• 19.2.O’zbekiston transport sektorining zamonaviy xolati va istiqboldagi vazifalari
  • - rasm. O’zbekistonda tadbiq etilayotgan ITT ko’rishini




    Download 12,4 Mb.
    bet98/109
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,4 Mb.
    #254493
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   109
    Bog'liq
    ИТТ darslik (2)

    19.1- rasm. O’zbekistonda tadbiq etilayotgan ITT ko’rishini.

    O’zbekistonda ITTni tadbiq qilish uchun xorijiy tajribalarni umumlashtirgan xolda quyidagi xulosalarni qilish mumkin.


    1. ITTni tadbiq qilish jarayonida xukumat tashabbuskor bo’ladi. AQSH, Yaponiya va Evropa Ittifoqida intellektual transport tizimlarini tadbiq etish loyihalari xukumatlar tomonidan asosiy strategik vazifa sifatida qo’llab-quvvatlangan. Birinchi bosqichda tadqiqotlar va loyihalar xukumat tomonidan moliyalashtirilgan va ITTni tadbiq qilish strategiyasi shakllangan. Keyinchalik ushbu strategiya asosida nodavlat sektorining mablag’lari ham jalb qilinadi.
    2. ITTni tadbiq etishda davlat dasturlari asosida manfaatdor tomonlar shakllanadi (davlar tuzilmalari, biznes-assotsiatsiyalar, akademik birlashmalar va boshqalar). ITTni samarali tadbiq etishda davlat va tijorat sektorlarning birlashishi shu doirada qator notijorat tashkilotlar paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi. Ularning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
    - yo’l infratuzilmasi rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
    - yo’l harakatini boshqarish maqsadida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish;
    - yuk va yo’lovchilarni mobilligi oshirish;
    - odamlarning xayot sifatini oshirish;
    - yo’lllarda xavfsizlikni oshirish;
    - atrof muhitga avtotransportning zararini kamaytirish
    Birgana Toshkent shahri bo’yicha yo’l oqimini samarasiz boshqarish tufayli umumiy ko’rilgan zarari yiliga 133 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi.


    19.2.O’zbekiston transport sektorining zamonaviy xolati va istiqboldagi vazifalari
    O’zbekistonda avtomobillashtirish darajasi bugungi kunda o’rtacha hisobda 1000 kishiga taxminan 105 ta avtomobil to’g’ri keladi. Ushbu ko’rsatkich borgan sari yuqori surhatlar bilan o’sib bormoqda va hisoblar bo’yicha 2030 yilda ikki barobar oshadi- 1000 kishiga 132 avtomobilgacha yetadi. Bunday rejani amalga oshirish uchun O’zbekistonda qator ishlar amalga oshirilishi lozim.
    1. Avtomobil yo’llarning o’tkazuvchanlik qobiliyati oshirish. Yo’l-ko’cha tarmog’ini ortiqcha yuklanganligi yuk va yo’lovchilarni yetib borish muddati va tezligini pasaytiradi (tavsiya etilgan mehyorlardan 15- 20% past) va u o’z navbatida tashish tannarxining 20- 30% o’sishiga va natijada transport xizmatlarining yakuniy qiymatining o’sishiga, aholi tomonidan vaqt yo’qotishlarga olib kelmoqda. Hisoblar shuni ko’rsatmoqdaki, avtomobilchilarning Toshkent shahridagi tirbandliklar natijasida vaqt yo’qotishlari 3,3 mln. soat tashkil qiladi yoki pul qiymatida yiliga taxminan 67,7 mln. AQSH dollariniga tenga. Yoqilg’i yo’qotishlari esa 23,6 mln. AQSH dollaridan ortiq. Tirbandliklar va to’xtab turishlar tufayli yo’lovchilarning yo’llardagi yo’qotishlari yiliga taxminan 41,7 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi. Jami ushbu harajatlar har yiliga taxminan 133 mln. AQSH dollariga teng.
    2. Yo’llarda ekologik vaziyatni yaxshilash va energiya harajatlarini kamaytirish. Avtomobil transportini ekologik vaziyatga salbiy ta’siri asosan atmosferaga zararli chiqindalarni chiqazish (qo’rg’oshin, CO2) xamda suv ob’ektlarni ifloslantirish va transport shovqinidan iborat. Hisoblar natijasi bo’yicha Toshkent yo’llaridagi tirbandliklar qo’shimcha 561100 kg hajmida CO2 chiqindariga sababchi bo’lmoqda.
    Umuman O’zbekistonda avtomobil transporti tomonidan iste’mol qilingan ortiqcha energiya tufayli yo’qotishlar yiliga 315 mln AQSH dollarini tashkil etadi.
    3. Harakat xavfsizligini oshirish. O’zbekistonda yo’llardagi o’lim xolatlari ko’rsatkichi bo’yicha boshqa jahon davlatlari bilan solishtirganda nisbatan yuqori emas, har 100 ming kishiga 8 ortiq o’lim xolatlariga to’g’ri keladi. Lekin rivojlangan Evropa davlatlari ko’rsatkichlari bilan solishtirsa, (misol, SHvetsiyada bu ko’rsatkich 3 teng) YTX sababli o’lim ko’rsatkichi albatta yaxshilanishi kerak. Yo’ldagi o’lim ko’rsatkichi O’zbekistonda 100 ming kishiga 8 ortiq to’g’ri kelsa YTX sababli yo’qotishlar pul qiymatida yiliga 1,13 mlrd. AQSH dollarini tashkil qiladi (bu YaIM taxminan 1,8%).
    4. Yuk va yo’lovchilarni tashish transportida intellektual texnologiyalarni joriy etish. YaIM 8% o’sishi avtomobil transportida yuklarni tashish hajmi o’rta hisobda yiliga 9,4% 2030 yilgacha o’sadi. Avtomobil transportida yuklarni tashishga bo’lgan talabning doimiy ravishda o’sib borishi yuk avtomobillar parkini 2020 yilgacha 37dan 56 mingacha o’sishini talab qiladi, 2030 yilgacha esa avtomobillar sonini- 120 minggacha yetkazish lozim. SHu bilan birga muxim vazifalardan biri milliy maxsulotimizning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida yuk tashishlarning samaradorligini ta’minlash kerak bo’ladi.
    Harajatlarni optimallashtirish uchun transport vositalar parkini monitoringini sputnik orqali olib borish tizimlari nazorat qilishga yordam beradi. Amerika kompaniyalari ma’lumotlariga qaraganda monitoringni sputnik orqali olib borish tizimi bitta yuk avtomobili harajatlarini 27,8%gacha iqtisod qilishni ta’minlaydi.
    Respublikamizda sputnik navigatsiyasini amaliyotga tadbiq etishning joriy darajasi (GPS, GLONASS) talabga javob bermaydi- 3000 ortiq avtomobillarda navigatsiya tizimi ishlaydi. ITTni O’zbekistonda tadbiq etish jarayonida bir nechta loyihalar bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda. “Toshshahartransxizmat” AJ yo’lovchi tashish transporti tizimida monitoringni amalga oshirish va boshqarishda avtomatlashtirilgan tizimni tadbiq etish va Toshkent shahrida yo’l harakati xavfsizligini boshqarishda kompyuter tizimini tadbiq qilish.


    Download 12,4 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   109




    Download 12,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. O’zbekistonda tadbiq etilayotgan ITT ko’rishini

    Download 12,4 Mb.