalari yordamida xaydovchini tirbandliklar, yo’ldagi avariyalar va shu kabi vaziyatlar to’g’risida ogohlantirish uchun foydalaniladi.

    • Yo’l belgilarini aniqlash tizimi. Maxsus videokamera avtomobil oldidagi ko’rinishlariga ishlov beradi, yo’l belgilarini aniqlaydi va tezlikni cheklash belgisining ko’rinishini “virtual displey” yordamida avtomobilning oldingi oynasiga proektsiya shaklida yuboradi.

    • Tungi ko’rinish tizimi eng zamonaviy texnik yechimlar yordamida tungi va kechki paytlarda yaxshi ko’rinishni ta’minlaydi. Ushbu tizimlarning asosi bo’lib termokameralar hisoblanadi, chunki ular ob’ektlarning harorati to’g’risidagi ma’lumotlarni oladi. Ma’lumki ushbu tizimlar piyodalar, xayvonlar va boshqa tirik to’siqlar to’g’risida kafolatli aniq ma’lumotlar bera oladi. Video ma’lumotlar va ularga berilgan ishlovlar intellektual avtomobilni kelajak kontseptsiyasining asosi bo’la oladi. Xozirgi vaqtda video ma’lumotlarga ishlov berish usullari yetarli darajada bo’lmaganligi tufayli ularni real vaqt sharoitida amalga oshirish murrakkab. Lekin, texnikani rivojlanish tezligini hisobga olsak yaqin bir necha yil davomida avtomobillarga bunday zamonaviy jihozlar o’rnatiladi.

    • Toyota kompaniyasi ishlab chiqqan piyodalarni aniqlaydigan tungi ko’rinish tizimi.

    Ko’rinish sharoiti murakkab xolatida Night View tizimi xaydovchiga avtomobilning oldidagi to’siqlarni, piyodalarni va yo’l xolatini ko’rish imkonini beradi. Maxsus infraqizil chiroq manbalari o’zining nurlari bilan avtomobil oldidagi ko’zga ko’rinmas yo’llarni yoritadi. Infraqizil nurlar yordamida yoritilgan xududlarga infraqizil kamerada ishlov beriladi va ob’ekt suyuqkristall displeyda namoyish etiladi. Agarda piyoda 40–100 m masofada harakatlanayotgan bo’lsa uning ko’rinishi displeyda sariq miltillovchi chiroq yordamida namoyish etiladi.



    Download 12,4 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109




    Download 12,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti intellektual transport tizimlari darslik

    Download 12,4 Mb.