To’qnashuvlarni oldindan ogohlantiruvchi tizim (Precrash Safety System)




Download 12,4 Mb.
bet92/109
Sana27.05.2024
Hajmi12,4 Mb.
#254493
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   109
Bog'liq
ИТТ darslik (2)

18.2. To’qnashuvlarni oldindan ogohlantiruvchi tizim (Precrash Safety System)
Tizimda millimetrlik to’lqinlarida va kameralarda ishlayotgan radarlar ishlatiladi. Radar avtomobil oldidagi xududni skaner qiladi, elektron bloki esa to’siq bilan yaqinlashish tezligini hisoblaydi. Xavfsizlik masofasi buzilgan xollarda tizim xaydovchini ogohlantiradi, kerak bo’lgan xollarda esa tormoz tizimini ishga soladi. Agarda to’qnashuv sodir bo’lishi aniq bo’lsa- tizim xavfsizlik kamarlarini xamda avariya xolatidagi shikastlarini oldini olish tizimlarini ishga soladi.
Bugun avtomobil oldidagi xududni skaner qiladigan bir nechta radarlar xamda frontal- yonbosh to’qnashuvlarni ogohlantiruvchi tizim mavjud. Orqada joylashgan radar orqadan harakatlanayotgan transport vositasi to’qnashgandan so’ng yordam berishi mumkin. Bunday avariya xolatining salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida tizim avtomobil o’rindiqlarini boshqarishda xavfsiz xolatiga keltirish mexanizmini ishga soladi.
Intellektual transport tizimlarini ishlab chiqish va kengaytirish- bu samarali raqobatbardosh innovatsion biznes va yangi yuqori texnologik sanoat sektorini rivojlantiruvchi inqirozga qarshi omillardan biri hisoblanadi. Zamonaviy ITT xususiyatlaridan biri yo’l harakatining sub’ekti bo’lgan transport birligini mustaqil va ko’p xollarda tavakkal harakatlanuvchi ob’ektdan “faol” transport- axborot xududida tavakkalsiz aniq harakatlanuvchi sub’ektga aylantirishdan iborat. Bunday vazifani bajarishda yo’l infratuzilmasining telematik majmuasini rivojlantirish ustuvor hisoblanadi. ITTni rivojlantirish uslubiy jihatdan tizimli yondoshishga asoslanadi va ITTni aloxida modul sifatida emas balki yagona butun tizim sifatida shakllantiradi. ITTni yaratishdagi yondoshuvlar mavjud transport tizimini reinjiniring, modernizatsiya qilish tamoyillariga asoslanadi.
Jahon hamjamiyati u’zoq muddat ichida intellektual transport tizimlari va uning elementlarini yaratib va tadbiq etib kelmoqda. Evropa Ittifoqi, AQSH, Yaponiya, Xitoy va boshqa davlatlar tajribasi shuni ko’rsatayaptiki intellektual transport tizimini tadbiq etishda bozor iqtisodiyoti sharoitida faqatgina yagona davlat siyosati barcha qatnashuvchi sub’ektlar, iqtisodiyot tarmoqlari va davlatni harakatlarini transport majmuasidagi umummilliy maqsadlarga erishish uchun birlashtira oladi.



Download 12,4 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   109




Download 12,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To’qnashuvlarni oldindan ogohlantiruvchi tizim (Precrash Safety System)

Download 12,4 Mb.