|
- rasm. Toshkent shahrida harakat xavfsizligini boshqarish
|
bet | 99/109 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,4 Mb. | | #254493 |
Bog'liq ИТТ darslik (2)19.2- rasm. Toshkent shahrida harakat xavfsizligini boshqarish
Ushbu loyihalar- muhim va printsipial ahamiyatiga ega chunki ular davlatimiz transport sektorini intellektuallashtirish yo’lida tavakkalchilik va muammolarni baholashgi imkon beradi va intellektual transport tizimini samarali tadbiq qilish jarayoniga to’siq qiluvchi sabablarini tizimli aniqlashga yordam beradi.
«Toshshahartransxizmat» AJ “Toshkent shahrida yo’lovchilarni tashishni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi” loyihasi joriy etildi, uning asosiy maqsadi avtobuslarni marshrutlarda boshqarishni avtomatlashtirish evaziga hisob-kitob, nazorat, monitoring va boshqarish ishlarini samaradorligi oshirishdan iborat. Ushbu loyihaga «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan umumiy hisobda 920 mln. so’m harajat qilindi. Loyiha tadbiq etilgandan so’ng birinchi bosqichda 2017 yil yanvarg’- avgust oylari ichida iqtisodiy samara taxminan 1,3 mlrd so’mni tashkil qildi. Ushbu samara quyidagi ko’rsatkichlar o’zgarishi tufayli olindi:
• transport vositalarning umumiy bosib o’tgan masofa 8,0-10,0% kamaydi;
• transport korxonalarining doimiy harajatlari 1,0-3,0% qisqardi;
• yoqilg’ini sarfi 5,0-10,0% kamaydi;
• tashish tannarxi 0,5-1,0% kamaydi.
Umuman tashuvchi korxonalarning daromadlari o’rtacha hisobda 2,0-4,0% gacha oshdi. Ikkinchi tadbiq etilgan loyiha- Toshkent shahrida harakat xavfsizligini boshqarish kompyuter tizimi Loyiha bo’yicha poytaxtimizning asosiy va yirik chorraxalarida 160 avtomatik yo’l komplekslari o’rnatildi, ularning tarkibida kecha-kunduz rejimida bir vaqtda ishlaydigan svetoforlar va videokameralar mavjud. Videokuzatuv kameralari avtomobillar tezliklarini oshirganligini, svetoforning taqiqlovchi chirog’ida harakatlanish, taqiqlangan joylarda to’xtab turish kabi qoidalar buzilganini aniqlashga yordam beradi.
Hozirgi kunda «Toshshahartransxizmat» AJda shahar jamoat transportida avtomatlashtirilgan yo’l xaqini to’lash tizimi loyihasi tadbiq etilmoqda. Ushbu tizim bank tizimi bilan integrallashgan va barcha to’lov jarayonlarni Uzcard kartochkasi yordamida amalga oshiradi. Tizim birinchi bosqichda Toshkent shahrida keyinchalik Samarqand undan keyin esa butun respublika bo’yicha joriy etiladi. Loyihaning qiymati Toshkent shahri uchun- taxminan 30 mln. AQSH dollari (77,9 mlrd.sumov).
|
| |