Telekommunikatsion tarmoqlarning asosiy tavsifi




Download 12,4 Mb.
bet84/109
Sana27.05.2024
Hajmi12,4 Mb.
#254493
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109
Bog'liq
ИТТ darslik (2)

15.2. Telekommunikatsion tarmoqlarning asosiy tavsifi
Mavjud bo’lgan telekommunikatsion tarmoqlarni ko’pchilik mezonlar asosida taqsimlash mumkin:
Tarmoqning maqsadi- axborotlarni telefon, kompyuter va b. Aloqa vositalari orqali uzatish;
Tarmoq funktsiyalari- kirish tarmog’i, tranzit tarmog’i, lokal tarmoq va b.;
O’tkazish diapazon kengligi- tor diapazon, keng diapazon;
Abonentlar mobilligi- statsionar, mobil;
Abonentlarning aloqa usuli- ikki abonentning ulanishi, axborot tarmoqlari (radio, televidenie).
Telekommunikatsion tizimlarida asosiy axborotlar kompyuterlar o’rtasidagi uzatish tarmoqlari yordamida uzatiladi. Ushbu tarmoqlar ikkita asosiy mezonlar bo’yicha bo’linadi- xizmatlar doirasi va ma’lumotlarniuzatish tezligi. Xizmatlar doirasi kengligi bo’yicha tarmoqlar quyidagilarga ajratiladi:
LAN (Local Area Network)- lokal hisoblash tarmoqlari, odatda 10 km dan ortiq bo’lmagan xududlarni qoplab oladi. Misol tariqasida viloyatlar transportni boshqarish chiziqli markazlarini yoki tonnel tizimidagi sanoat kompyuterlarining bog’lanishi.
MAN (Metropolitan Area Network) shahar hisoblash tarmoqlari shahar xududini qoplab oladi, ya’ni tarmoqlarni qoplash masofasi o’nlab kilometrlarni tashkil etadi. Ular bir-biridan uzoq masofada joylashgan LAN tarmoqlaridan tashkil topadi. MAN tarmog’i misolida transportni boshqarish viloyat stantsiyalari axborotlar bilan almashuvni amalga oshiradi va bosh transport markaziy stantsiyasi bilan aloqani bog’laydi xamda birgalikda yangi tarmoqni tashkil etadi.
WAN (Wide Area Network)- axborotlarni eng uzoq masofaga uzatishni ta’minlaydi va davlat yoki qitha xududlarini qamrab oladi. SHunday tarmoq misolida Evropa avtomagistrallarining monitoringini ta’minlovchi va ushbu avtomagistrallarda transportni boshqarishni alohida olingan davlatlarning lokal tarmoqlari yordamida amalga oshiruvchi tarmoq hisoblanadi.
Axborotlarni uzatish tezligi bo’yicha hisoblash tarmoqlari quyidagilarga bo’linadi:
Klassik- Ethernet, TokenRing, ARCNet, Frame Relay va b.;
Keng diapazonlarli- uzatish tezliklari 100 Mbit/s ortiq bo’lgan Highspeed networks deb nomlanadi va unga quyidagilar ham kiradi ATM, FDDI, Fast Ethernet, 100VGA, SMDS va b.
Tranzit jamoat tarmoqlari- SDH (Sinxron sonlar ierarxiyasi) ko’rinishidagi uzatishdan foydalanish va u STM1 (155 Mbit/s) dan STM16 (2,5 Gbit/s)gacha o’zgaradi.
Keng diapazonlarli tarmoqlar Internet IP protokolidan va spektral optik WDM (Wave Division Multi’lex) aloqadan foydalanadi.
Radiokommunikatsion xizmatlar- bu radiouzatish imkoniyatiga ega bo’lgan telekommunikatsion xizmatlar. Ular yer usti va kosmik bo’lishi mumkin. Yer usti xizmatlari misolida stantsiyalar yer ustida yoki yer atmosferasini asosiy qismida joylashgan. Kosmik radiokommunikatsion tizimlarida aloqa yer ustida yoki yer atmosferasining asosiy qismida joylashgan bir nechta kosmik stantsiyalar o’rtasida amalga oshiriladi.
Kosmik stantsiyalar sputniklar bortida o’rnatiladi. SHuning uchun ham kosmik kommunikatsion tizimlarni ko’pchilik xollarda sputnik kommunikatsion tizimlar deb nomlashadi. Radiouzatishlar yer usti va sputnik tizimlar doirasida amalga oshiriladi. Radiokommunikatsion uzatishlar kattiq tashkiliy tuzilma va qoidalarga asoslangan xolda ishlarini tashkil etganda radiokommunikatsion xizmatni ifoda etadi.
SHu tufayli yer usti va sputnik radiokommunikatsion xizmatlar to’g’risida gapirish mumkin. Yer usti va sputnik radiokommunikatsion xizmatlari keyinchalik statsionar, mobil va radiouzatuvchi xizmatlarga taqsimlanadi.

Download 12,4 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109




Download 12,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikatsion tarmoqlarning asosiy tavsifi

Download 12,4 Mb.