|
ITTNI TADBIQ ETISH- O’ZBEKISTON TRANSPORT SEKTORI SAMADORLIGINI OSHIRUVCHI MUHIM YO’NALISHLARIDAN BIRI
|
bet | 97/109 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,4 Mb. | | #254493 |
Bog'liq ИТТ darslik (2)19.ITTNI TADBIQ ETISH- O’ZBEKISTON TRANSPORT SEKTORI SAMADORLIGINI OSHIRUVCHI MUHIM YO’NALISHLARIDAN BIRI
19.1. ITTni tadbiq etishning ob’ektiv sabablari
19.2.O’zbekiston transport sektorining zamonaviy xolati va istiqboldagi vazifalari
Tayanch iboralar: Avtomobillashtirishning o’sishi, YTXning o’sishi, ekologik zarar, ITTni tadbiq etish, iqtisodiy o’sish doirasi, investitsion harajat,,shahar marshrutlarida tezlik, transportda yurishiga ketadigan vaqt, yuklarni tashishga ketadigan vaqt, ortiqcha yoqilg’i sarfii, ekologik yo’qotishlar. CO2 chiqindisi, yo’l-transport xodisalari soni, ITTni tadbiq etishda davlat dasturi, avtomobil yo’llarning o’tkazuvchanlik qobiliyati, avtomatlashtirilgan yo’l xaqini elektron to’lash tizimi, transport oqimini parametrlarining monitoringi.
19.1. ITTni tadbiq etishning ob’ektiv sabablari
Iqtisodiy o’sish va turmush darajasi oshishiga avtomobillashtirishning o’sishi sababchi bo’ladi va shu bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy va iqtisodiy o’lchamga ega qator muammolar keltiradi. Bu yo’ldagi tirbandlik tufayli vaqt, yoqilg’i va foyda yo’qotishlari, ekologik muammolar chigallashi, YTXning o’sishi va shu kabi boshqa muammolar vujudga keladi. Ekologik zararni hisobga olmagan xolda, Toshkent shahrining o’zida bunday yo’qotishlar bir yilda pul hisobida 133 mln AQSH dollarini tashkil etadi va borgan sari avtomobil parkini o’sib borishi bilan birga harajatlar va ziyon o’sib boradi. O’zbekiston intellektual transport tizimlarini tadbiq etishda jadal qadamlar tashlamoqda. ITTni tadbiq etish faqatgina transport sektorini intellektuallashtirish kompleks siyosati bosqichma-bosqich amaliyotga kiritish jarayoni amalga oshirilsa sezilarli samara keltirishi mumkin bo’ladi. Respublikada avtomobillashtirish jarayoni bir vaqtni o’zida iqtisodiy o’sish manbasi va natijasi sifatida qaralishi mumkin.
Avtomobillar sonini o’sishi (avtomobillashtirish darajasi) iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Lekin qayta o’zaro aloqa ham mavjud- davlat rivojlanishi avtomobillashtirish darajasi o’sishisiz mumkin emas. Qator xalqaro tadqiqotlar shuni ko’rsatayaptiki, iqtisodiy rivojlanish va avtomobillashtirish darajalari o’rtasida nochiziqlik o’zaro aloqalar mavjud. Avtomobil egalarini soni yillik o’rtacha daromadlari ma’lum ko’rsatkichlargacha yetib borguncha o’sib boradi, keyinchalik avtomobil oqimlarini va tirbandliklar o’sishini tartibga solish chora-tadbirlari asosida kamayyadi.
Iqtisodiy o’sish doirasidagi tadqiqotlar ham avtomobillashtirish darajasi va iqtisodiy o’sish surhatlari o’rtasida nochiziqlik o’zaro aloqa mavjudligini aks ettirmoqda. Xususan, ko’pchilik davlatlar aholi soniga to’g’ri keladigan avtomobillar soni nisbatan kamligiga qaramasdan iqtisodiy o’sish surhatlari yuqori ekanligini namoyish qilmoqda. Nisbatan, davlatlar ma’lum bir rivojlanish darajasiga yetganda avtomobillashtirish darajasi o’sgan sharoitida iqtisodiy o’sish surhatlari pasayyadi.
Tadqiqot natijari bo’yicha xulosa qilganda, aytib o’tish mumkin avtomobillashtirish darajasining o’sishi quyidagilarning oshishiga sababchi:
Investitsion harajatlarning umumiy hajmida tuzilmaga bo’lgan harajatlar oshishiga;
Osiyo rivojlanayotgan davlatlarda avtomobillashtirishning 1% o’sishi, transport infratuzilmasiga bo’lgan harajatlarning 2% oshishiga olib keladi;
Yo’l-transport xodisalarning (YTX) soni;
Yo’l-transport xodisalari bilan bog’lik bo’lgan iqtisodiy harajatlar, past daromadlarga ega bo’lgan davlatlarda IYaM 1% baholanadi, o’rta daromadlar ega bo’lgan davlatlarda IYaM 1,5% va yuqori daromadlarga ega bo’lgan davlatlarda IYaM 2% baholanadi.
Intellektual transport tizimlari avtomobillashtirish darajasi o’sishi bilan bog’liq bo’lgan qator muammolarni yechishga qaratilgan: yo’ldagi tirbandliklar, yoqilg’i tejamkorligiy, YTXni soni, ekologik ziyon.
O’zbekiston kabi ITTni tadbiq qilayotgan iqtisodiy rivojlanayotgan davlatlarda quyidagi muammolar mavjud.
1. Transport vositalarning ko’pligi va shahar marshrutlarida tezlikning pastligi (ayrim xollarda 13- 14 km/s) va natijasida iqtisodiy harajatlar ko’pligi. Mutaxassislar baholari bo’yicha bugungi kunda Evropa Ittifoqining (EI) yo’l tarmog’ini 15% (taxminan 7800 km) transport “tirbandliklari” bilan band. Transport vositalarning bir “tirbandliklar” tufayli turib qolishidagi iqtisodiy yo’qotishlar 2022 yilda YaIM 1% darajasida deb baholandi.
2. Aholini shahar transportida yurishiga va yuklarni tashishga ketadigan vaqtning o’sishi. AQSHning sakkista eng yirik shaharlarida bunday harajatlar (yo’qotilgan vaqt va yoqilg’i) har bir avtomobilchiga taxminan yiliga 500 dollar miqdorida aylanadi. Jami esa AQSHda avtomobil “tirbandliklarida” har yili 2,4 trln dollar miqdorida pul sarflanmoqda. Yukni tashish tezligi 20 km/soat pasayishi tashish harajatlarini 1,5 barobar oshiradi, yuk avtomobilining 1 daqiqa ushlanib qolishi kamida 1 dollarni tashkil etadi
3. Ortiqcha yoqilg’i sarfi, yuqori energiya yo’qotishlari. Evropa Ittifoqida “tirbandliklar” tufayli transport kompaniyalari yoqilg’iga ortiqcha 1,9 mln tonn harajat qilmoqda ushbu ko’rsatkich yillik iste’mol hajmining 6 % ni tashkil qiladi.
4. Ekologik yo’qotishlar. CO2 chiqindilari EI avtotransport sektorida yiliga 835 mln. tonnani tashkil qiladi va jami avtotransport sektoridagi chiqindilarning 85 %ga teng. SHunga o’xshash tendentsiyalar boshqa avtomobillashtirish darajasi yuqori bo’lgan davlatlarda ham mavjud.
5. Yo’l-transport xodisalari (YTX) sonining o’sishi. 2017 yilda EI davlatlarida YTX tufayli 43 mingdan ortiq odamlar xalok bo’lishdi va 1,6 mln. kishi tan jarohatlarini olishdi. Umuman olganda Evropa Ittifoqi davlatlari yo’l-transport xodisari tufayli ko’radigan zarari yiliga 45 mlrd. yevroni tashkil qiladi. Jami butun dunyo bo’yicha bevosita YTX tomonidan ko’rsatiladigan zarar yiliga 500 mlrd. AQSH dollari miqdorida baholanmoqda.
|
| |